SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Zahar
06.09.2023 / Bo‘limda Hadis, Maqolalar

Mehmon

Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
25-hadis

Bogʻda oʻynayotgan Hamid koʻchada ketib borayotgan oppoq soqolli keksa kishini koʻrib qoldi. Otaxon Hamidlarning chiroyli dangʻillama darvozasiga yetib borgach dam olish uchun toʻxtadi.

– Bolajonim! – dedi u Hamidni chaqirib. – Men bu mehmonxonada bir kun tunashim mumkinmi?

– Amaki, bu mehmonxona emas, – deb Hamid kulib yubordi.

– Bu mehmonxona boʻlmasa, unda nima?

– Bu bizning uyimiz.

– Haa! Yaxshi, kim qurgan bu hashamatli uyni?

– Mening bobom.

– Bobong kimga qoldirgan uni?

– Mening otamga.

– Otangdan keyin kimga qoladi?

– Menga qolsa kerak.

Otaxon Hamidga tabassum qilib:

– Bu hashamatli uyning barcha oldingi egalari kimgadir qoldirishgan ekan, demak, sizlar barchangiz unda mehmon ekansizlar-da, oʻgʻlim, – dedi va qariyalarga xos yurishda sekin odimlab ketdi.

Yangi oʻquv yili boshlandi. Odobnoma darsida muallim barcha bolalarga yozgi taʼtil kunlarida sodir boʻlgan eng esda qolarli voqeani aytib berishni vazifa qilib berdi. Hamid oppoq soqolli keksa otaxon bilan boʻlgan voqeani soʻzlab berdi. Ayrim oʻquvchilar otaxon aytgan soʻzlarning maʼnosini anglay olishmadi. Shunda muallim Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamning quyidagi hadislarini aytib, otaxonning soʻzlarini tushuntirib berdi.

“Men bu dunyoda xuddi daraxtning soyasida biroz dam olib, soʻng yana yoʻlida davom etadigan musofir singariman”. (Imom Termiziy rivoyati).

“مَا أَنَا في الدُّنْيَا إِلاَّ كَرَاكِبٍ اسْتَظَلَّ تَحْتَ شَجَرَةٍ ثُمَّ رَاحَ وَتَرَكَهَا”
Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi

What you can read next

Тавба масжидининг тарихи
“Сирожийя” асари муаллифининг ҳаёти ва ижоди
Абу Ҳанифанинг кўфалик устозлари силсиласи
Ҳанафийлик мазҳабининг Мовароуннаҳрга кириб келиши
ШАРАФЛИ ВА МАСЪУЛИЯТЛИ ВАЗИФА
Шарафли ва масъулиятли вазифа

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP