SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining navbatdagi 62-davra mashgʻulotlari boshlandi
04.08.2025 / Bo‘limda Maqolalar

“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining navbatdagi 62-davra mashgʻulotlari boshlandi

«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurtida “Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursi faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kungacha davlatimiz bergan bu imkoniyatdan unumli foydalangan holda, madrasa rahbariyati va albatta ustozlarning tinimsiz mehnat, hamda saʼy harakatlari bilan bu muassasadan minglab tinglovchilar Alloh taoloning ulugʻ Kalomini mukammal toʻgʻri oʻqishni oʻrganib chiqdilar.
Ana shunday tinglovchilardan yana bir qanchasi bugun, 4-avgust kunidan «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurtida «Qurʼoni karim va tajvid» oʻquv kursining navbatdagi 62-davra mashgʻulotlarini boshlashdi.

“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining navbatdagi 62-davra mashgʻulotlari boshlandi (1)
“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining navbatdagi 62-davra mashgʻulotlari boshlandi (2)

Yigʻilishda “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri Mamirjon Erkayev, Matbuot kotibi Rustam Oxunjonov, “Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursi ustozlari Dilshod Rahmonaliyev va Furqat Gadoyevlar qatnashdilar.
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri Mamirjon Erkayev oʻquv kursining tinglovchilariga «Ilm va uning odoblari» mavzusida maʼruza qilib, ularga haqiqiy ilm egasi qanday odoblarga ega boʻlishi lozimligi haqida zarur maʼlumotlar yetkazdi.

“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining navbatdagi 62-davra mashgʻulotlari boshlandi (3)
“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining navbatdagi 62-davra mashgʻulotlari boshlandi (4)
“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining navbatdagi 62-davra mashgʻulotlari boshlandi (5)

Keyin bilim yurti mudiri Mamirjon Erkayev maʼruzasi davomida noqonuniy diniy taʼlim olish va berishning qonun tomonidan taqiqlanganligi va qanday oqibatlarga olib kelishi, bugungi kunda Oʻzbekistonda davlat va din munosabatlari, diniy islohotlarning jadal surʼatlarda rivojlanayotgani va boshqa masalalarga alohida toʻxtalib oʻtdi.

“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining navbatdagi 62-davra mashgʻulotlari boshlandi (6)

Undan tashqari M.Erkayev oʻquv kursi tinglovchilarining tartib — intizomga rioya qilishlari, oʻz vaqtida darsga kelishlari, belgilangan darslarga muntazam ishtirok etishlari va boshqa intizomga oid tavsiyalarni aytib oʻtdi.
Yigʻilish yakunida «Qurʼoni karim va tajvid» oʻquv kursining navbatdagi bosqich tinglovchilari haqqiga duoyi-xayrlar qilindi.

N. SHARIPOV, «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti «Qurʼon karim va tajvid» oʻquv kursi uslubchisi

What you can read next

Roʻzaga tegishli muhim savol-javoblar (4-qism)
Roʻzaga tegishli muhim savol-javoblar (4-qism)
Kibr illati va tavoze fazilati: Insoniy qadr-qimmatning chin mezonlari
Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ақл-заковатлари ўткирлиги ва сезги аъзолари кучлилиги

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP