SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Ulamolar Abu Hanifa(r.a.) haqida
25.06.2022 / Bo‘limda Aqida, Maqolalar

Ulamolar Abu Hanifa(r.a.) haqida

Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning axloqlari borasida gap ketganda, baʼzi buyuk insonlar tomonidan u zotning ibodatlari, Allohdan qoʻrqishlari, taqvolari, Allohga itoat qilish va unga osiy boʻlmaslikka qattiq urinishlari, saxovatpeshaliklari, mashoyix, olimlar, talabalar va barcha insonlarga qiladigan yaxshiliklari, hokimning moli, sovgʻasi, vazifalari, balki taomidan ham zuhdu taqvo qilishlari, rostgoʻyliklari va olamlarning Robbi boʻlgan Allohga ixlos qilishari borasida aytilgan maqtovlar yodga keladi.

Quyida ulamolarning Abu Hanifa rahmatullohialayh haqlarida aytgan soʻzlari bilan tanishib chiqamiz. Maqsadimiz u zotning hayotlarini yoritib berish, ularning haqlarini toʻliq ado etishdir.

Alloma Abul Qosim Yamaniy Miʼsar ibn Kidomdan rivoyat qiladilar: “Kim Abu Hanifa rahmatullohi alayhni oʻzi va Alloh oʻrtasida hujjat qilsa, umid qilib aytamanki, u qoʻrqmasin ham, shariatda taqvoga asoslangan ehtiyotkorlik borasida kamchilikka yoʻlqoʻydim, debham oʻylamasin”.

Imom Molik rahmatullohi alayhdan Abu Hanifa rahmatullohi alayh haqlarida soʻrashganda: “Men u kishini koʻrganman. Agar mana bu ustun tilladan ekanini aytsalar, albatta soʻzlariga dalil ketira olardilar”, dedilar.[1]

Haytamiy ibn Muborakdan rivoyat qiladilar: “Abu Hanifa rahmatullohi alayh imom Molik rahmatullohi alayhning huzurlariga kirgan edilar, Imom Molik rahmatullohi alayh Abu Hanifa rahmatullohi alayhni yuqoriga oʻtqizdilar. U kishi chiqib qetganlarida esa imom Molik rahmatullohi alayh: “Bu kim ekanligini bilasizlarmi?” dedilar. “Yoʻq”, deyishdi. Men esa u kishini tanidim. U zot: “Bu Abu Hanifa Noʻmondir. Agaru manavi ustunni tilladan desa, albatta aytganidek chiqadi. Alloh unga fiqhni oson qilgan. Shuning uchun dinni tushunishda mutlaqo qiynalmaydi”, dedilar.

Alloma Abul Qosim Yamaniy aytadilar: “Imom Shofeʼiy: “Fiqh ilmini oʻrganadigan har bir inson Abu Hanifaning boqimandasidir”, dedilar”.[2]

         Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh Abu Hanifa rahmatullohi alayhni koʻp eslar va “Alloh rahmatiga olsin” deb duo qilar, qiynoqqa solingan davrlarini eslab kuz yosh toʻkar edilar.

Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh Abu Hanifa rahmatullohi alayh haqlarida shunday deydilar: “Abu Hanifa rahmatullohi alayh ilm, taqvo, zuhd va oxiratni ustun qoʻyishda hech kim yetolmaydigan darajada edilar. Mansurning podshohlik davrida u zotni qozi boʻlishlari uchun qamchin bilan urishdi. Lekin Abu Hanifa Mansurning aytganini qilmadilar. U zotga Allohning rahmati va roziligi boʻlsin”.[3]

Muvaffaq Ishoq ibn Baxluldan rivoyat kiladilar: “Men Ibn Uyaynaning “Mening koʻzlarim Abu Hanifaga oʻxshash olim zotni koʻrmadi” deganlarini eshitdim”,dedilar”.

Muvaffaq Badil ibn Qurayshdan rivoyat qiladilar: “Aʼmash Abu Hanifaga:

“Agar faqih boʻlish faqatgina ilm talab qilishga bogʻliq boʻlganda edi, men sizdan koʻra faqihroq boʻlardim. Lekin bu Allohdan ato qilingan inʼomdir”, dedilar”.

Muvaffaq Abdulloh ibn Muʼozdan rivoyat qiladilar: “Men Kufaga bormoqchi edim. Shoʻbaga: “Kufadagi birodarlaringga men orqali maktub yozib yubor”, dedim. U: “Bir kishiga – ulugʻ kishiga yozaman”, deb maktub yozdi. Men borganimda u yozgan maktubni Abu Hanifa rahmatullohi alayhga berdim. U zot Shoʻbaning maktubini hurmat-ehtirom bilan qabul qildilar. Shoʻba qachon Abu Hanifa rahmatullohi alayhhaqlarida gapirsalar, u zotni rosa maqtar edilar. Shoʻba har yili Abu Hanifa rahmatullohi alayhga sovgʻa tuhfa qilar, Abu Hanifa rahmatullohi alayh esa Shoʻbaning bu ishini qadrlar edilar”.

Abu Yusuf aytdilar: “Odamlar Abu Hanifa rahmatullohi alayh haqlarida: “Alloh Abu Hanifa rahmatullohi alayhni fiqh, ilm, saxovat, ochiqoʻllik va Qurʼonda kelgan goʻzal axloqlar bilan ziynatlab qoʻygan”, deyishardi”.

Abdulloh ibn Muborak aytdilar: “Agar Alloh taolo menga Abu Hanifa va Sufyon bilan koʻmak bermaganida oddiy insonlardan boʻlardim.”[4]

Yahyo ibn Aksam Jarirdan rivoyat qiliadi “Menga Mugʻira aytdi: “Abu Hanifa(r.a.)ni majlisida qatnashib, fiqhni oʻrgan. Agar Ibrohim Naxaʼiy tirik boʻlganida, Abu Hanifa rahmatullohi alayhning majlislarida qatnashardi. [5]

Ubaydullayev Ulugʻbek 4-kurs talabasi


[1]Shamsiddin Abu Abdulloh Zahabiy.Siyaru aʼlamun nubalo.Bayrut:Muassasasatul risala,1982.J.-6.B.- 399

[2] Muhiddin Abu Muhammad Abdulqodir ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Nasr ibn Solim Hanafiy.Bayrut: Dorul kutubil ilmiyya,1998. B.- 193

[3]Ali Usmon Jarodiy Hanafiy. Al-madxol li dirosati mazhabil hanafiy.Bayrut:Dorul kutubil ilmiyya,2017.b.-13.

[4]Ali Usmon Jarodiy Hanafiy. Al-madxol li dirosati mazhabil hanafiy.Bayrut:Dorul kutubil ilmiyya,2017.b.-13.

[5] Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy.Manoqibul Abi Hahifa va sohibayhi Abi Yusuf va Muhammad ibn Hasan.Bayrut:Lajanatu ihyail maarif an-Noʻmoniyya,1987.B.- 29

What you can read next

Кийиниш пайтида шукур қилиш
Кийиниш пайтида шукур қилиш
МИЛЛАТ ВА МАМЛАКАТ РАЗМИ
Миллат ва мамлакат разми
“Масжидул Ақсо”
“Масжидул Ақсо”

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP