Vasila lugʻatda “u bilan oʻzgaga yaqin boʻlinadigan narsa” maʼnosini anglatadi. Istilohda esa “duo ijobat boʻlishi uchun Alloh taologa Uning huzurida qadrli ekani bilingan narsani aytib duo qilish, vasila deb ataladi”.
Hanafiy mazhabi ulamolarining soʻzlari:
Fatovoi Hindiyaning (1 jild, 266 bet) manosik kitobida:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qabrlarini ziyoratlarini kayfiyati va odoblarini zikr qilib boʻlgandan keyin, ziyoratni yakunlash deb nomlangan bobda ziyoratchi qiladigan duolar zikr qilingan, ziyoratchi avvalgidek Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning bosh tomonlarida toʻhtab quyidagicha duo qiladi:
” اللَّهمّ إنك قلت وقولك الحق :{وَلَوْ أَنَّهُمْ إِذ ظَّلَمُوا أَنفُسَهُمْ جَاءُوكَ، الآية .. }.[النساء : 64]، وقد جئناك سامعين قولك طائعين أمرك، مستشفعين بنبيك إليك”
“Parvardigoro Sen aytding, Sening soʻzing haqdir: “Agar ular (shaytondan hukm soʻrab borishlari bilan) jonlariga jabr qilgan paytlarida darhol sizning oldingizga kelib, Allohdan magʻfirat soʻraganlarida va Paygʻambar ham ular uchun magʻfirat soʻraganida edi, Allohning tavbalarni qabul qilguvchi, mehribon ekanligini topgan boʻlur edilar}. (Niso 64 oyat). Biz Seni oldinga Soʻzinga quloq tutgan, buyrugʻinga itoat qilgan va Sening Paygʻambaring bilan shafoatni soʻragan holda keldik!”
Imom Ibn Obidiyn oʻzlari yozgan xoshiyalarining boshida: “Alloma Munoviy quyidagi: “Allohim, men Senga yuzlanib, Sendan paygʻambaring, rahmat nabiysi Muhammad alayhissalom bilan vasiyla qilib soʻrayman!, degan hadis haqida Izz Ibn Abdussalomdan keltiradilar, u zot: “Duo qilishda Nabiy sollallohu alayhi vasallamga cheklash va u zotdan boshqasi bilan qasam ichmaslik va u zot sollallohu alayhi vasallamni duoning xususiyatlaridan qilishlik lozim boʻladi”
Imom Subkiy rohimahulloh aytadilar: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan oʻz Robbisiga tavassul qilishlik chiroyli amal sanaladi. Bu ishni biron bir salaf va halaf inkor qilmagan, faqatgina Ibn Taymiya bu masalada biron bir olim aytmagan soʻzni aytib bidʼat ishni qildi.””
Molikiy mazhabi ulamolarining soʻzlari:
Bidʼatlarga qarshi ekani bilan taniqli boʻlgan Ibnul Haj Molikiy oʻzlarining “Al-Madxal” nomli kitoblarida quyidagilarni yozganlar: “Paygʻambar Muhammad sollallohu alayhi va sallam bilan tavassul qilish xato va gunohlar hamda maʼsiyatlar yukini yoʻq qilish oʻrnidir. Chunki Alloh taoloning nazdida u zot alayhissalom shafoatlarining barakasi va ulugʻligiga biron bir gunoh ustun kela olmaydi. Zero, u zot sollallohu alayhi vasallamning shafoatlari barchasidan ulugʻdir. Shunday ekan, Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni ziyorat qilib, Alloh taolodan u zotning shafoatini iltijo qilib soʻragan kishi hanuz ziyorat qilmaganlarga bu xushxabarni bersin! Parvardigoro, Sening huzuringda u zotning haqqi-hurmatidan uning shafoatidan mahrum qilmagin, Omiyn yo robbil ‘alamiyn! Shu eʼtiqodga xilof qilayotganlar shafoatdan mahrum kishilar hisoblanadilar. ”
Shofeʼiy mazhabi ulamolarining soʻzlari:
Imom Navaviy oʻzlarining “Muhazzab”ning sharhida (8 jild, 274 bet) Haj ibodatining sifati haqidagi kitobda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qabrlarini ziyorati haqidagi bobda quyidagilarni yozganlar: “Soʻng ziyoratchi oʻzining avvalgi oʻrniga qaytib rosululloh sollallohu alayhi vasallamning yuz tomonlariga roʻbaro‘ boʻlib, oʻz haqida tavassul qilib u zotdan Alloh taologa shafoatchi boʻlishlarini soʻraydi”
Hanbaliy mazhabi ulamolarining soʻzlari:
Hanbaliy mazhabining mazhabboshisi Imom Ahmad ibn Hanbal rohmatullohi alayh tavassulni joiz deb aytganlar. Bu gapni Imom Mardoviy Hanbaliy oʻzlarining “Insof” nomli asarlarida (2 jild, 456 bet) “Istisqo namozi” kitobida: “Hanbaliy mazhabning sahih gapiga koʻra solih kishilar bilan tavassul qilish joiz boʻladi, bir soʻzga koʻra bu ish mustahabdir deb aytilgan. Imom Ahmad rohmatullohi alayh Imom Marvaziy rohmatullohi alayhga: Nabiy sollallohu alayhi vasallamga oʻz duosida tavassul qilganlarini va toʻlaligicha u zotga va boshqalarga tavassul qilishda umid bogʻlardilar.”
KOʻKALDOSh OʻRTA MAXSUS ISLOM TAʼLIM MUASSASASI R.Axundjanov






