2025-yil 20-noyabr kuni Nazarbek talabalar turar joyida Koʻkaldosh oʻrta maxsus Islom bilim yurti ustozi Asadulloh domla Xolmurodov tomonidan “Himmat moʼminning quvvati” mavzusida maʼrifiy davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbir davomida Asadulloh domla Xolmurodov moʼmin hayotidagi himmat, intilish va qatʼiyatning oʻrni, insonning maʼnaviy kamolotida yuksak maqsad qoʻyishning ahamiyati haqida atroflicha tushuntirib berdilar. Shuningdek, talabalarga diniy-ilmiy yoʻlda sabot, sinovlarga bardoshli boʻlish, vaqtni qadrlash hamda jamiyatga foydali inson boʻlib yetishish borasida muhim nasihatlar berildi. Davra suhbati talabalarda ilmga boʻlgan ragʻbatni oshirib, ularda yuksak maqsadlarga intilish hissini kuchaytirdi. Tadbirda tarbiyachi-pedagog Abdusattoriy Abdulloh, yotoqxona komendanti Gadayev Furqat hamda talabalar ishtirok etdilar.


Davra suhbatining asosiy maqsadi — talabalarda ilmga boʻlgan qiziqish va masʼuliyatni kuchaytirish, ularni maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirishdan iborat edi.
Tadbir jarayonida talabalar faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Suhbat mehr-muhabbat, samimiylik va ilmiy ruhda oʻtdi.
Tarbiyachi-pedagog Abdusattoriy Abdulloh




