SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun “Qurʼoni karim va tajvid” kursining navbatdagi bosqichi boshlandi
10.02.2025 / Bo‘limda Yangiliklar

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun “Qurʼoni karim va tajvid” kursining navbatdagi bosqichi boshlandi

Bugun, 10-fevral sanasida, “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun tashkil etilgan “Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining navbatdagi bosqichi oʻz faoliyatini boshladi. Bu xayrli tashabbus doirasida imkoniyati cheklangan tinglovchilar ham Qurʼoni karimni mukammal va toʻgʻri oʻqishni oʻrganish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Maʼlumki, “Koʻkaldosh” islom bilim yurtida ushbu oʻquv kursi bir necha yildan buyon samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Oʻtgan yillar davomida minglab tinglovchilar bu dargohda Qurʼoni karimni toʻgʻri oʻqish va tajvid ilmini puxta egallashga muvaffaq boʻldilar. Davlatimiz tomonidan yaratilgan sharoitlar, madrasa rahbariyati va ustozlarining tinimsiz saʼy-harakatlari natijasida mazkur muassasa Qurʼon ilmini oʻrganuvchilar uchun yuksak saviyadagi ilm maskaniga aylangan.

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun “Qurʼoni karim va tajvid” kursining navbatdagi bosqichi boshlandi (1)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun “Qurʼoni karim va tajvid” kursining navbatdagi bosqichi boshlandi (2)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun “Qurʼoni karim va tajvid” kursining navbatdagi bosqichi boshlandi (3)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun “Qurʼoni karim va tajvid” kursining navbatdagi bosqichi boshlandi (4)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun “Qurʼoni karim va tajvid” kursining navbatdagi bosqichi boshlandi (5)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun “Qurʼoni karim va tajvid” kursining navbatdagi bosqichi boshlandi (6)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun “Qurʼoni karim va tajvid” kursining navbatdagi bosqichi boshlandi (7)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun “Qurʼoni karim va tajvid” kursining navbatdagi bosqichi boshlandi (8)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun “Qurʼoni karim va tajvid” kursining navbatdagi bosqichi boshlandi (9)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun “Qurʼoni karim va tajvid” kursining navbatdagi bosqichi boshlandi (10)

Diqqatga sazovor jihati shundaki, taʼlim olish imkoniyati barcha uchun teng yaratilgan boʻlib, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun ham alohida sharoitlar tashkil etilgan. Bugungi kunda ushbu imkoniyatdan foydalanayotgan tinglovchilar Qurʼoni karimni yod olish va tajvid ilmining nozik jihatlarini mukammal egallash yoʻlida fidokorona harakat qilmoqdalar.

Mazkur kursning yangi bosqichi boshlanishi munosabati bilan, «Koʻkaldosh» bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) M. Erkayev tinglovchilar bilan samimiy suhbat oʻtkazdi. U zot ushbu ilohiy ilmning sharafi, Qurʼoni karimni toʻgʻri va chiroyli oʻqish fazilatlari hamda bu yoʻlda mashaqqat chekkan kishilarga vaʼda qilingan ajr va savoblar haqida maʼruza qildilar. Suhbat davomida tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va ilm yoʻlidagi intilishlarida ularga dalda berildi.

Tadbir yakunida barcha tinglovchilarga bilim yurti tomonidan “Muallimi soniy” va Qurʼoni karim hadya qilindi. Shuningdek, tinglovchilarning ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyat tilanib, ular uchun duoyi xayr qilindi.

Ushbu tashabbus ilmga tashna insonlar uchun yangi ufqlar ochib, Qurʼoni karimni oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kelajakda bu kabi ezgu saʼy-harakatlarning yanada kengayishi va koʻproq insonlarni qamrab olishi barchamiz uchun katta xayr va savob boʻlishiga ishonamiz.

Saidazimxon SAIDAKRAMOV
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi

What you can read next

“Наврўзимдан-нурафшон юртим”
“Наврўзимдан-нурафшон юртим”
Аллоҳ таолодан жаннатни бир дирҳам эвазига сотиб олган зот
Аллоҳ таолодан жаннатни бир дирҳам эвазига сотиб олган зот
Расулуллоҳ алайҳиссалоту вассаломга дарахтларнинг бўйсуниши
Расулуллоҳ алайҳиссалоту вассаломга дарахтларнинг бўйсуниши

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP