SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Alloma Saʼduddin Taftazoniy rohmatullohi alayh ilm va hikmatning kamoloti edilar
20.01.2025 / Bo‘limda Maqolalar

Alloma Saʼduddin Taftazoniy rohmatullohi alayh ilm va hikmatning kamoloti edilar

Shayx imom Saʼduddin Taftazoniy rohimahulloh– ilm va tafakkur olamining porloq yulduzi, soʻzlarida hikmat, asarlarida haqiqat mujassam boʻlgan ulugʻ allomalardan biridir. Uning ilmiy merosi nafaqat oʻz zamonida, balki asrlar osha ziyosi soʻnmagan ilmlar maʼdani va maʼrifat manbaidir.

Toʻliq ismlari Saʼduddin Masʼud ibn Umar ibn Taftazoniy. Hijriy 722-yilning safar oyida (milodiy 1322) Mavorounnahrning mashhur shaharlaridan boʻlgan Niso shahriga qarashli Taftazon qishlogʻida tavallud topgan bu buyuk zot yoshligidanoq ilmga chanqoqligi va zukkoligi bilan tengqurlaridan ajralib turardilar. Fiqh, kalom, nahv, mantiq va adabiyot kabi fanlarda mukammal bilimlarga ega boʻlib, har bir sohada chuqur tahlillar va teran mushohadalar qoldirdilar.

U zot usha davrning mashhur olimi boʻlgan Azududin Iyjiy rohmathllohi alayhga shogird boʻladilar va undan kalom, usul, bayon, mantiq kabi fanlarni mukammal egallaydilar.

Taftazoniy qalami ostida dunyoga kelgan “Sharh al-Aqaʼid”, “Sharh al-Maqasid”, “Tahzib al-Mantiq” kabi asarlar ilohiy ilmlar tarixida buyuk durdona sanaladi. Ayniqsa, “Sharh al-Aqaʼid” asari oʻzining maʼnodagi teranligi va dalillardagi nozikligi bilan mutafakkirlar qalbini zabt etgan. Uning balogʻat faniga oid boʻlgan Imom Qazviniyning“Talxisul miftoh” asariga sharh bolgan “Al-Mutovval” va uning qisqartirilgani “Muxtasarul maʼoniy”  asarlari moʼtabar manbalardan sanaladi. Usul ilmida ham “At-talvih” asarlari ulamolar tomonidan eʼtirof etilgan.

Uning har bir satrida tafakkurning chuqurligi, har bir soʻzida haqiqatning jilvasi seziladi.

Bu ulugʻ olimning uslubi nafaqat ilmiy, balki badiiy jihatdan ham mukammal edi. U ilmni faqat dalillar bilan emas, balki soʻz goʻzalligi va hikmat ohangida bayon etar, shuning uchun uning asarlari avlodlarga nafaqat bilish zavqini, balki maʼnaviy huzurni ham hadya etadi.

Imom Taftazoniy rohmatullohi alayh hayoti – ilmga muhabbat va haqiqatga xizmat qilishning mukammal namunasidir. U oʻzining chuqur fikrlari bilan nafaqat musulmon olamining ilohiyotchilarini ilhomlantirdi, balki ilmiy tafakkurning eng oliy darajalarini zabt etdi.

Hijriy 791-yilda (1389-yil) bu buyuk olim bu dunyoni tark etgan boʻlsa-da, uning ilmi va hikmati qalblarimizda, asarlari esa abadiy maʼnaviyat xazinasi sifatida yashab kelmoqda.

Taftazoniy hayoti bizga shuni oʻrgatadiki, haqiqiy buyuklik – ilmni teranlik bilan oʻrganish va uni goʻzallik bilan bayon etishda, haqiqat yoʻlida sabr va mashaqqat bilan yuksalishda namoyon boʻladi.

Abdulatifov Islomjon
«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti 202-guruh talabasi

What you can read next

ҚИШКИ ТАЪТИЛДА БАДИИЙ АСАРЛАР ЎҚИШ ТАВСИЯ ЭТИЛДИ
Қишки таътилда бадиий асарлар ўқиш тавсия этилди
Сийратга оид асарлар кўргазмаси
Сийратга оид асарлар кўргазмаси
Mustaqillik – maʼnaviy tiklanish va diniy-maʼrifiy yuksalish poydevori

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP