SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
15.04.2023 / Bo‘limda Yangiliklar

Kitob koʻrgazmasi

Kitob oʻqiydigan odamning soʻz  boyligi katta boʻladi. Chunki kitob oʻqilganda kishi oddiy kundalik hayotda ishlatilmaydigan soʻzlarni ham uchratadi. Bu soʻzning maʼnosini lugʻatdan izlash ham shart emas, zero kitob umumiy mazmunidan soʻzning maʼnosi ham kelib chiqadi. Shu tariqa kitob oʻqigag inson nafaqat soʻz boyligini orttiradi, balki bilimini ham orttiradi.

Kitob oʻqish boshqa odamlar bilan muloqot qilishga yordam beradi. Yaʼni kitob oʻqigan odam oʻz fikrlarini chiroyli, aniq, yorqin ifodalash imkoniga ega boʻladi. Bir nechta mumtoz adabiyotni oʻqishning oʻzida ham kishida gapirish sanʼati bir qadar rivojlangani seziladi. Shu tariqa kishi yaxshi suxbatdosh boʻla oladi, odamlarda oʻzi haqida yaxshi tassurot qoldiradi. 

Kitob oʻqish insonni dadillashtiradi. Kitob oʻqigan insonning oʻziga ishonchi kattaroq boʻladi. Chunki kitobdan olgan ilmlari unga madad beradi. Atrofingizdagi olamlarda esa siz haqingzda yaxshi tasavvur uygʻonadi. Bu esa sizni yanada jurʼatli qiladi. 

Kitob koʻrgazmasi (1)
Kitob koʻrgazmasi (2)

Kitob oʻqish stresslarni kamaytiradi. Stresslar bugungi odamlarning eng asosiy muammosiga aylangan. Kitob tekstining boyligi va ritmi inson ruxiyatini tinchlantiruvchi va stresslarni bartaraf etuvchi, chalgʻituvchi  xususiyatga ega. Ayniqsa uyqudan oldin kitob oʻqiganlar buni yaxshi bilishadi. Kitob oʻqish natijasida xotira va fikrlash qobiliyati rivojlanadi.

Kitob koʻrgazmasi (3)
Kitob koʻrgazmasi (4)

Tafakkurni (fikrlash qobiliyatini) rivojlantirish kitob oʻqishning eng samarali xususiyatidir. Chunki kitob oʻqiganimizda biz ekranlardagi bir tasvirdan boshqqasiga shunchaki koʻchib oʻtmaymiz, balki asarni tushunish uchun asar qahramonlari va boshqa qatnashchilarning xarakterlari, gap soʻzlari, xulqu atvori, fikrlash tarzlari, tabat va b. haqida fikrlashimizga toʻgʻri keladi.

Kitob koʻrgazmasi (5)
Kitob koʻrgazmasi (6)

         Shu boisdan kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni kitobxonlikka boʻlgan qiziqishini oshirish va taʼlim muassasasi kutubxonasiga keltirilgan yangi nashrdagi badiiy kitoblar bilan mudarrislar va talabalarni tanishtirish maqsadida 12-aprel kuni “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida  badiiy kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazmada taʼlim muassasasi mudarris va talabalari faol qatnashdilar. Koʻrgazmada yuzdan ortiq mahalliy va jahon adabiyoti namoyondalarining asarlari taqdim etildi. Taʼkidlash joizki, bu koʻrgazma talabalar oʻrtasida kitobxonlikni yangi darajaga olib chiqishga katta xizmat koʻrsatadi. Koʻrgazmada yangi nashrdan chiqqan “Ikki eshik orasi”, “Telba”, “Jinoyat va jazo”, “Oʻtkan kunlar”, “Yulduzli tunlar”, “Erta qaytgan turnalar”, “Qiyomat” kabi yuzdan ortiq badiiy adabiyotlar koʻrgazmadan joy oldi.
Botir Bolbekov
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi ARM boʻlimi boshligʻi

What you can read next

Хельбанинг (ҳилба, шамбала, пажитник) шифобахш хусусиятлари
Хельбанинг (ҳилба, шамбала, пажитник) шифобахш хусусиятлари
Муфтий ҳазратлари Баткен шаҳридаги семинарда нутқ сўзладилар
Муфтий ҳазратлари Баткен шаҳридаги семинарда нутқ сўзладилар
“Кўкалдош” ўрта махсус ислом билим юртида Семинар-тренинг ўтказилди
“Кўкалдош” ўрта махсус ислом билим юртида Семинар-тренинг ўтказилди

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP