SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
06.04.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

“Yot gʻoyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, adashgan oqimlarga raddiya berish koʻnikmalari va uslublari” maxsus kursi davom etmoqda

Bugun 06-aprel Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida “Yot gʻoyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, adashgan oqimlarga raddiya berish koʻnikmalari va uslublari” nomli maxsus kurs doirasida navbatdagi dars tashkil etildi.

Mazkur kurs bugungi kunda dolzarb boʻlgan aqidaviy va mafkuraviy masalalar yuzasidan talabalarning ilmiy dunyoqarashini mustahkamlash, ularni yot gʻoyalar taʼsiridan himoya qila oladigan mustahkam bilim hamda tahliliy koʻnikmalar bilan qurollantirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan.

“Yot gʻoyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, adashgan oqimlarga raddiya berish koʻnikmalari va uslublari” maxsus kursi davom etmoqda (1)
“Yot gʻoyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, adashgan oqimlarga raddiya berish koʻnikmalari va uslublari” maxsus kursi davom etmoqda (2)

Navbatdagi mashgʻulot “Fiqhiy mazhablar va islom ummati birligi” mavzusiga bagʻishlandi. Dars davomida fiqhiy mazhablarning shakllanish sabablari, ularning Qurʼon va Sunnatga asoslangan ilmiy maktablar ekani, shuningdek, mazhablar oʻrtasidagi ixtiloflarning rahmat va kenglik omili sifatidagi ahamiyati batafsil yoritildi.

Shuningdek, mazhablar xilma-xilligini notoʻgʻri talqin qilish oqibatida yuzaga keladigan adashgan qarashlar, diniy mutaassiblik va tafriqa xavfi ilmiy asosda tahlil qilinib, islom ummatining birligi bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat va ilmiy yondashuv orqali mustahkamlanishi alohida taʼkidlandi.

“Yot gʻoyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, adashgan oqimlarga raddiya berish koʻnikmalari va uslublari” maxsus kursi davom etmoqda (3)
“Yot gʻoyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, adashgan oqimlarga raddiya berish koʻnikmalari va uslublari” maxsus kursi davom etmoqda (4)

Mashgʻulot davomida talabalar mavzu yuzasidan faol ishtirok etib, savol-javoblar orqali oʻzlarini qiziqtirgan masalalarga batafsil javob oldilar.

Mazkur kurs Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida yoshlarda sogʻlom aqida, mustahkam fiqhiy tafakkur hamda zamonaviy mafkuraviy tahdidlarga nisbatan ongli va asosli munosabatni shakllantirishga qaratilgan tizimli ishlarning amaliy ifodasidir.

Koʻkaldosh OʻMIBY Oʻquv-uslubiy boʻlimi

What you can read next

Bilim yurtida “Mazhabga ergashish — ummat birligi” nomli ilmiy-amaliy musobaqa oʻtkazildi
Bilim yurtida “Mazhabga ergashish — ummat birligi” nomli ilmiy-amaliy musobaqa oʻtkazildi
“Қуръони карим ва тажвид” бўйича ўқув курсининг навбатдаги босқич машғулотлари якунланди
“Қуръони карим ва тажвид” бўйича ўқув курсининг навбатдаги босқич машғулотлари якунланди
ХАЛҚАРО ҚУРЪОН МУСОБАҚАСИДА ҚАТНАШАДИГАН КЎКАЛДОШ ТАЛАБАСИГА ДУОИ ХАЙРЛАР ҚИЛИНДИ
Халқаро Қуръон мусобақасида қатнашадиган Кўкалдош талабасига дуои хайрлар қилинди

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP