SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida iqtidorli talabalar taqdirlandi
15.02.2025 / Bo‘limda Yangiliklar

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida iqtidorli talabalar taqdirlandi

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida 2024-2025-oʻquv yilining birinchi yarim yillik natijalari sarhisob qilinar ekan, yarim yillikni “aʼlo baholar bilan yakunlab, bilimi va odobi bilan boshqalarga oʻrnak boʻlgan talaba”, “Ilm-marifatga chanqoq – kitobsevar talaba” va “Talabalar turar joyida ichki tartibga amal qilib, goʻzal odobi bilan ajralib turgan talaba”  yoʻnalishlari boʻyicha bir nechta talabalar taqdirlandilar.

Tadbirda “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori, (PhD) M.Erkayev, Yoshlar ishlari, maʼnaviy va marifiy ishlar boʻyicha mudir oʻrinbosari A.Gʻaniyev, Oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari N.Jalolov, barcha ustozlar va talabalar qatnashishdi.

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida iqtidorli talabalar taqdirlandi (1)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida iqtidorli talabalar taqdirlandi (2)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida iqtidorli talabalar taqdirlandi (3)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida iqtidorli talabalar taqdirlandi (4)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida iqtidorli talabalar taqdirlandi (5)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida iqtidorli talabalar taqdirlandi (6)

Tadbir davomida “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori, (PhD) M.Erkayev soʻzga chiqib, barcha iqtidorli talabalarni tabrikladi va ularga kelgusidagi ilm yoʻlidagi say’-harakatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Oʻz nutqida yurtimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshadigan, maʼnaviy yetuk va ilmli yoshlar yetishib chiqishining naqadar muhim ekanligini taʼkidladi.

Tadbir soʻngida talabalarga faxriy yorliqlar topshirildi va ota-onalariga esa tashakkurnomalar taqdim etildi.

Mazkur tashakkurnomada quyidagilar izhor qilindi: “Har bir insonning komil shaxs boʻlib voyaga yetishida, yetuk kasb egasi boʻlib jamiyatda oʻz oʻrnini topishida ustoz-murabbiylar hamda ota-onalarning oʻrni juda ham muhimdir. Fidoyi, zahmatkash ustozlar oʻz shogirdlariga bilim berish barobarida ular qalbiga insonga xos eng goʻzal ezgu xislatlarni, mehr-oqibat va odamiylik tuygʻularini singdirib boradi.

Haqiqatan ham, insonni inson qilib kamol toptirishda, unga bilim va odamiylik, mehr-oqibat ezgu orzu-niyatlar bilan yashash tuygʻularini singdirishda, bir soʻz bilan aytganda, jamiyatimizning munosib fuqarosi boʻlib hayotga qadam qoʻyishi va mustahkam oʻrin olishida oʻqituvchi va murabbiylarning hissasi bilan bir qatorda ota-onalarning farzandiga bergan tarbiyasi ham beqiyosdir.

Farzandingiz madrasa talabalari oʻrtasida namunali xulqi, ilmga chanqoqligi, jamoat ishlarida faolligi bilan ajralib turadi.  Ana shunday namunali xulqli, ustozlarni ehtirom qiladigan, darslarda hamisha faol, goʻzal muomalali, bilim yurti tomonidan tashkil etiladigan jamoat ishlarida faol ishtirok etadigan, tengdoshlariga oʻrnak boʻladigan farzand tarbiyalaganingiz uchun bilim yurti rahbariyati sizlarga oʻz  tashakkurini izhor qiladi.”

Bu eʼtirof va mukofotlar yoshlarni yana-da ilmga, odob-axloqqa va intizomga undab, kelgusida yanada katta marralarni zabt etishga ruhlantirdi.

Saidazimxon SAIDAKRAMOV
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi

What you can read next

Абу Ҳафс Умар ибн Абдулазиз ҳикматлари
Ҳасан Басрий роҳимаҳуллоҳ насиҳатлари
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida tashkil etilayotgan tayyorlov kursi haqida
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida tashkil etilayotgan tayyorlov kursi haqida
photo 2019 10 31 16 40 19
“Кўкалдош” ўрта махсус ислом билим юртида куз-қиш мавсумига тайёргарчилик мақсадида тадбир ташкил этилди.

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP