«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus bilim yurti talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan futbol musobaqasi nihoyasiga yetdi. Gʻolib va faol ishtirokchilar tantanali tarzda taqdirlandi.
Taqdirlash marosimi koʻtarinki ruhda boshlandi. Tadbirda bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Maʼmurjon domla Erkayev soʻzga chiqib, musobaqa ishtirokchilarini samimiy tabrikladi. U oʻz nutqida sportning yoshlar hayotidagi oʻrni, jamoviylik, birdamlik va oʻzaro hurmat kabi qadriyatlarni mustahkamlashdagi ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdi.


Musobaqa yakuniga koʻra:
401-guruh talabalari yuksak mahorat namoyon etib, faxrli birinchi oʻrinni egalladi. Ular birinchi darajali diplom va kubok bilan taqdirlanib, kubokni boshlar uzra baland koʻtarib nishonladilar.


403-guruh esa munosib oʻyin namoyish etib, ikkinchi oʻrinni egalladi va ikkinchi darajali diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, musobaqa davomida faol ishtirok etgan, jamoalarga munosib hissa qoʻshgan talabalar ham esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.


Bunday sport musobaqalari talabalarning jismoniy chiniqishi, sogʻlom turmush tarzini shakllantirishi, bir jamoa boʻlib harakat qilishni oʻrganishlari hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun juda katta ahamiyatga ega. Musobaqa davomida talabalar oʻz isteʼdodlarini namoyon etish barobarida, doʻstlik va birdamlik ruhini ham his qilishdi. Kelgusida bu kabi tadbirlar yanada koʻproq va kengroq miqyosda tashkil etilishiga ishonamiz.
SaidAzimxon Saidakramov
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻqituvchisi






