“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida 2025–2026 oʻquv yilining ikkinchi yarim yilligi yakuniy nazorat imtihonlari boʻlib oʻtmoqda.
Yakuniy nazorat imtihonlari tasdiqlangan jadval asosida, maxsus tuzilgan ishchi guruh va imtihon hayʼati nazoratida yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Fan oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan nazorat savollari asosida talabalarning oʻquv yili davomida egallagan nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalari sinovdan oʻtkazilib, oʻzlashtirish darajasi baholanmoqda.



Imtihonlarning amaldagi tartib va talablar asosida, shaffof hamda xolis oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida jarayonlar bilim yurti oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari N. Jalolov, Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi S. Saidakramov hamda oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi F. Asatullayev tomonidan bevosita kuzatib borilmoqda.



Monitoring davomida imtihonlarni tashkil etish sifati, nazorat savollarining fan dasturlariga muvofiqligi, baholash mezonlariga rioya etilishi hamda nazorat jarayonlarining meʼyoriy hujjatlar asosida olib borilishi oʻrganilmoqda. Shuningdek, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imtihonlarning belgilangan tartibda oʻtkazilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.
Mazkur yakuniy nazorat imtihonlari talabalarning bilim, koʻnikma va malakalarini xolis baholash, taʼlim sifatini yanada oshirish hamda kelgusi oʻquv bosqichlariga tayyorgarlik darajasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Taʼlim sifatni nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxasisi S. Saidakramov






