“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtining birinchi bosqich talabasi Babayev Dilshod ustozi D. Rahmonaliyev koʻmagi ostida arab tilini puxta oʻzlashtirib, xalqaro til bilish darajasini tasdiqlovchi C1 darajadagi sertifikatni muvaffaqiyatli qoʻlga kiritdi.
Mazkur yutuq talabaning arab tilini chuqur oʻrganishga boʻlgan intilishida, muntazam mehnati hamda taʼlim-tarbiyasida ustozi D. Rahmonaliyevning hissa yuksakdir. C1 darajadagi sertifikat arab tilida erkin muloqot qilish, murakkab ilmiy va diniy matnlarni chuqur anglash hamda ularni tahlil qilish imkoniyatini tasdiqlaydi.
Bilim yurti jamoasi Babayev Dilshodni ushbu muhim muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaydi. Uning bu yutugʻi boshqa talabalar uchun ham ilm olish yoʻlida munosib oʻrnak boʻlib xizmat qiladi.


Eslatib oʻtamiz, oʻquv yili avvalida talabalari bilan boʻlib oʻtgan ochiq muloqotda bilim yurti mudiri Maʼmurjon domla Erkayev tomonidan talabalarning bilim saviyasini oshirish va ularni ragʻbatlantirish maqsadida xorijiy til (arab tili)dan milliy yoki xorijiy sertifikat B2 yoki C1 darajasini qoʻlga kiritgan yuqori kurs talabalarining imtihon xarajatlari bilim yurti tomonidan qoplanishi va bunga koʻra xorijiy til (arab tili)dan C1 darajasini qoʻlga kiritgan talabalarga imtihon xarajatlari bilan birga yana shuncha miqdorda pul mukofoti, B2 darajasini qoʻlga kiritgan talabalarga esa faqat imtihon xarajatlari qoplab berilishi eʼlon qilingan edi.
Bilim yurti talim sifati nazorati inspeksiyasi bosh mutaxasisi S. Saidakramov






