Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
3-hadis
Bir savdogar tun qorongʻusida uyiga qaytayotgan edi. Shu chogʻda u yoʻl ustidagi devor ostida tunashga tayyorgarlik koʻrayotgan qora tanli keksa bir otaxonni koʻrib qoldi. Maʼlum boʻldiki, qariyaning koʻrinishi bolalarini qoʻrqitib yuborishidan hadiksiragan mahalla ahli unga boshpana bermabdi. Savdogar otaxonni uyiga taklif qildi, issiq taom yedirdi, yotishi uchun oppoq choyshablar solib alohida xonaga joy qilib berdi.
Deraza oldida yotgan qariya tunning qoq yarmida tushunarsiz shovqin ovozidan uygʻonib ketdi. Qarasaki, oyning xira nuri ostida koʻcha tomondagi deraza orqali ikki oʻgʻri uyga kirishga urinmoqda. Ular savdogarni oʻldirib, pullarini oʻgʻirlab ketish niyatida edi. Qora tanli qariya darhol oppoq choyshabga oʻralib oʻrnidan turdi-da qoʻllarini koʻtarib “Hey, nima qilyapsizlar?!” – deb baqirdi. Oʻgʻrilar kutilmaganda goʻyoki oppoq kafandagi arvohni koʻrishgach qoʻrquvdan:
“Onajooooon, bu yerda arvohlar bor!”- deya bor ovozi bilan baqirib oynadan chiqib qochib qolishga urinishdi. Shu vaqtda ulardan birining oyogʻi sindi, boshqasining esa boshi yorildi. Oʻgʻrilar hali qochib ketishga ulgurmaslaridan shovqinni eshitgan odamlar u yerga toʻplandilar. Va ular qoʻlga olindi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamning musulmonlarga qarata aytgan soʻzlari naqadar goʻzal:
Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi






