SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Zulmatdan nurgacha 2-qism Rasulullohning ota-onalari
18.08.2026 / Bo‘limda Islom tarixi, Maqolalar

Zulmatdan nurgacha 2-qism Rasulullohning ota-onalari

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning otalari Abdulloh ibn Abdulmuttalib edilar. Abdulloh Omina binti Vahb bilan turmush qurdilar. Shu nikohdan Muhammad sollallohu alayhi va sallam dunyoga keldilar.
Abdulloh Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hali tugʻilmasdan oldin vafot etgan edilar. Yaʼni u zot dunyoga kelganlarida otalari hayot emas edilar. Ayni shu holat Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yetimlikni boshdan kechirishlariga sabab boʻldi. Alloh taolo u zotga xitob qilib, Zuho surasida shunday marhamat qiladi:

أَلَمْ يَجِدْكَ يَتِيمًا فَآوَىٰ. ٦

“U zot sizni yetim holingizda topib, panoh bermadimi?” (Zuho surasi, 6-oyat).
Bu oyat Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning bolalik davrlarini hamda Alloh taoloning u zotga boʻlgan alohida himoyasini anglatadi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tavallud yillari siyrat kitoblarida “Fil yili” deb mashhur boʻlgan yil bilan bogʻlanadi.
Bu yilning “Fil yili” deb nomlanishiga sabab shuki, Habashiston noibi Abraha Kaʼbani buzish maqsadida Yamandan katta qoʻshin bilan Makkaga kelgan edi. Uning qoʻshini ichida fillar ham bor edi.
Abraha Allohning baytini vayron qilishni qasd qilgan boʻlsa-da, Alloh taolo oʻz baytini himoya qildi. Alloh taolo bu haqda Qurʼoni Karimning Fil surasida shunday marhamat qiladi:

أَلَمْ تَرَ كَيْفَ فَعَلَ رَبُّكَ بِأَصْحَابِ الْفِيلِ.١ أَلَمْ يَجْعَلْ كَيْدَهُمْ فِي تَضْلِيلٍ. ٢

“Robbing Fil egalariga nima qilganini koʻrmadingmi?! Ularning makrini zalolatga ketkazmadimi?!” (Fil surasi, 1–2-oyatlar).
Bu hodisa arjah — kuchliroq qavlga koʻra, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tavalludlaridan taxminan ikki oy oldin, muharram oyida, milodiy 571-yil mart oyining avvalida, bahor fasli boshlanganida boʻlib oʻtgan.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muborak tavalludlari koʻpchilik ulamolar nazdida Fil hodisasining birinchi yilida, 12-rabiul avvalda, milodiy 571-yilning 23-aprelida boʻlgan.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning onalari Omina binti Vahb edilar. U zot oʻgʻillariga yuksak mehr koʻrsatdilar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam olti yoshga yetganlarida onalari Madinaga safar qildilar va bu safarga oʻgʻillari Muhammad sollallohu alayhi va sallamni ham olib bordilar. Ammo Makkaga qaytish yoʻlida Abvo degan joyda Omina vafot etdilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni Makkaga enagalari Ummu Ayman olib keldilar.
Shu tariqa Muhammad sollallohu alayhi va sallam olti yoshlarida ham otalaridan, ham onalaridan ayrilgan yetim bola boʻlib qoldilar.
Keyin u zotni bobolari Abdulmuttalib oʻz qaramogʻiga oldilar.
Davomi bor…
✒️ “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi oʻqiruvchisi Ikrom Roʻzikulov

Tagged under: mavlid, nabiy, rasululloh

What you can read next

АЗОН
Азон
Исломий биродарлик ва мусулмоннинг ҳақлари
Исломий биродарлик ва мусулмоннинг ҳақлари
Mustaqillik – maʼnaviy tiklanish va diniy-maʼrifiy yuksalish poydevori

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP