SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Toshkentda kirish imtihonlarining ilk kuni yakunlandi: Tartib, shaffoflik va ilk taassurotlar
02.08.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

Toshkentda kirish imtihonlarining ilk kuni yakunlandi: Tartib, shaffoflik va ilk taassurotlar

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va oʻrta maxsus diniy taʼlim muassasalari, shuningdek, “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga 2026–2027-oʻquv yili uchun kirish test sinovlarining 2-hudud — Toshkent shahri bosqichi ilk kuni muvaffaqiyatli yakuniga yetdi.

Toshkentda kirish imtihonlarining ilk kuni yakunlandi: Tartib, shaffoflik va ilk taassurotlar (1)
Toshkentda kirish imtihonlarining ilk kuni yakunlandi: Tartib, shaffoflik va ilk taassurotlar (2)

Bugungi imtihon jarayonlari Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” jome masjidi Majlislar zalida belgilangan nizom va qoidalar asosida, yuksak intizom bilan oʻtkazildi.

Abituriyentlar belgilangan vaqt jadvaliga koʻra, pasport (ID-karta) hamda imtihon ruxsatnomalari tekshirilib, maxsus nazorat punktlari orqali tartib bilan zalga kiritildi. Masʼul xodimlar va mutasaddilar tomonidan test topshirish tartib-qoidalari, belgilangan talablar toʻliq tushuntirildi.

Toshkentda kirish imtihonlarining ilk kuni yakunlandi: Tartib, shaffoflik va ilk taassurotlar (3)
Toshkentda kirish imtihonlarining ilk kuni yakunlandi: Tartib, shaffoflik va ilk taassurotlar (4)
Toshkentda kirish imtihonlarining ilk kuni yakunlandi: Tartib, shaffoflik va ilk taassurotlar (5)

Imtihonlarning adolatli va xolis oʻtishini taʼminlash maqsadida soha mutaxassislari, masʼul tashkilot vakillari va jamoatchilik vakillari uzluksiz kuzatuv olib borishdi. Zalda jarayonlarni toʻliq qamrab oluvchi kameralar hamda zamonaviy texnik vositalar faoliyat yuritib, barcha holatlar ochiqlik va shaffoflik prinsipi asosida kechdi.

Imtihon topshirib chiqqan abituriyentlarning yuz-koʻzidagi hayajon va ertangi kunga boʻlgan ishonch eʼtiborni tortadi. Test sinovlari yakunlangach, bir nechta abituriyentlar oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashishdi:
“Tayyorgarlik jarayonida oʻqigan barcha mavzularimiz test savollarida oʻz aksini topgan. Zaldagi muhit juda tinch va tartibli boʻldi. Hech qanday ortiqcha xavotirga oʻrin qolmadi. Yaratib berilgan sharoitlar uchun tashkilotchilarga minnatdorlik bildiraman,” — deydi abituriyentlardan biri.

Boshqa bir abituriyent esa savollarning mantiqiy hamda oʻquv dasturlariga mos tarzda tuzilganini taʼkidladi:
“Sinovlar qatʼiy nazorat ostida oʻtdi. Bilimga tayangan har bir nomzod oʻz natijasini adolatli ravishda oladi, deb hisoblayman. Endi faqat yaxshi niyat bilan natijalarni kutamiz.”

Tashqarida farzandlarining kelajagi uchun duoda boʻlib, hayajon bilan kutib turgan ota-onalar ham yaratilgan shart-sharoitlar va imtihonning ochiqligidan mamnun ekanliklarini izhor etishdi.
“Erta tongdan farzandimizni imtihonga olib keldik. Jarayonning bunchalik tartibli va shaffof tashkil etilganini koʻrib xotirjam boʻldik. Zaldagi har bir harakat nazoratda ekani, ota-onalar uchun ham qulay kutish joylari va sharoitlar yaratilgani bizni juda quvontirdi,” — deydi abituriyentning otasi.

Yana bir onaning taʼkidlashicha:
“Eng muhimi — adolat va tenglik. Barcha yoshlar uchun bir xil imkoniyat berilgan. Oʻz bilimi bilan kirgan bola kelajakda ham xalqimizga, dinimizga xolis xizmat qiladigan mutaxassis boʻlib yetishadi.”

Toshkentda kirish imtihonlarining ilk kuni yakunlandi: Tartib, shaffoflik va ilk taassurotlar (6)
Toshkentda kirish imtihonlarining ilk kuni yakunlandi: Tartib, shaffoflik va ilk taassurotlar (7)
Toshkentda kirish imtihonlarining ilk kuni yakunlandi: Tartib, shaffoflik va ilk taassurotlar (8)
Toshkentda kirish imtihonlarining ilk kuni yakunlandi: Tartib, shaffoflik va ilk taassurotlar (9)
Toshkentda kirish imtihonlarining ilk kuni yakunlandi: Tartib, shaffoflik va ilk taassurotlar (10)

Eslatib oʻtamiz Toshkent shahri (2-hudud) boʻyicha kirish test sinovlari ertaga, 3-avgust kuni ham davom etadi. Imtihon natijalari hamda keyingi bosqichlarga oid rasmiy axborotlar Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasining rasmiy axborot resurslari orqali eʼlon qilib boriladi.

«Koʻkaldosh» OʻMITM matbuot xizmati

What you can read next

“Тафсири Ирфон” китоби тақдимоти
“Тафсири Ирфон” китоби тақдимоти
Инъом ва истидрож орасидаги фарқ
Инъом ва истидрож орасидаги фарқ
“Мусулмон шарқида илм-фан ривожи ва ҳозирги замон” мавзусида иншолар танловида ғолиб бўлган талабаларни тақдирлаш маросими
“Мусулмон шарқида илм-фан ривожи ва ҳозирги замон” мавзусида иншолар танловида ғолиб бўлган талабаларни тақдирлаш маросими

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP