SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Shayx Yusufxon toʻra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi
16.01.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

Shayx Yusufxon toʻra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Bugun, 16-yanvar kuni “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida taniqli diniy ulamo Shayx Yusufxon toʻra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Shayx Yusufxon toʻra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi (1)
Shayx Yusufxon toʻra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi (2)

Tadbir boshida bilim yurti talabalari tomonidan tayyorlangan Shayx Yusufxon toʻra Shokirov hayoti va ilmiy faoliyatiga bagʻishlangan “Ilm va maʼrifat yoʻlida kechgan umr” mavzusidagi video rolik namoyish etildi. Mazkur lavha tadbir ishtirokchilarida chuqur taassurot qoldirdi.

Mazkur tadbirga allomaning oʻgʻli, Oʻzbekiston musulmonlari idorasida uzoq yillar samarali xizmat qilgan Muhammad Akmalxon Shokirov faxriy mehmon sifatida taklif etildi.

Shayx Yusufxon toʻra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi (3)
Shayx Yusufxon toʻra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi (4)
Shayx Yusufxon toʻra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi (5)
Shayx Yusufxon toʻra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi (6)

Tadbirni bilim yurti maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha mudir oʻrinbosari A. Gʻaniyev kirish soʻzi bilan ochib berdi. U oʻz nutqida Shayx Yusufxon toʻra Shokirovning ilm-maʼrifat rivojidagi oʻrni va diniy sohadagi fidokorona xizmatlarini alohida taʼkidladi hamda soʻzni mehmon — Muhammad Akmalxon Shokirovga taqdim etdi.

Muhammad Akmalxon Shokirov oʻz nutqida otalari — Shayx Yusufxon toʻra Shokirovning hayot yoʻllari, ilmga boʻlgan muhabbatlari va ibratli faoliyatlari haqida qimmatli xotiralar bilan oʻrtoqlashdi. Shuningdek, tolibi ilmlar uchun ilm olishning fazilati, odob-axloq va masʼuliyat masalalarida muhim maslahatlar berdilar.

Shayx Yusufxon toʻra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi (7)
Shayx Yusufxon toʻra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi (8)

Muhammad Akmalxon Shokirovning nutqidan soʻng bilim yurti katta oʻqituvchisi J. Xolmoʻminov soʻzga chiqib, Shayx Yusufxon toʻra Shokirovning ilm yoʻlidagi mashaqqatli faoliyati, shuningdek, u zotning shogirdlari tomonidan bildirilgan eʼtiroflar haqida atroflicha toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir yakunida Qurʼoni karim tilovat qilinib, yurtimizda ilm yoʻlida umrlarini bagʻishlab oʻtgan allomalar haqqiga, shuningdek, Vatanimizda tinchlik va osoyishtalik bardavom boʻlishini soʻrab duo-xayrlar qilindi.

What you can read next

“Qurʼoni karim va tajvid” boʻyicha oʻquv kursining navbatdagi 54-davra mashgʻulotlari yakunlandi
“Qurʼoni karim va tajvid” boʻyicha oʻquv kursining navbatdagi 54-davra mashgʻulotlari yakunlandi
“Янги Ўзбекистонда эркин ва фаровон яшайлик!”
“Янги Ўзбекистонда эркин ва фаровон яшайлик!”
ҚИШКИ СЕМИНАРЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
Қишки семинарлар давом этмоқда

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP