18 mart kuni “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida 2023 yil muborak Ramazoni oyida masjidlarda xatm oʻtadigan jami 33 nafar oʻqituvchi va talabalar bilan yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishni bilim yurti mudiri v.v.b N.Djalolov, yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Gʻaniev va “Qurʼoni Karim” fani oʻqituvchilari olib bordi.

Yigʻilish davomida xatmga oʻtadigan qorilarga tegishli koʻrsatmalar berildi. Jumladan, obod-axloq, yurish-turish, kiyinish madaniyatiga amal qilish, turli diniy marosimlarda maruza qilmaslik, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan belgilangan normalarga amal qilish kabi koʻrsatmalar berildi. Taroveh namozlarini sidqi dildan, yaxshi tayorgarlik koʻrgan holda oʻtish tavsiyasi berildi.


Qolaversa Ramazon oyi mobaynida dars mashgʻulotlariga kechikmaslik, sababsiz dars qoldirmaslik va bilim yurti ichki tartib-qoidalariga amal qilish zarurligi aytib oʻtildi. Shuningdek, Ramazon oyi davrida talabalarga noqonuniy tarzda diniy taʼlim olmaslik va bermaslik, turli diniy marosimlar (nikoh, janoza, imomlikka oʻtish, iftorlik marosimlarda maʼruza qilish)ni oʻtkazib bermaslik kabi tartib-qoidalarga rioya qilish taʼkidlandi.
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Gʻaniyev






