Joriy yilning 13 iyun sanasida «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurtida “Xatmona 2025” bitiruv tadbiri oʻtkazildi. 2024-2025 oʻquv yilida jami bitiruvchilarning soni 72 nafarni tashkil etdi. Tadbirga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon Ishmatbеkov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, taʼlim boʻlimi mutaxasisi Elyor Alimqulov, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Murodovich Komilov va boshqa bir nechta mehmonlar tashrif buyurishdi.




«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori, (PhD) Maʼmurjon Erkayev kirish soʻzi va bitiruvchilarni 4 yil davomida erishgan yutuqlari haqida aytib, oʻz nutqi bilan tadbirning kirish qismini boshlab berdi. Soʻngra soʻz navbati Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon Ishmatbеkovga berildi. Homidjon domla Ishmatbеkov oʻz nutqida “Islomda taʼlimning mohiyati” va “Yurtimizda taʼlim-tarbiyaga oid ishlardagi amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida gapirib oʻtdi. Oʻz tabrigi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tabrigini oʻqib eshittirish uchun navbat Muhammadolim Muhammadsiddiqovga berildi.


Soʻngra, yuqori martabali mehmon tabrigi hamda bitiruvchining otasi oʻrnida Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Murodovich Komilov nutq soʻzladi.


Mazkur tadbirga jami 250 nafarga yaqin mehmonlar qatnashishdi. Tadbir soʻngida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamda “Vaqf” hayriya jamoat fondi tarafidan 11 nafar bilim yurti mudarrislari taqdirlandilar.





«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom yurti tarafidan 21 nafar talabalar yil sarhisobi boʻyicha maqtov yorliqlari topshirildi.
Yakunda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon Ishmatbеkov yurtimiz rivojini hamda xalqimiz ravnaqini tilab duo xayrlar qilishdi.


«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurtida bugun, 16 iyundan boshlab ikki hafta mobaynida yakuniy imtihonlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Saidazimxon SAIDAKRAMOV
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi






