Yoshlar orasida radikalizm, ekstremizm va terrorizm gʻoyalariga qarshi maʼrifiy immunitetni shakllantirish, ularni sogʻlom aqida va mustahkam dunyoqarash asosida tarbiyalash maqsadida Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida dars mashgʻulotlari tashkil etilgan. Mazkur darslar bilim yurti rahbariyatining alohida eʼtibori va nazorati ostida tizimli ravishda yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, har bir guruhga malakali mutaxassis oʻqituvchilar biriktirilgan.


Jumladan, ushbu hafta davomida mutaxassis oʻqituvchilar tomonidan “Diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati», «Diniy bagʻrikenglik – tinchlik va taraqqiyot garovi”, “Ayrim shaxslarning diniy mutaassib oqim yoki sektalarga kirib qolish sabablari”, “Islomga yot gʻoyalarga qarshi kurashishda zamonaviy yondashuv”, “Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan diniy konfessiyalar va tashkilotlar” kabi mavzularda darslar olib borildi.
Dars mashgʻulotlari davomida talabalarga bugungi kunda jamiyat barqarorligi va tinchligiga tahdid soluvchi turli gʻoyaviy xatarlar haqida batafsil tushunchalar berilib, ularga qarshi maʼrifiy yondashuv asosida zarur bilim va koʻnikmalar shakllantirilmoqda.



Shuningdek, mazkur dars mashgʻulotlari orqali talabalarga asosiy darslarda oʻtilgan mavzularni yanada chuqurroq oʻrganish, amaliy misollar va mashqlar yordamida bilimlarini mustahkamlash hamda diniy-ilmiy saviyalarini oshirish uchun keng imkoniyat yaratilmoqda. Darslar aniq reja asosida tashkil etilib, har bir mashgʻulotda mavzular bosqichma-bosqich, sodda va tushunarli tarzda bayon etilmoqda. Bu esa taʼlim jarayoniga tizimli yondashuv asosida ish olib borilayotganidan dalolat beradi.Talabalar ushbu dars mashgʻulotlarda faol ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob topmoqda hamda turli mavzular yuzasidan fikr almashish orqali yangi bilim va koʻnikmalarni egallamoqda. Natijada ular nafaqat nazariy bilimlarini boyitib, balki mustaqil fikrlash, tahlil qilish va ilmiy tafakkur yuritish koʻnikmalarini ham rivojlantirmoqda. Bu esa yoshlar ongida sogʻlom dunyoqarashni mustahkamlash, diniy bagʻrikenglik ruhini kuchaytirish hamda radikal gʻoyalarga qarshi barqaror maʼrifiy immunitetni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Abduvosi GʻANIYEV
«Koʻkaldosh» OʻMIBY maʼnaviy va maʼrifiy ishlari boʻicha mudir oʻrinbosari





