Xabaringiz bor 9-iyul kuni oʻtkaziladigan muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish maqsadida yurtimizga xalqaro tashkilotlar vakillari hamda xorijlik mehmonlar yetib kelishgan.





Bugun, 8-iyul kuni ushbu xorijlik mehmonlardan bir guruhi Poytaxtimiz Toshkent shahrining koʻrki boʻlmish koʻxna va navqiron Koʻkaldosh madrasasiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri Abdulhakim qori Matqulov kutib oldi. Madrasaga tashrif buyurgan mehmonlar Koʻkaldosh madrasasi bino boʻlishidan boshlab to bugungi kungacha boʻlgan tarixi bilan tanishdilar. Mehmonlarga hozirgi kunda madrasa binosida oʻz faoliyatini olib borayotgan Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti haqida ham batafsil maʼlumotlar yetkazildi.





Mehmonlar hozirda boʻlayotgan “Qabul-2023” jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Undan tashqari mehmonlarga oʻymakorlik va xattotlik sanʼati namunalari namoyish qilindi.
Koʻkaldosh madrsasasiga tashrif buyurgan xorijlik mehmonlar yaxshi taassurotlar bilan qaytishdi.
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Matbuot xizmati






