SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Iymon
09.08.2026 / Bo‘limda Aqida, Maqolalar

Iymon

Iymon haqiqati masalasi — qadimdan to bugungi kungacha ulamolar oʻrtasida bahs va munozaralarga sabab boʻlib kelgan dolzarb mavzulardan biridir. Bu masala hozirgi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.
Imom Abu Hanifaning ustozlari Hammod ibn Abu Sulaymon davrlariga qadar hadis ilmi ulamolari iymon — tasdiq, iqror va amaldan iborat, degan qarashda yakdil edilar. Biroq oʻsha davrda Kufa atrofida Xavorij oqimining kuchayib borishi sababli, amalni iymondan deb bilish masalasida ixtilof yuzaga keldi. Aynan shu bois Imom Abu Hanifa bu boradagi qarashlari tufayli koʻplab tanqidlarga uchragan edilar.
Bu masala shu darajada keskinlashdiki, hatto Hajjoj ibn Yusufga qarshi jang qilish uchun yigʻilgan Kufa ahli orasida ham katta ixtilof yuz berdi. Ular: «Biz unga kofir deb qarshi chiqamizmi yoki bogʻiy debmi?» — degan masalada ikkiga boʻlindilar. Manbalarda zikr qilinishicha, hatto qorilar (Qurʼon hofizlari)dan tashkil topgan otryad ham bu safda boʻlgan. Natijada magʻlubiyat yuz berib, ulamolar oʻz yurtlariga qaytdilar.
Bu xabar Hajjoj ibn Yusufga yetib borgach, u Kufa sari yoʻl olar ekan, ulamolarning shaharga kirishini toʻsdi. Faqatgina: «Men Hajjojga qarshi chiqdim, shu bois bogʻiy boʻldim. Endi tavba qilib, qaytadan iymon keltirdim», deganlargina shaharga kiritildi, aks holda esa ular qatl etildi.
Imom Abu Hanifa oʻsha davrda koʻpchilik tomonidan murjiʼalikda ayblangan edilar. Bunga sabab — u zotning iymon haqidagi zohiriy taʼriflari edi. Holbuki, u zot «Fiqh al-Akbar» asarida murjiʼalarga aniq raddiya berib shunday deydilar:

وَلاَ نَقُولُ إِنَّ أَعْمَالَنَا مَقْبُولَةٌ، وَلاَ نَقُولُ إِنَّهَا مَرْدُودَةٌ، وَلَكِنْ نَقُولُ: مَنْ أَدَّاهَا بِشُرُوطِهَا فَهِيَ مَقْبُولَةٌ.

Yaʼni, biz amallarimiz albatta qabul boʻlgan, demaymiz. Shuningdek, ularning mutlaqo rad etilganini ham aytmaymiz. Balki aytamiz: kim amalni shartlariga muvofiq ado etsa — u qabul boʻladi.
Bu bayon orqali u zot aslida shuni koʻrsatadiki: amal iymondan boʻlmasa-da, u bilan uzviy bogʻliqdir. Amal qilmagan kishi gunohkor boʻladi, amal qilgan esa yuqori darajaga erishadi. Shu bilan birga, u zot murjiʼalar kabi kofirdan iymonsiz amalni koʻrmagandek, moʼmindan ham gunohni inkor etmaydilar.
Murjiʼalar esa: moʼmin amal qilmasa ham, bu unga zarar qilmaydi, baribir jannatga kiradi, faqat darajasi pastroq boʻladi, deydilar. Bugungi kunda ham bu qarashning davomchilari sifatida: «Qalbim pok boʻlsa bas, qolgan narsa unchalik muhim emas», deganlarning gapini uchratish mumkin.
Agar biz Imom Abu Hanifaning ushbu soʻzlarini faqat zohiriga qarab hukm qilsak va u zotni murjiʼa desak, unda amalni iymondan deb bilgan Imom Shofeiy va jumhur muhaddislarni ham Muʼtazila yoki Xavorij deyishimiz kerak boʻladi. Holbuki, bu uch toifa ham amalni iymonga qoʻshadi, ammo amalni tark etgan kishi haqida hukm berishda uch xil yoʻlga boʻlinadilar.
Imom Abu Hanifaning «iymon amaldan emas» degan soʻzlari ham Qurʼon oyatlariga asoslangan. Jumladan, iymon va amal alohida zikr qilingan:

إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ

«Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar…»
Ushbu oyatda iymon va amal «و» bilan alohida ajratilib zikr qilinishi ularning bir-biridan boshqa-boshqa narsa ekanini anglatadi.

Shuningdek:

وَإِنْ طَائِفَتَانِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ اقْتَتَلُوا

«Agar moʼminlardan ikki toifa oʻzaro urushib qolsa…»
Holbuki, bu katta gunohdir. Shunday boʻlsa-da, ular moʼmin deb atalmoqda.
Yana amallarning qabul boʻlishi iymonga bogʻliqligi haqida:

مَنْ عَمِلَ صَالِحًا وَهُوَ مُؤْمِنٌ

«Kim moʼmin boʻlgan holda solih amal qilsa…»
Bu oyatdagi وَهُوَ مُؤْمِنٌ iborasi arab tilida hol boʻlib, shart maʼnosini ifodalaydi. Demak, amalning qabul boʻlishi uchun iymon shartdir. Shu tariqa, iymon va amal oʻrtasidagi nisbat nozik, ammo muhim mezonlarga asoslanadi.
✒️“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻqituvchisi
Abdullayev Aliakbar

Tagged under: aqida, islom

What you can read next

Мазҳабимиз йўлбошчиси
Мазҳабимиз йўлбошчиси
Ҳажнинг фазилатлари
Ҳажнинг фазилатлари
“Кўкалдош” ўрта махсус ислом билим юртида китоблар тақдимоти
“Кўкалдош” ўрта махсус ислом билим юртида китоблар тақдимоти

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP