SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Zahar
24.08.2023 / Bo‘limda Hadis, Maqolalar

Plastik likopcha

Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
23-hadis

Duradgor ancha keksayib qoldi. Endi uning koʻzlaridagi nur soʻnib barmoqlarida kuch qolmagan edi. Qoʻllari shu qadar qaltirar ediki, hatto, taomlanish asnosida ovqatni dasturxonga toʻkib yuborar edi. Uning oʻgʻli va kelini esa otaxon buni ehtiyotsizlikdan qilmoqda deb oʻylab jahllanar edilar. Oxir-oqibat ular qariyaning ovqatlanadigan joyini alohida qilishdi. Oʻzlari xontaxta atrofida oʻtirar, qariya esa yerda ovqatlanar edi.

Duradgorning kenja nabirasi Hasan bobosi uchun juda qaygʻurar, ovqatlanayotgan paytda uning qoʻllaridan ushlab yordam berar edi. Kunlardan bir kuni qariya yoshli koʻzlari bilan xontaxta atrofidagilarni kuzata turib qoʻlidagi likopchani tushirib yubordi va u sindi. Bu esa oila aʼzolarini yanada jahlini chiqardi. Ular bechora qariyaga haqoratomuz va qoʻpol tanbehlar bilan tashlanishdi. Ovqatni esa shundan keyin plastik likopchada beradigan boʻlishdi.

Bir kuni duradgorning oʻgʻli xotiniga mevalarni plastik likopchaga solmaslikni ayta turib: “Bu likopchalarni tashlab yubor!”-dedi. Hasan esa ikkita likopchani alohida ajratib qoʻyib: ”Onajon bularni tashlab yubormang kelajakda kerak boʻladi”- dedi. Otasi qiziqsinib: “Bularni nima qilasan, oʻgʻlim?” – dedi. Hasan javoban: “Sizlar qarganingizda ovqatni mana shu likopchalarda beraman”-dedi.

Oʻgʻlining bu gapini eshitgan Hasanning ota-onasi keksa otaxonga qilgan ishidan juda afsuslandilar va uni xontaxta atrofida oʻtirishga taklif qilishdi. Agar ular ota-onaga yaxshi munosabatda boʻlish insonni jannatga yetaklaydigan amallardan ekanligini bilganlarida oʻzlarini bunday tutmagan boʻlar edilar. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bu borada qanday yaxshi soʻzni aytganlar:

رضا الرب في رضا الوالدين و سخط الرب في سخط الوالدين

“Allohning roziligi ota-onaning roziligidadir. Allohning gʻazabi ota-onaning gʻazabidadir”. (Termiziy, Birr 3-hadis)
Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi

What you can read next

“Саҳобаларнинг фазли борасида юз оят” туркумидан 3-оят
“Саҳобаларнинг фазли борасида юз оят” туркумидан 19-оят
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга уммат   бўлиш энг улуғ неъмат
Муҳаммад алайҳиссаломнинг шафоатлари
Абу Ҳанифа (раҳимаҳуллоҳ)нинг машҳур шогирдлари
Имоми Аъзам раҳматуллоҳи алайҳининг сифатлари

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP