SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Ham ulugʻ bobomizga ehtirom, ham ilmga ragʻbat
30.08.2022 / Bo‘limda Axloq va tarbiya, Maqolalar

Ham ulugʻ bobomizga ehtirom, ham ilmga ragʻbat

AKS SADO

Ulugʻ olim Imom Qastaloniy bunday degan: “Imom Buxoriy asarlari quyosh yetgan joygacha yetib bordi. Dunyoning hamma yerini egalladi. Uning fazlini hech kim inkor qilolmaydi. Asarlarining eng ulugʻi – “Jomi-us sahih”dir”.

Darhaqiqat, butun islom olami oʻn ikki asrdan ziyod vaqt davomida “Sahih-ul Buxoriy”ni Qurʼoni karimdan keyingi eng moʼtabar manba sifatida eʼtirof etib, buyuk muhaddis bobomizni eʼzozlab keladi.

Shu maʼnoda, Prezidentimizning 15-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasining “Imom Buxoriy” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonuniga imzo chekkani xalqimiz qalbiga alohida surur va mamnuniyat baxsh etdi. Yurtimizda, garchi maqbarasi atrofi obodonlashtirilib, nomidagi majmuada ulkan rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan boʻlsa-da, ushbu buyuk zot nomi bilan ataluvchi, yosh avlodni ilmga ragʻbatlantirishga xizmat qiluvchi davlat mukofoti shu paytgacha taʼsis etilmagandi. 

Bugun mamlakatimizda koʻplab Qurʼon hofizlari, hadis ilmi bilimdonlari, faqihlar yetishib chiqmoqda. Xoʻsh, ularning xalq va davlat oldidagi xizmatlari, ilm-fan rivojiga qoʻshayotgan hissasi nima bilan taqdirlanishi mumkin edi?! Endi biz, islom ilmlarini taraqqiy ettirayotgan, turli oqimlarga qarshi munosib raddiyalar berayotgan, gʻoyaviy buzgʻunchilarni roʻyirost fosh etayotgan, islom maʼrifati orqali odamlarning maʼnaviy dunyosini boyitayotgan, mana shunday xizmatlari bilan ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga ulush qoʻshayotgan olim-u ulamo, davlat va jamoat arboblarini tom maʼnoda munosib mukofot bilan taqdirlay oladigan boʻldik.

Yangi Qonunga muvofiq, ilm-fan va madaniyat, jumladan, islom maʼrifati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk alloma va mutafakkirlarimizning hayoti hamda ilmiy merosini oʻrganish, xalqaro maydonda keng targʻib qilishda katta yutuqlarga erishgan xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari, parlamentlari vakillari, xalqaro tashkilotlar xodimlari, diplomatlar, shuningdek, chet ellik atoqli arbob va olimlar ham “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan ragʻbatlantiriladi. Natijada oʻzaro hamkorligimiz yanada yuksaladi.

Ushbu davlat mukofoti mamlakatimizda buyuk muhaddis bobomiz xotirasini ulugʻlash, bebaho ilmiy merosini keng oʻrganish va hayotga tatbiq etish, ilm-fanni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu orqali ulugʻ ajdodimiz pok ruhi oldida yuzimiz yanada yorugʻ boʻladi.

Shovosil ZIYODOV,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori

Manba: “Xalq soʻzi” gazetasi 2022-yil 21-avgust, 181-son

What you can read next

АЛИ АЛ-ҚОРИЙНИНГ ҲАЁТИ ВА ИЛМИЙ-ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИ
Али ал-Қорийнинг ҳаёти ва илмий-ижодий фаолияти
“Омин”ни махфий айтишнинг фиқҳий асослари
“Омин”ни махфий айтишнинг фиқҳий асослари
Қуръон ёдлаш фазилати.
Қуръон ёдлаш фазилати.

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP