SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Ibn Hajar Asqaloniy qalamiga mansub “Nuzhatun nazar” asarining hadis ilmida tutgan oʻrni
04.11.2026 / Bo‘limda Hadis, Maqolalar

Ibn Hajar Asqaloniy qalamiga mansub “Nuzhatun nazar” asarining hadis ilmida tutgan örni

Uşbu maqolada buyuk muhaddis Ibn Hajar Asqaloniyning hayoti, ilmiy faoliyati va hadis ilmi rivojiga qöşgan beqiyos hissasi haqida maʼlumot berilgan. Şuningdek, hadis ilmining rivoyat va diroyat yönalişlari tarixi, xususan, olimning şoh asarlari bölmiş “Nuxbatul fikar” va uning şarhi “Nuzhatun nazar”ning öziga xos jihatlari tahlil qilingan. Tayanç sözlar: Ibn Hajar Asqaloniy, hadis ilmi, rivoyat, diroyat, “Nuxbatul fikar”, “Nuzhatun nazar”, hadis istilohlari.

This article provides information about the life, scholarly activity, and invaluable contribution of the great Muhaddith Ibn Hajar al-Asqalani to the development of the science of Hadith. It also analyzes the history of the development of the Riwayat (narration) and dirayat (comprehension) traditions in hadith studies, particularly highlighting the distinct characteristics of the scholarʼs masterworks, “Nukhbat al-fikar” and its commentary, “Nuzhat al-nazar”. Keywords: Ibn Hajar Asqalani, hadith science, riwayah, dirayah, “Nukhbat al-fikar”, “Nuzhat al-nazar”, hadith terminology.

В данной статье приведены сведения о жизни, научной деятельности великого мухаддиса Ибн Хаджара аль-Аскаляни и его неоценимом вкладе в развитие науки о хадисах. Также проанализирована история развития направлений риваят (наука о передаче хадисов (текстология и источниковедение)) и дираят (наука об анализе, понимании и критике хадисов) в хадисоведении, в частности, особенности главных трудов учёного – “Нухбатуль-фикар” и комментария к нему “Нузхатун-назар”. Ключевые слова: Ибн Хаджар Аскаляни, хадисоведение, риваят, дираят, “Нухбат аль-фикар”, “Нузхат ан-назар”, терминология хадисов.

Kiriş. Globallaşuv va turli mafkuraviy kuraşlar şiddatli tus olgan bugungi davrda insoniyatning maʼnaviy-intellektual merosini, xususan, islom tsivilizatsiyasi asosini taşkil etuvçi manbalarni çuqur örganiş hamda ularning asl mazmun-mohiyatini sof holda jahon ilmiy hamjamiyatiga yetkaziş muhim ahamiyat kasb etmoqda. Diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy hadis maktablarining taşkil etilişi ham bevosita hadis ilmi va uning metodologiyasini klassik hamda zamonaviy andozalar asosida mukammal örganiş zarurligini körsatadi.

Hadis ilmining şakllaniş tarixi, uning uslubiy asoslari va istilohlari tizimini tadqiq etişda islom olamida “Amirul möminin fil hadis” (“Hadis ilmida möminlar amiri”) unvoniga sazovor bölgan buyuk olim Ibn Hajar Asqaloniy (1372–1449) ilmiy merosi markaziy va örinlardan birini egallaydi. Xususan, olimning hadis istilohlari tizimini tubdan isloh qilgan va yangi bosqiçga olib çiqqan “Nuxbatul fikar fi mustalahi ahlil asar” matni hamda uning muallif tomonidan yozilgan şarhi “Nuzhatun nazar fi tavzihi Nuxbatul fikar” asarlari asrlar davomida uşbu sohaning eng mötabar manbasi va oliy öquv yurtlari uçun asosiy dasturilamal bölib kelmoqda.

Mavzuning dolzarbligi şundaki, hadis ilmining “rivoyat” (hadislarni naql qiliş) va “diroyat” (hadis qoidalarini anglaş) yönalişlari hamda “jarh va taʼdil” (roviylar tanqidi) tizimini Ibn Hajar Asqaloniy rahimahulloh yaratgan yangiça mantiqiy va tahliliy tizim orqali tahlil qiliş bugungi kunda diniy matnlar mazmunini turli soxta va ekstremistik talqinlardan himoya qilişda, hadislarning sahihlik (işonçlilik) darajasini töğri aniqlaşda muhim ilmiy asos bölib xizmat qiladi.

Tadqiqotning maqsadi – Ibn Hajar Asqaloniyning hayoti, ilmiy faoliyati, ustoz va şogirdlik maktabini yoritiş hamda “Nuxbatul fikar” va “Nuzhatun nazar” asarlarining hadis istilohlari ilmidagi uslubiy yangiliklari, strukturaviy öziga xosliklari va ilmiy-nazariy qiymatini majmuaviy tarzda oçib berişdan iborat.

Qöyilgan maqsadga erişiş uçun quyidagi vazifalarni amalga oşiriş belgilangan:

– Olimning tarjimai holi, uning ilmiy şakllanişiga taʼsir körsatgan muhit, ustozlari hamda yetiştirgan şogirdlari haqidagi maʼlumotlarni tizimlaştiriş;

– hadis ilmining rivoyat va diroyat yönalişlari şakllaniş tarixi hamda mazkur jarayonda uşbu asarlarning tutgan örnini aniqlaş;

– “Nuxbatul fikar” va “Nuzhatun nazar” asarlarining öziga xos metodologik xususiyatlari, kompozitsiyasi va yangiça uslubiy tizimini tahlil qiliş;

– mazkur asarlarga yozilgan şarh, nazm va hoşiyalarni guruhlaştiriş orqali ularning islom ilm-fanidagi yuksak nufuzini asoslaş.

Maqola hadisşunoslik, manbaşunoslik va tekstologiya sohalarida tadqiqot olib borayotgan yoş olimlar, tadqiqotçilar hamda diniy-maʼrifiy yönalişdagi talabalar uçun buyuk muhaddis ijodi va hadis terminologiyasini tuşunişda muhim ilmiy-nazariy va uslubiy qöllanma bölib xizmat qiladi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Ibn Hajar Asqaloniyning hayoti, ilmiy maktabi va uning “Nuxbatul fikar” hamda “Nuzhatun nazar” asarlari hadis istilohlari (diroyat ilmi) tizimini örganişda jahon va mahalliy hadisşunoslikning diqqat markazida bölib kelmoqda. Uşbu mavzuga oid adabiyotlarni uçta asosiy yönalişga bölib tahlil qiliş maqsadga muvofiqdir:

Birinçi yönaliş – anʼanaviy manbaşunoslik va klassik şarhlar. Bunga misol tariqasida öşa davr va undan keyingi davr ulamolaridan sanalgan Ibn Hajar Asqaloniyning şogirdi Imom Saxoviyning “Al-Javohir vad-durar fi tarjimati şayxulislom Ibn Hajar” asarini hamda Imom Ali Qoriyning “Şarhu şarhin Nuxba” kabi asarlarini keltirişimiz mumkin. Uşbu asarlarda Ibn Hajar metodologiyasining klassik va tekstologik tahlili berilgan.

Ikkinçi yönaliş – zamonaviy xorijiy tadqiqotlar. Zamonaviy arab hadisşunosligi Ibn Hajarning taqsimot usullarini zamonaviy mantiq va tasniflaş ilmi nuqtai nazaridan örgangan. Şunga köra, baʼzi ulamolar “Nuzhatun nazar” asarini kuçli ilmiy tahqiq qilib, matnlarni xatolardan tozalab, izohlar bilan naşr qilgan. Bunga Doktor Nuriddin Itr, Muhammad Mirobiy, Muhammad Şohid Qosimiy, Muhammad Nizor Tamim va Haysam Nizor Tamim kabi olimlarni misol qilişimiz mumkin.

Uçinçi yönaliş – mahalliy tadqiqotlar va milliy hadisşunoslik maktabi. Yurtimizda Ibn Hajar Asqaloniy va u kişining baʼzi asarlari borasida ayrim ilmiy işlar va tarjimalar qilingan, ammo ular soni köp emas. Jumladan: Ibn Hajarning “Munabbihot” asari özbek tiliga “Oltin ögitlar” nomi bilan tarjima qilinib, 2018 yil Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan naşr etilgan.

Şuningdek, Ibn Hajar Asqaloniy haqida turli maqolalar naşr qilingan. Masalan, «oliymahad.uz saytida» “Hofiz Ibn Hajar rahmatullohi alayhning hayoti va ilmiy faoliyati” va «Ibn Hajarning yaşagan davrida hadis ilmi rivoji» nomli maqolalar çop etilgan.

Biroq, mavjud adabiyotlar, yozilgan maqolalarning aksariyati Ibn Hajar Asqaloniyning hayoti va ilmiy faoliyatidagi baʼzi asarlari haqida bayon qilingan. Ibn Hajar Asqaloniy hadis istilohlari ilmida ixtiro qilgan yangi metodologik tizim, uning mantiqiy qoidalari va rivoyat hamda diroyat ilmlari örtasidagi integratsion roli majmuaviy tarzda örganişga muhtoj, deb ayta olamiz.

Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot metodlari: manbaşunoslik, tarixiy-qiyosiy, matnşunoslik.

Ibn Hajar Asqaloniyning töliq ismi Ahmad ibn Ali ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Ali ibn Mahmud ibn Ahmad ibn Ahmad bölgan. Bu olim Ibn Hajar Asqaloniy nomi bilan maşhurdir. Kunyasi Abul Fazl, laqabi esa, Şihobuddin bölgan [3:25].

Hofiz ibn Hajar rahimahulloh hijriy 773 yil şaʼbon oyining 12-kunida Qadimgi Misr şahrida tavallud topgan. U kişi 80 yilga yaqin umr körgan [2:27].

Hofiz Ibn Hajar Asqaloniy rahimahulloh köplab ustozlardan ilm örgandi va ilm izlaş maqsadida bir qança şaharlarga safar qilgan. U kişining ustozlari juda köp bölgan. Misol tariqasida quyidagi ustozlarini aytib ötamiz:

1. Ibnul Jazariy rahimahulloh (751/1350-833/1429). Bu kişining töliq ismi Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Ali ibn Yusuf, Abul Xoyr, Şamsiddin Dimaşqiy, Şiyroziy, Şofeiy rahimahulloh.

2. Tanuxiy rahimahulloh (709-800 h.y). Töliq ismi Ibrohim ibn Ahmad ibn Abdulvohid ibn Abdulmömin bölgan.

3. Burhoniddin Abnosiy rahimahulloh (725/1325-802/1399). Töliq ismi Ibrohim ibn Muso ibn Ayyub, Burhoniddin Abu Işoq Abnosiy, Qohiriy, Şofeiydir.

4. Ibnul Mulaqqin rahimahulloh (723/1323-804/1401). Töliq ismi Umar ibn Ali ibn Ahmad Ansoriy, Şofeiy, Sirojiddin, Abu Hafs, Ibnun nahviy bölib, u kişi Ibnul Mulaqqin nomi bilan tanilgan.

5. Hofiz Iroqiy rahimahulloh (725/1325-806/1404). Töliq ismi Abdurrohim ibn Husayn ibn Abdurrohman, Abul Fazl, Zayniddin bölgan.

6. Sirojiddin Bulqiniy rahimahulloh (724/1324-805/1403). Töliq ismi Umar ibn Ruslon ibn Nasiyr ibn Solih Kinoniy, Asqaloniy, Bulquniy, Misriy, Şofeiy, Abu Hafs, Sirojiddindir.

Şuningdek, Ibn Hajar rahimahullohning şogirdlari ham juda köp bölgan. Hofiz Ibn Hajar rahimahullohning şogirdlari şu darajada köpayib ketgan ediki, hatto har bir mazhabdan bölgan yetakçi, nufuzli ulamolar ham uning şogirdlari orasida edi. Odamlar undan avlodma-avlod, tabaqama-tabaqa ilm oldi. Bunday köp sonli hamda turli tabaqalardan iborat şogirdlarning jamlanişi heç bir boşqa olimda uçramagan [3:33]. Ularga quyidagi ulamolarni misol qilib ötamiz:

1. Imom Saxoviy rahimahulloh (831/1427-902/1497). Töliq ismi Muhammad ibn Abdurrohman ibn Muhammad, Şamsiddin Saxoviy bölgan.

2. Kamol ibn Humom rahimahulloh (790/1388-861/1457). Töliq ismi Muhammad ibn Abdulvohid ibn Abdulhamid ibn Masʼud, Siyvosiy, Iskandaroniy, Kamoliddin. Bu kişi Ibnul Humom nomi bilan tanilgan. Bu kişi hanafiy ulamolaridan sanaladi.

3. Qosim ibn Qutlubğo rahimahulloh (802/1399-879/1474). U kişining töliq ismi Qosim ibn Qutlubğo, Zayniddin, Abul Adl Suduniy, Jamoliy bölgan. Qohirada tuğilgan. Hanafiy fiqhi olimi sanaladi.

4. Burhoniddin Qolqoşandiy rahimahulloh (831/1428-922/1516). Töliq ismi Ibrohim ibn Ali ibn Ahmad, Abul Fath, Burhoniddin, Quroşiy, Qolqoşandiy bölgan.

5. Ibn Amir Hoj rahimahulloh (825/1422-879/1474). Töliq ismi Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad Abu Abdulloh, Şamsuddin bölgan. Bu kişi Ibn Amir Hoj nomi bilan tanilgan. U kişi Ibnul Muvaqqit ham deyilgan. Hanafiy fiqhi ulamolaridan bölgan.

Ibn Hajar rahimahulloh özining beqiyos ijodi bilan barça ulamolar tan oladigan, eʼtiborli bölgan köplab asarlar bilan islom olami kutubxonalarini boyitdi. Uşbu olimning yozgan asarlari juda ham köp bölib, misol tariqasida quyidagilarni keltiramiz: “Nuzhatun nazar fi tavzihi Nuxbatil fikar”, “Fathul boriy bi şarhi Sahihul Buxoriy”, “Al-Isobatu fi tamyizis sahoba”, “Lisonul miyzan”, “Tahzibut tahzib”, “An-Nukatu ala kitabi Ibnis Solah”, “Taqribut tahzib”, “Tağliqut taʼliqi ala Sahihul Buxoriy”, “Buluğul maromi min adillatil ahkami” va boşqalar.

Bu kişi hijriy 852 yili Zulhijja oyining yigirma sakkizinçi kuni şanba kuni xuftondan keyin vafot etgan va Qohiradagi Qarofatus Suğro qabristoniga dafn qilingan [4:11].

Hadis istilohlari ilmining kitob bölib jamlanib yozilişi

Hadis ilmi ikki turga bölinadi: 1. Rivoyat qiliş jihatidan bölgan hadis ilmi. 2. Diroyat jihatidan bölgan hadis ilmi.

1. Rivoyat qiliş jihatidan bölgan hadis ilmi. Uşbu ilm Nabiy sollallohu alayhi vasallam sözlari, işlari, sifatlari va taqrirlarini, şuningdek, hadis rivoyati, zobti va lafzlari tahririni öz içiga qamrab oladi.

Bu ilmning mavzusi: Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sözlari, işlari, taqrirlari va sifatlaridan iboratdir.

Bu ilmning foydasi: Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sözlari, işlari, taqrirlari va sifatlarini naql qilişdagi xatodan saqlanişdir.

Bu ilmning ğoyasi: ikki dunyo saodatiga erişiş.

Bu ilmning fazilati: bu ilm eng uluğ ilmlardan sanaladi. Zero, bu ilm bilan Nabiy sollallohu alayhi vasallamga ergaşiş uslub va holatlari örganiladi [1:7].

Rivoyat jihatidan hadis ilmi borasida, yaʼni hadislar borasida eng avval kitob yozgan kişi Şom va Hijoz olimi, buyuk ulamolardan biri Muhammad ibn Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Şihob Zuhriydir. Bu kişi xalifa Umar ibn Abdulaziz (60-101 h.y) rahimahulloh buyruğiga köra uşbu işga kirişgan. Abu Nuaym Imom Molikdan Muhammad ibn Hasan tariqi bilan rivoyat qilgan: Imom Molik rahimahulloh: “Eng avval hadis ilmini yozgan kişi Ibn Şihob Zuhriydir”, deb aytgan. Buning boisi möminlar amiri Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh hadis yodlagan va hadis ilmi sohiblari dunyodan ötib ketayotgani va ulardan keyin ularga öxşaş kişilar qolmayotgani va sekin astalik bilan bidʼat va xurofotlar tarqalib borayotganini körgaç, şaharlardagi öz voliylariga va dunyo ulamolariga maktub yölladi va ularga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini yozişni amr qildi [1:10].

Imom Buxoriy rahimahulloh öz sahih kitobida “Ilm qanday tortib olinadi”, deb bob qöyib, öşa joyda quyidagilarni keltirgan: «Umar ibn Abdulaziz Abu Bakr ibn Hazmga maktub yozdi: “Qara, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan nima bölsa, şuni yozgin. Zero, men ilmning yöqolib bitişidan va ulamolarning vafot etib ketişidan qörqyapman. Faqatgina Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarinigina qabul qilgin. Ilmni keng tarqatinglar. (Ilm majlislari) quringlar, toki bilmaydiganlar bilimli qilinsin. Çunki, ilm sir tutilmas ekan, yöq bölib ketmaydi”» [6:285].

Abu Nuaym rahimahulloh “Tarixu Isbahon” kitobida quyidagiça keltirgan: «Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislariga qaranglar, uni jamlanglar”, deb dunyo ahliga maktub yozdi».

Şundan keyin hadislarni yozma ravişda jamlaş işlari keng quloç yoydi. Islom olamining barça yerlarida bunga bel boğlagan ulamolar yetişib çiqdi va ulardan har biri hadis borasida kitoblar yozişdi. Ularga quyidagi ulamolarni misol tariqasida keltiramiz:

Madinada Imom Molik ibn Anas rahimahulloh, Makkada Abu Muhammad Abdulmalik ibn Abdulaziz ibn Jurayj rahimahulloh, Şomda Abu Amr Abdurrahmon ibn Amr Avzoiy rahimahulloh, Kufada esa, Abu Abdulloh Sufyon ibn Said Savriy rahimahulloh, Basrada Abu Salama Hammod ibn Salama ibn Diynor rahimahullohlar hadislarni jamlab kitoblar tasnif qildi [1:11]. Şu tariqa hadislar jamlanib tasnif qilinişda davom etdi.

2. Diroyat jihatidan bölgan hadis ilmi. Bu ilm bilan rivoyat haqiqati, uning şartlari, turlari, hukmlari va roviyning holi, roviylar şartlari hamda rivoyat qilingan hadis turlari va unga tegişli narsalar örganiladi.

Rivoyat haqiqati: sunnat va şunga öxşaş xabarlarni naql qiliş va mana şu rivoyat kimga tegişli deb bilinsa, şuni “haddasana” yoki “axbarana” va şu kabi lafzlar bilan öşa kişiga nisbat beriş.

Rivoyat şartlari: hadis rivoyat qiluvçisi rivoyat qilgan hadisini “samoʼ” yoki “arz” yoki “ijoza” yoki bundan boşqa tahammul turlaridan bir tur bilan (ustoz şayxidan) tahammul qilişi (qabul qilib olişi).

Rivoyat turlari: sanadning muttasil bölişi va sanadning muttasil bölmasdan, bir yoki bir neça roviyning tuşib, uzilib qolişi va şunga öxşaş narsalar.

Rivoyat hukmlari: qabul qiliş yoki rad qiliş.

Roviylar holi: adolat yoki jarh.

Roviylar şartlari: u tahammul va ado qiliş şartlaridir. Yaʼni, bundan közlangan narsa roviy hadisni şayxidan qabul qilib, öz şogirdiga yetkazişdagi şartlardir.

Rivoyat qilingan hadis turlari: hadislar qaysi maqsadga köra jamlab tasnif qilinganiga qarab bir neça turga bölinadi, masalan, jomeʼ, sunan, musnad, mustadrakot va hakazo [1:13].

Hadis istilohlari ham mana şu diroyat ilmiga doxil böladi. Hadis istilohlari borasida birinçi bölib Qoziy Abu Muhammad Romahurmuziy rahimahulloh (vaf. 360 h.) kitob tasnif qilgan va bu ilmga asos solib, qoidalarini tuzgan. Uşbu kitob “Al-Muhaddis al-fosil baynar roviy val voʼiy”, deb nomlangan. Bu kitob eng avval yozilgani sababli barça istilohlarni qamrab olmagan [1:16]. Şundan söng, ulamolar tomonidan hadis istilohlari borasida birin-ketin kitoblar tasnif qilina boşladi. Har bir davrda bu ilm rivojlanib, istilohlar borasida yozilgan kitoblar ham mukammallaşib boraverdi.

Biroz muddatdan keyin Hokim Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh Naysaburiy rahimahulloh (vaf. 405 h.) “Maʼrifatu ulumil hadis” nomli kitob tasnif etdi. Hofiz Abu Nuaym Ahmad ibn Abdulloh Asbahoniy rahimahulloh esa, (vaf. 430 h.) “Al-Mustaxroju ala maʼrifatil ulumil hadis” nomli kitob tasnif etdi. Şu davrda Abu Bakr Ahmad ibn Ali ibn Sobit Xatib Bağdodiy rahimahulloh (vaf. 463 h.) “Al-Kifayatu fi ilmir rivoyati” nomli hamda “Al-Jamiʼ li axlaqir roviy va adabis samiʼi” nomli kitoblar tasnif qildi. Şundan bir muddat keyinroq Qoziy Iyoz rahimahulloh (vaf. 544 h.) “Al-Ilmaʼu fi zobtir rivayati va taqyiydis samaʼi” deb nomlangan kitob tasnif etdi. Şuningdek, Abu Hafs Umar ibn Abdul Majid Mayanijiy rahimahulloh (vaf. 570 h.) ham “Ma la yasaʼul muhaddisa jahluhu” nomli kiçik juzli kitob tasnif etdi.

Şundan söng Abu Amr Usmon ibn Abdurrohman Şahrozuriy rahimahulloh (vaf. 643 h.) ismli olim, muhaddis yetişib çiqdi. Uşbu olim “Ulumil hadis” nomli kitob tasnif qildi. Bu kitob insonlar orasida “Muqaddimatu Ibnis Solah” nomi bilan maşhur bölgan. Uşbu kitob mustalah fanidagi eng yaxşi kitoblardan sanaladi. Muallif uşbu kitobida boşqa kitoblardagi, xususan, Xatib Bağdodiy hamda, undan avval ötgan olimlar kitoblaridagi tarqoq maʼlumotlarni töplagan. Bu köp foydali kitob böldi. Ammo, uning tartibi öziga munosib holatda emasdi. Zero, Ibn Solah bu kitobini şogirdlariga bölib, bölib yozdirgan edi. Lekin şunday bölsa-da, “Muqaddimatu Ibnis Solah” kitobi Ibn Solahdan keyin barça ulamolar suyanadigan manba bölib qoldi. Ulamolardan bir qançasi bu kitobga şeʼriy uslubda nazm qildi va baʼzilar uni muxtasar qildi. Şuningdek, bu kitobga juda köplab şarh va hoşiyalar yozildi [5:14,15].

Ibn Solah rahimahullohning “Maʼrifatu anvaʼi ilmil hadis” kitobi hadis istilohlari ilmi borasida eng asosiy va eng maqbul manbalardan sanaladi.

Bir muddatdan keyin Hofiz Şihabuddin Abul Fazl Ahmad ibn Ali ibn Muhammad Asqaloniy, Misriy, Şofeiy rahimahulloh (vaf. 852 h.) nomli yetuk muhaddis yetişib çiqdi. U kişi Ibn Hajar Asqaloniy nomi bilan maşhur bölgan. Bu muhaddis jomeʼ, muxtasar risola yozdi va uni “Nuxbatul fikar fi mustolahi ahlil asar” deb nomladi. Söngra, muallifning özi “Nuzhatun nazari fi tavzihi Nuxbatil fikari” nomi bilan maşhur bölgan kitobi bilan uni şarhladi.

Bu uluğ asar yozilgaç, ulamolar nazari unga qaratildi va hadis istilohlari ilmida unga tayanildi. Zero, u asar qisqaligi, tartibliligi, puxta tahlil va tahqiq etilgani hamda Ibn Solah rahimahullohning “Maʼrifatu anvaʼi ilmil hadis” kitobida uçramaydigan bir qator muhim hadis istilohlari turlarini öz içiga olgani bilan ajralib turar edi. Natijada, “Nuxbatul fikar” va uning şarhi bölmiş “Nuzhatun nazar” asarlari ulamolarning örganiş va tadqiq qiliş mavzusiga aylandi. Şu sababli uning şarhlovçilari, muxtasar qiluvçilari va nazmga soluvçilari juda köpayib ketdiki, deyarli Ibn Solah rahimahullohning “Maʼrifatu anvaʼi ilmil hadis” asari darajasiga yetdi [7:24].

“Nuzhatun nazar” asari. Ibn Hajar rahimahulloh hadis istilohlari ilmi borasida “Nuxbatul fikari fi mustolahi ahlil asari” deb nomlangan kitob yozgan. Uşbu asar juda ham kiçik, muxtasar kitobdir. Lekin bu kitob muxtasar tarzida yozilgan kitoblarning eng manfaatlisi va tartib jihatidan eng yaxşisi sanaladi. Muallif uşbu kitobini avvaldan heç kim qilmagan yangi uslubga, yaʼni tartiblaş va taqsimlaş yöliga köra yozgan. Muallifning özi bu kitobni şarhlagan va uni “Nuzhatun nazari fi tavzihi Nuxbatil fikari” deb nomlagan. Şuningdek, boşqalar ham bu kitobni şarhlagan [5:16].

“Nuzhatun nazar” kitobi muqaddimasida musannif quyidagilarni bayon qilgan: “Birodarlarimdan baʼzisi mendan özi uçun hadis istilohlaridan muhimlarini umumlaştirib, muxtasar qilib yozib berişimni söradi. Men uni nafis qoğozlarda umumlaştirib, muxtasar qilib yozdim va uni “Nuxbatul fikar fi mustalahil asar” deb nomladim. Bu kitobni özim ixtiro qilgan tartib va özim tanlagan yölga köra mazmunini umumlaştirib muxtasar qilib yozdim. Unga baʼzi nodir va foydali deb bilgan narsalarimni qöşdim. Söngra ular yana menga murojaat qilib, uning ramz qilgan joylarini yeçib beradigan, berkitilgan xazinalarini oçib beradigan, boşlanğiç ilm oluvçiga mana şu narsalardan maxfiy bölib qoladigan joylarini ravşan qilib beradigan şarh yozişimni söraşdi. Men ularning iltimoslariga köra, bu kitobimni yaxşilab şarhladim. Undagi maxfiy, mubham joylariga yaxşi eʼtibor berdim. Çunki, uy egasi uyi içida nima borligini yaxşi biladi. Şuningdek, şarhimni sodda va tuşunarli uslubda keltiriş, matnni esa, şarh orasiga kiritib yuboriş munosibroq ekani menga ayon böldi. Şunga köra harakat tarzi oz bölgan şu yölga köra yurdim” [4:64-66].

Abdul Fattoh Abu Ğudda rahimahulloh şunday degan: “Nuxbatul fikar” hamda uning şarhi bölmiş “Nuzhatun nazar” asarlari haqida juda ham köplab ulamolar yaxşi fikr va maqtov bildirgan. Bu maqtovlar orasidan Alloma Roziyuddin Muhammad ibn Ibrohim Hanafiy Halabiy rahimahullohning bu haqida aytgan gaplarini keltiriş bilan kifoyalansak böladi. Bu kişi özining “Qofvul asari fi sofvi ulumil asari” degan kitobida quyidagi sözlarni keltirgan [7:42]: Hofiz ibn Hajar rahimahulloh Ibn Solah rahimahulloh öz kitobida jamlagan hadis istilohlarining eng muhimlarini hamda unga qöşilgan nodir tuşunçalar va qöşimça foydalarni bir neça sahifada umumlaştirib qisqa ifoda qildi. Ibn Hajar rahimahulloh bu kitobni “Nuxbatul fikar fi mustolahi ahlil asar” deb nomladi. Bu asar öta qadrli böldi. Şu bois bu kitob hajmi kiçik bölsa-da, har bir muhaddis uçun yulduz kabi böldi. Zero bu maʼnoda şoirning quyidagi misralari bor:

وَالنَّجْمُ تَسْتَصْغِرُ الأَبْصَارُ صُورَتَهُ

وَالذَّنْبُ لِلطَّرْفِ لَا لِلنَّجْمِ فِي الصِّغَرِ[1]

Közlar yulduzni kiçik deb bilar har zamon,

Kiçiklik yulduzda emas, nazarda nuqson [3:5].

“Nuxbatul fikar” kitobi hadis istilohlari borasida yozilgan kitoblar mağzi, ulardan çiqarib olingan xulosa sanaladi. Bu asar yodlaş va unga murojaat qiliş oson bölişi uçun juda qisqa, muxtasar şaklda matnlar qilib yozilgan. Ulamolar orasida bu yozilgan kitob juda qadrli böldi. Şunga köra, ahli ilm bu matnni yod olişga juda eʼtibor berdi. Bu kitobga juda ham köplab şarh va hoşiyalar yozildi. Ibn Hajar rahimahulloh tavsiyasiga köra, özining şogirdi bölgan Kamoliddin Şumunniy rahimahulloh bu kitobga eng birinçi şarh yozgan. Şundan keyin özi şarh yozgan. Ehtimol, bu şarh u kişini qoniqtirmagan yoki özi ham şarhlaşni xohlagan bölişi mumkin. Zero, “Nuzhatun nazar” kitobi muqaddimasida u kişining: “Uy egasi uyda nima borligini yaxşiroq biladi”, deb aytgan gaplari keltirilgan [4:18].

“Nuxbatil fikar” hamda “Nuzhatun nazar” asarlarining öziga xos jihatlari

1. Hadis ilmlarini yangiça, ilgari qilinmagan uslubda taqdim qiliş. Bu uslub sanad va matn holatlarini çuqur örganişga asos böladi.

2. Bu kitobda hadislarga oid taqsimotlar hamda hadis istilohlari bahslariga tegişli bölmagan, balki usulul fiqh bahslariga tegişli bölgan masalalar ham keltirilgan. Masalan: “Mustafiyz”, “Ummatning hadisni qabul qilişi” mavzulari.

3. Şarhlaşda ortiqça tafsilotlardan saqlaniş va muxtasar qiliş.

4. Şarhni sodda, oson va tuşunarli usulda bayon qiliş. Yaʼni, matn şarh içiga kiritiladi va u bilan uyğunlaşib ketadi. Agar matnni ajratib turuvçi qavslar olib taşlansa, iboralar bitta butunga aylanib, unda şarh bilan matnni bir-biridan ajratib bölmay qoladi.

5. Hadis ilmlarini bayon qilişda yangi va ilğor usulni joriy etiş. Bu yangi usul avvalgi olimlar tartiblagan narsalarni oldinga yoki orqaga ötkaziş bilan emas, balki hadis ilmlarini örganişda keng qamrovli yangi tasavvurni taqdim etişdan iboratdir.

6. Aniqlik va keng qamrovlilik. Yaʼni, maʼlumotlarni sinçkovlik va puxtalik bilan çuqur örganiş va mavzuning barça jihatlarini qamrab oliş.

7. Hadis turlarini bir-biriga boğlaş va ular orasidagi aloqa va munosabatni tuşuntiriş.

8. Turli bahsli va murakkab masalalarni çuqur tahlil qiliş va ulardan tahqiq qilingan eng muhimini ajratib oliş.

9. Bu borada kitob tasnif qilgan avvalgi mualliflar yöl qöygan kamçiliklardan saqlaniş, zero ular kitoblarini tasniflaşda va hadis turlarini tartiblaşda muayyan tizimga amal qilmagan [3:87,88].

“Nuxbatil fikar” asariga yozilgan şarhlar:

1. “Nuzhatun nazar fi tavzihi Nuxbatil fikar fi mustalahi ahlil asar”. Ibn Hajar Asqaloniy rahimahulloh (vaf. 852 h.).

2. “Natijatun nazar fi Nuxbatil fikar”. Kamoliddin Muhammad ibn Muhammad ibn Hasan Şumunniy rahimahulloh (vaf. 821 h.).

3. “Şarhu Nuxbatil fikar”. Abu Muso Marrokuşiy rahimahulloh (vaf. 823 h.).

4. “Unvonu maʼoniy Nuxbatil fikar”. Ahmad ibn Sodaqa Qohiriy rahimahulloh (vaf. 905 h.).

5. “Natijatul fikar fi şarhi Nuxbatil fikar”. Muhammad Abdurrouf Munoviy rahimahulloh (vaf. 1031 h.).

6. “Muntahar roğbati fi halli alfazin Nuxbati”. Muhammad ibn Abdulloh Xoraşiy Molikiy rahimahulloh (vaf. 1101 h.).

7. “Natijatun nazar”. Ibn Himmot Dimaşqiy rahimahulloh (vaf. 1175 h.).

“Nuxbatil fikar” asarini quyidagi ulamolar nazm qilib yozgan:

1. Kamoliddin Muhammad ibn Muhammad ibn Hasan Şumunniy rahimahulloh (vaf. 821 h.).

2. Şihobiddin Tufiy rahimahulloh (vaf. 893 h.).

3. Burhoniddin Muhammad ibn Ibrohim Maqdisiy rahimahulloh (vaf. 900 h.).

4. Ahmad ibn Sodaqa Qohiriy rahimahulloh (vaf. 905 h.).

5. Roziyuddin Ğozziy rahimahulloh (vaf. 935 h.).

6. Mansur Toblaviy rahimahulloh (vaf. 1014 h.).

7. Muhammad ibn Ismoil Sonʼaniy rahimahulloh (vaf. 1182 h.). Bu kişi öz manzumasini “Qosobus sukkari fi nazmi Nuxbatil fikari” deb nomlagan va uni özi şarhlab, uni “Isbalul matori ala Qosobis sukkari” deb nomlagan.

8. Abdulloh ibn Umar Yamoniy rahimahulloh (vaf. 1196 h.).

9. Kamoliddin Adhamiy rahimahulloh va boşqalar.

“Nuzhatun nazar” asariga yozilgan şarhlar:

1. “Mustolahatu ahlil asari ala Şarhi Nuxbatil fikari”. Ali Qoriy rahimahulloh (vaf. 1014 h.)

2. “Al-Yavaqiytu vad duroru bi şarhi Şarhi Nuxbatil fikari”. Muhammad Abdurrouf Munoviy rahimahulloh (vaf. 1031 h.).

3. “Qozoul vatori min Nuzhatin nazari”. Burhoniddin Ibrohim ibn Ibrohim Laqoniy rahimahulloh (vaf. 1041 h.).

4. “Imʼanun nazari bi şarhi Şarhi Nuxbatil fikari”. Muhammad Akrom ibn Abdurrohman Sindiy rahimahulloh (vaf. 1179 h.).

5. “Qofvul asari fi sofvi ulumil asari”. Imom Roziyuddin Muhammad ibn Ibrohim Halabiy Hanafiy rahimahulloh (vaf. 971 h.). Bu kişi Ibnul Hanbaliy nomi bilan tanilgan. “Nuzhatun nazar” kitobini juda ham çiroyli tarzda talxis qilgan.

“Nuzhatun nazar” asariga yozilgan hoşiyalar:

1. “Hoşiyatu Qutlubğo al-Hanafiy” (vaf. 879 h.) Bu hoşiya nomi “Al-Qovlul mubtakar ala Şarhi Nuxbatil fikar”, deb nomlanadi. Uşbu hoşiya muallifi aniq, isbot qilingan, tan olingan hoşiyalardan biridir.

2. “Hoşiyatu Ibn Abu Yusuf” (vaf. 906 h.). Bu ham ulamolar tomonidan isbot qilingan va tan olingan hoşiyalardan biridir.

3. “Manhun nuğbati ala Şarhin Nuxbati”. Imom Roziyuddin Muhammad ibn Ibrohim Halabiy Hanafiy rahimahulloh (vaf. 971 h.). Bu kişi Ibnul Hanbaliy nomi bilan tanilgan.

4. “Hoşiyatul Ajhuriy ala Şarhi Nuxbatil fikari”. Nuriddin ibn Abdurrohman Ajhuriy rahimahulloh (vaf. 1066 h.).

5. “Hoşiyatu Ibrohim al-Kuroniy” rahimahulloh (vaf. 1101 h.). Uşbu hoşiya ham muallifi aniq, isbot qilingan, tan olingan hoşiyalardan biridir.

6. “Hoşiyatu Laqtid durori bi şarhi matni Nuxbatil fikari”. Abdulloh ibn Husayn Xotir Samiyn Adaviy Molikiy Azhariy rahimahulloh.

7. “Samarotun nazari fi ulumil asari”. Muhammad ibn Ismoil Amir Sonʼaniy rahimahulloh (vaf. 1182 h.). Musannif bu kitobida “Nuzhatun nazar” asaridagi jarh va taʼdil bahslariga hoşiya yozgan [4:21].

Xulosa qilib aytadigan bölsak, “Nuzhatun nazari fi tavzihi Nuxbatil fikar” asari hadis istilohlari ilmiga oid eng maşhur va mötabar şarh asarlardan biri hisoblanadi. Bu asarda musannif özining “Nuxbatul fikar” asarida ixçam tarzda bayon etgan hadis istilohlari va qoidalarini batafsil şarhlab, ularning mazmun-mohiyatini oçib bergan. Asarda har bir masala mantiqiy izçillik asosida yoritilib, zarur örinlarda muhaddislar qaraşi, istilohlar taʼrifi hamda ularning özaro farqlari bayon qilingan.

Asar özining ilmiy mukammalligi, uslubining sodda va ravonligi, şuningdek, hadis istilohi qoidalarini ixçam va aniq tarzda şarhlagani tufayli asrlar davomida ilm dargohlarida asosiy darsliklardan biri sifatida öqitib kelinmoqda. Şu bilan birga, mazkur asar hadis istilohlarini örganişda muhim qöllanma sifatida eʼtirof etilgan bölib, unga turli davrlarda köplab şarh va hoşiya bitilgan. Bu esa asarning ilm ahli örtasidagi yuksak nufuzi va ilmiy qiymatidan dalolat beradi.

“Nuzhatun nazar” asarining eng muhim xususiyatlaridan biri muallif tomonidan öz asarini bevosita şarhlanganidir. Ilmiy anʼanada muallifning öz asariga özi şarh yozişi undagi iboralar, istilohlar va nazariy qaraşlarning asl maqsadini eng aniq va işonçli tarzda anglaş imkonini beradi. Muallif bejizga: “Uy egasi uyda nima borligini yaxşiroq biladi”, deb aytmagan. Şu bois “Nuzhatun nazar fi tavzihi Nuxbatil fikar” asari “Nuxbatul fikar” asarining eng mötabar şarhi sifatida eʼtirof etilgan bölib, hadis istilohlari ilmini örganişda asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ham bu asar hadis ilmi sohasida taʼlim oluvçi talabalar, tadqiqotçilar va mutaxassislar uçun eng muhim manbalardan biri sifatida öz ahamiyatini saqlab kelmoqda.

Tahlil va natijalar. Tadqiqot jarayonida “Nuxbatul fikar” va uning şarhi bölgan “Nuzhatun nazar” asarlari matnlari qiyosiy-tarixiy hamda tekstologik jihatdan tahlil qilindi. Tahlil natijalari Ibn Hajar Asqaloniyning hadis usuli sohasida mustaqil ilmiy maktab yaratganini körsatdi.

Şuningdek, tadqiqot davomida “Nuxbatul fikar” asarida Ibn Salohning “Muqaddima”sida tarqoq holda bayon qilingan hadis istilohlari mantiqiy tizim asosida qayta tartiblangani maʼlum böldi. Asarda hadislar mutavotir va ohod turlariga, ohod hadislar esa maşhur, aziz va ğarib qismlariga ajratilgan bölib, roviylar adolati va zobtiga oid mezonlar ham aniq tartibga solingan.

Tahlillar “Nuzhatun nazar” asarining eng muhim xususiyati muallifning öz matniga özi şarh yozganida namoyon bölişini ham körsatdi. Bu usul orqali asardagi istilohlar, qoidalar va nazariy qaraşlarning asl mazmuni muallif tomonidan izohlangani sababli keyingi davrlarda yuzaga kelişi mumkin bölgan notöğri talqinlar oldi olingan.

Tadqiqot natijalari Ibn Hajar Asqaloniyning hadis diroyati sohasida muhim metodologik islohotlarni amalga oşirganini tasdiqladi. Uning adolat va zobt mezonlarini aniqlaştirişi, hadislarni tasniflaşda mantiqiy yondaşuvni qöllaşi hamda hadis istilohlarini tizimlaştirişi keyingi muhaddislar uçun mustahkam ilmiy asos bölib xizmat qilgan. Şu sababli “Nuxbatul fikar” va “Nuzhatun nazar” asarlari hadis usuli ilmida eng muhim va nufuzli manbalardan biri sifatida eʼtirof etiladi hamda bugungi kunda ham taʼlim va ilmiy tadqiqotlarda öz ahamiyatini saqlab kelmoqda.

Xulosa va takliflar. Ötkazilgan tadqiqot natijasida Ibn Hajar Asqaloniy ilmiy merosi yuzasidan quyidagi xulosalar şakllantirildi:

Ibn Hajar Asqaloniy hadis ilmining diroyat, yaʼni metodologiya yönalişini kodifikatsiya qilgan islohotçi olimdir. Uning ilmiy maktabi turli mazhab vakillari uçun yagona akademik platforma vazifasini ötagan. Muallifning öz matniga özi şarh yozişi atamalarning keyingi davrlarda notöğri talqin qilinişining oldini olgan va matn ustidan muallif nazoratini asrlar davomida saqlab qolgan. Roviylarni baholaşda adolat va zobt mezonlarining qatʼiy mantiqiy izçillikda işlab çiqilişi esa hadis matnlarini içki soxtaliklardan himoya qiluvçi mustahkam tizimni yuzaga keltirgan.

Tadqiqot natijalaridan kelib çiqqan holda quyidagi takliflarni ilgari suriş mumkin:

Diniy-maʼrifiy taʼlim muassasalari va ixtisoslaşgan hadis maktablarida hadis istilohlari fanini öqitişda “Nuzhatun nazar” asaridagi mantiqiy taqsimotlar asosida zamonaviy raqamli infografikalar va öquv qöllanmalarini işlab çiqiş lozim. Şuningdek, yurtimizdagi qölyozma fondlarida saqlanayotgan, “Nuxbatul fikar”-ga Movarounnahr olimlari tomonidan bitilgan nomaʼlum şarh va hoşiyalarni aniqlaş, ularni raqamlaştiriş hamda ilmiy muomalaga maqsadga muvofiqdir.

Şokirjon domla Madaminov
“Kökaldoş” örta maxsus islom ta’lim muassasasi öqituvçisi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Abdulloh Sirojiddin Husayniy. Şarhul Manzumatil Bayquniyyati fi mustolahil hadis. – Damaşq: Maktabatu dorul minhajil qoviym, 2020.

2. Ahmad ibn Ali ibn Hajar Asqaloniy. Nuzhatun nazar fi tavzihi Nuxbatil fikar. Muhaqqiq: Muftiy Muhammad Şohid al-Qosimiy. – Devband: Ittihad book depot, 2007.

3. Ali ibn Sulton Muhammad Haraviy Qoriy. Şarhu Şarhi Nuxbatil fikar fi mustolahi ahlil asar. Muhaqqiq: Muhammad Nizor Tamim va Haysam Nizor Tamim. – Devband: Ittihad book depot, 1994.

4. Ibn Hajar Asqaloniy. Nuzhatun nazar fi tavzihi Nuxbatil fikari fi mustolahi ahlil asar. Muhaqqiq: Muhammad Mirobiy Şohid Qosimiy. – Bayrut: Doru ibn Kasir, 2015.

5. Mahmud Tohhan. Taysiru mustolahil hadis. – Ar-Riyod: Maktabatul maorif, 2011.

6. Muhammad Anvar Kaşmiriy. Fayzul Boriy ala Sahihul Buxoriy. 1 – mujallad. – Lubnon: Dorul kutubil ilmiya, 2005.

7. Roziyuddin Muhammad ibn Ibrohim Halabiy. Qofvul asari fi sofvi ulumil asari. Muhaqqiq: Abdulfattoh Abu Ğudda. – Halab: Maktabul matbuotil islamiya, 1987.


[1]Bayt muallifi Abul Alo al-Maʼarri (363-449 h) dir.

What you can read next

ХУДОЛИКНИ ДАЪВО ҚИЛГАН ШАХС - НАМРУД
Худоликни даъво қилган шахс – Намруд
Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламнинг баракалари (“Ҳаяту Муҳаммад соллалоҳу алайҳи васаллам” )
Муҳим келишув (давоми).
Шукур саждаси
Шукур саждаси

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP