Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Jaholatga qarshi maʼrifat” intellektual bellashuvining respublika bosqichi 2023-yil 14-16-mart kunlari Xorazm viloyatidagi “Imom Faxriddin ar-Roziy” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida oʻtkaziladi.


Bugun tadbirning asosiy – musobaqa qismi boʻlib oʻtadi. Bellashuvda Koʻkaldosh OʻMITM talabalarining “Koʻkaldosh” jamoasi ishtirok etmoqda:
Ilhomiy Ikrombek, 4-kurs talabasi.
Musaev Muhammadamin, 4-kurs talabasi.
Aslankulov Abror, 4-kurs talabasi.
Ogʻaboev Gʻiyosiddin, 1-kurs talabasi.


Musobaqaga Koʻkaldosh OʻMITM mudiri Muhammadamin Nasriyev va “Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi” boshligʻi Abdulvosi Gʻaniyev tashrif buyurgan.
«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi matbuot xizmati






