SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Bilim yurti talabalariga yozgi taʼtilni mazmunli oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar berildi
22.06.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

Bilim yurti talabalariga yozgi taʼtilni mazmunli oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar berildi

Bugun, 22-iyun sanasida talabalarga yozgi taʼtil oldidan zarur tavsiya va tushuntirishlar berish, shuningdek, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy taʼlim muassasalarida talabalarning yozgi taʼtil muddatini belgilash hamda taʼtil davrini mazmunli va samarali tashkil etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalarni yetkazish maqsadida bilim yurtining barcha oʻqituvchi va talabalari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Bilim yurti talabalariga yozgi taʼtilni mazmunli oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar berildi (1)
Bilim yurti talabalariga yozgi taʼtilni mazmunli oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar berildi (2)

Yigʻilishda bilim yurti mudiri M. Erkayev, Oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari N. Jalolov, Maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha mudir oʻrinbosari A. Gʻaniyev, guruh rahbarlari, ustozlar va talabalar qatnashishdi.
Tadbir davomida talabalarga yozgi taʼtil kunlarini mazmunli oʻtkazish, boʻsh vaqtdan unumli foydalanish, kitob mutolaasi bilan shugʻullanish, ota-ona va yaqinlar xizmatida boʻlish, jamoat joylarida odob-axloq qoidalariga rioya qilish hamda shaxsiy xavfsizlikka eʼtibor qaratish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Bilim yurti talabalariga yozgi taʼtilni mazmunli oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar berildi (3)

Shuningdek, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilish, suv havzalarida ehtiyotkor boʻlish, turli noxush holatlarning oldini olish, noqonuniy diniy taʼlim faoliyati bilan shugʻullanmaslik hamda xorijga chiqish masalalari boʻyicha batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

Bilim yurti talabalariga yozgi taʼtilni mazmunli oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar berildi (4)
Bilim yurti talabalariga yozgi taʼtilni mazmunli oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar berildi (5)
Bilim yurti talabalariga yozgi taʼtilni mazmunli oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar berildi (6)

Yigʻilishda yozgi taʼtil davomida talabalarning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirishga qaratilgan kitobxonlik, sport va ijtimoiy faollikka oid tavsiyalar ham berildi.
Tadbir soʻngida bilim yurti mudiri M. Erkayev talabalarga yozgi taʼtilni samarali va xayrli ishlar bilan oʻtkazishni, ota-onalari va yaqinlarining xizmatida boʻlishni hamda yangi oʻquv yiliga yuqori kayfiyat va yaxshi natijalar bilan qaytishlarini tilab duo qildi.

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi

What you can read next

Пайғамбарларнинг бир-бирларидан афзаллиги ва Муҳаммад алайҳиссаломнинг алоҳида хусусиятлари
Ижарада турувчи талабаларга озиқ-овқат маҳсулотлари тарқатилди
Ижарада турувчи талабаларга озиқ-овқат маҳсулотлари тарқатилди
Ҳузайлия фирқаси
Шафоатдан бебахралар

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP