SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
02.07.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

Bilim yurti mudiri “Islom giyohvandlikka qarshi” mavzusida ilmiy-amaliy seminarda oʻz maʼruzasi bilan qatnashdi

2026-yil 2-iyul kuni Toshkent shahridagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” jome masjidining majlislar zalida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi tashabbusi bilan “Islom giyohvandlikka qarshi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbir jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarni giyohvandlik va boshqa turli zararli illatlardan asrash, diniy-maʼrifiy targʻibot ishlari samaradorligini yanada oshirish hamda bu boradagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

BILIM YURTI MUDIRI “ISLOM GIYOHVANDLIKKA QARSHI” MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY SEMINARDA OʻZ MAʼRUZASI BILAN QATNASHDI (1)
BILIM YURTI MUDIRI “ISLOM GIYOHVANDLIKKA QARSHI” MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY SEMINARDA OʻZ MAʼRUZASI BILAN QATNASHDI (2)
BILIM YURTI MUDIRI “ISLOM GIYOHVANDLIKKA QARSHI” MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY SEMINARDA OʻZ MAʼRUZASI BILAN QATNASHDI (3)

Seminarda diniy-maʼrifiy soha vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, Toshkent shahridagi tuman bosh imom-xatiblari, otinoyilar hamda sohaga daxldor masʼullar ishtirok etdilar.

Tadbir Qurʼoni karim tilovati bilan boshlandi. Shundan soʻng yigʻilishni Toshkent shahar bosh imom-xatibi, yigʻilish raisi Abduqahhor domla Yunusov ochib berib, bugungi kunda giyohvandlikning jamiyat maʼnaviyati va yoshlar tarbiyasiga salbiy taʼsiri, mazkur illatning oldini olishda diniy-maʼrifiy faoliyatning oʻrni hamda imom-xatiblar zimmasidagi muhim vazifalar haqida atroflicha toʻxtalib oʻtdi.

BILIM YURTI MUDIRI “ISLOM GIYOHVANDLIKKA QARSHI” MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY SEMINARDA OʻZ MAʼRUZASI BILAN QATNASHDI (4)

Seminar davomida Din ishlari boʻyicha qoʻmita boʻlim boshligʻi Muhiddin Hakimov, Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari – kotibiyat mudiri Abdumannon Karimov hamda “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti rahbari Maʼmurjon domla Erkayev soʻzga chiqib, giyohvandlikka qarshi kurashishda davlat va diniy tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida profilaktik va maʼrifiy tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish, sogʻlom turmush tarzini hamda milliy va diniy qadriyatlarni keng targʻib qilish yuzasidan oʻz fikr-mulohazalari va amaliy tavsiyalarini bildirdilar.

Taʼkidlanganidek, giyohvandlik nafaqat inson salomatligi, balki oila barqarorligi, jamiyat tinchligi va mamlakat taraqqiyotiga jiddiy tahdid soluvchi illatlardan biri hisoblanadi. Shu bois mazkur illatga qarshi kurashishda barcha masʼul tashkilotlar, taʼlim muassasalari, imom-xatiblar va keng jamoatchilikning hamjihatlikdagi saʼy-harakatlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan sohadagi targʻibot ishlarini yanada takomillashtirish, yoshlarni turli yot illatlardan muhofaza qilish, ularning maʼnaviy immunitetini mustahkamlash hamda diniy-maʼrifiy faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

BILIM YURTI MUDIRI “ISLOM GIYOHVANDLIKKA QARSHI” MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY SEMINARDA OʻZ MAʼRUZASI BILAN QATNASHDI (5)

«Koʻkaldosh» OʻMIBY Matbuot xizmati

What you can read next

Оиша онамизнинг кунялари ва лақаблари
Оиша онамизнинг кунялари ва лақаблари
“Koʻkaldosh”da qoʻshaloq bayram!
“Koʻkaldosh”da qoʻshaloq bayram!
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti  birinchi kurs talabasi yuksak natijaga erishdi
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti  birinchi kurs talabasi yuksak natijaga erishdi

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP