SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Имом Муслим ибн ал-Ҳажжож
01.07.2022 / Bo‘limda Maqolalar

Mavlaviy Hindistoniy hazratlarining hayot yoʻli tolibi ilmga haqiqiy ibratdir

Hazrati Muhammadjon Hoji alayhir-rahmatul Boriy 20-asr Islom olamining nodir arboblaridan va Markaziy Osiyo ilm-maʼrifat muhitining harakatlantiruvchn quchlaridan biri edilar. U zot yetuk alloma: faqih, mutarjim, mufassir, adib va mutasavvifdirlar. Zero, istibdod davrida, shuro hokimiyati tazyiqlari ostida yashab faoliyat koʻrsatdilar hamda Vatan ichida turib tafsir bitdilar.

Hazrati Imomi Aʼzam mazhabining jonfido muhofizlaridan boʻlgan Mavlaviy-Hindistoniy oʻz maʼrifatlari va zakovatlari bilan diyorimiz musulmonlari yakdilligi va hamjihatligiga, Vatan tinchligi va osoyshntaligiga ulkan hissa qoʻshib ketdilar. U zotning yetuk, sadoqatli shogirdlari hozir ham ana shu qutlugʻ gʻoyalarga xizmat qilmoqdalar.

Allomaning ilmiy-maʼrifiy merosini besh qismga boʻlish mumkin:

1. Qurʼoni karim tarjimasi va tafsiri hamda tafsir suhbatlari. Bu boʻlim «Bayonu-l-Qurʼon fiy tarjimati-l-Furqon» kitobi va davra suhbatlaridan iborat.

2. Fiqh va aqoid suhbatlari.

3. Tasavvuf suhbatlari. Bu boʻlim asosan Naqshbandiya tariqati maqomi va tasavvuf mohiyatiga oid jonli suhbatlardan iborat.

4. Adabiyot suhbatlari. Bu boʻlim asosan «Belil” va «Maqomoti Zamaxshariy» darslaridan iborat.

5. Ixtiloflarni bartaraf etish borasidagi suhbatlar. Bu boʻlim yangi chiqqan egri oqimlar borasidagi tanbih va tanqidlardan iborat. Mazkur oqimlar esa Ahli sunnat valjamoat fiqhi va aqoidini tashkil etgan mujtahid imomlar taʼlimotiga, xususan, bizning diyorlarda joriy boʻlgan Imomi Aʼzam mazhablariga ochiq va yashirin muxolafatda boʻlgan toifalardir.

Alloma Turkiston shevasidan tashqari, arab, fors-tojik, urdu tillarini puxta bilganlar.

20-asrning muhtasham siymolaridan boʻlmish mumtoz shoir va alloma Ismoilxon Faqiriy: «Alloh taolo bir kishita shuncha ilm beradi deb oʻylamagan edim», deb eʼtirof etganlar.

Ismlari Muhammadjon Hoji Mullo Rustam oʻgʻillaridir. Otalari Ramazon oyida, tarovixda xatmi Quron qilgan Muhammadjon ismli qoriy yigitga havas qilib, «Xudo oʻgʻil bersa, ismini Muhammadjon qoʻyib, qoriy qilaman» deb niyat qiladilar, soʻng shu muborak nomni qoʻyadilar.

U zot “Hazrati Mavlaviy”, “Hoji Qoriy”, “Hoji Domullo”, Hindistonda taʼlim olganlari bois “Hoji Hindistoniy”, “Mavlaviy-Hindstoniy” hamda tugʻilgan vatanlariga nisbatan “Qoʻqandiy” degan nomlar bilan mashhur boʻlganlar. “Mavlaviy” – u zotning maʼno olamidagi martabalariga ishoradir.

Otalari Mullo Rustam Qoʻqon va Samarkand madrasalarida ilm olgan faqih edilar.

Hijriy 1310, milodiy 1892 yilda Qoʻqon muzofotiga qarashli, Xoja Muhammad Valiy qabristoniga yaqin Chorbogʻ qishlogʻida tugʻilib oʻsganlar.

Taqdir taqozosi bilan, Qoʻqon va Shoximardondan tashqari, yana Toshkent, Ohangaron, Buxoro, Termiz, Qarshi, Afgonistonda – Balx, Kobul, Mozori Sharif, Jalolobod, Hindistonda – Ajmir, Kashmir, Bombey, Arabistonda — Jidda, Makkai mukarrama, Madinai munavvara, Pokistonda — Peshovar, Qozogʻistonda — Semipalatinsk, Belorussiyada — Minsk, Ros-iyada – Sverdlovsk, Moskva, Dule, Smolensk, Novosibirsk, Marinsk, Kemerovo kabi shaharlarida kezib chiqqanlar.

Oxiri Dushanbe shahrida yashab, 99 yoshda vafot etdilar. Kabrlari hazrati Mavlono Yaʼqub Charxiy maqbaralari yonidadir.

Boshlangʻich islomiy taʼlimni otalar huzurida olib, «Farzi ayn”, «Fiqhi Кайдоний» va «Muxtasar”dan «Nikoh kitobi”gacha oʻqib oʻrgandilar.

8 yoshlarida otalari Muhammmadjonni Jalobir qishlogʻidan boʻlgan Muhammad Amin qoriga topshirdilar. U zot huzurida «Haftiyak”ni tamomladilar.

Toshbolta domla huzurida 4 yil Qurʼon oʻrgandilar. Keyin Qoʻqonda Zikriyo qoriy huzurida 2 yil oʻqib, 14 yoshda Qurʼonni yod odilar.

Soʻng Mullo Eshonqul domla huzurida sarf va nahv ilmlarini oʻrganib, «Mingoyim” madrasasida «Sharhi Mullo Jomiy”, yaʼni «Kofiya” sharhini oʻqiy boshladilar.

Taxminan 16 yoshda Shohimardonda taʼlim oldilar.

Shundan soʻng Buxoroi sharifda, Eshoni Saraxsiy xonaqohlarida Eshoni Xudoyberdi Xalifa huzurlarida «Marfuʼot», «Mansubot”ni («Kofiya”ning arab tili qoidalariga oid baʼzi boʻlimlari) oʻrganib, «Sharhi Mullo» ni tugatdilar.

Balx shahrida, Mozori Sharifda ham ustozlardan dars olib, ham boshqalarga taʼlim berib yurdilar.

Hazrati Mavlaviyning hayot yoʻllarida ikki benazir siymoning taʼsirlari alohida boʻldi.

Birinchisi – eng ulugʻ ustozlari Qozi Mirmuhammad Gʻavs ibn Mirmuhammad Aʼlam ibn Mirmuhammad Aziz Sayyidzoda edilar. Bu zoti tarif «Umdatur-riʼoya» nomli mashhur fiqh kitobi va boshqa tasniflar mualifi boʻlmish hazrati Mavlono Abdulhay Lakhnaviyning shogirdi edilar. Ikkinchilari, zamon qutblaridan boʻlmish valiy zot Mullo Faqirdirlar.

Qozi Mirmuhammad Gʻavs taʼlimlari Muhammadjon Mavlaviyning ilmiy-maʼrifiy hayotlarida tub burilish yasadi. Chunonchi, oʻzlari «Tarjimai hol”da aytadilar: «Mening bu oʻqushum endi boshqacha erdi… Dars nima ekaniga endi tushundim».

Bu ilm lazzatini tottan uygʻoq qalbning eʼtirofidir.

Qozi domla qayga ketsalar, Muhammadjonni olib borar edilar. Buxoro, Qarshi, Toshkent, Kobul, Jalolobod shaharlarida birga boʻldilar.

Hazrati Mavlaviy Hindistoniy Ilm yoʻlida oʻzlari kata mashaqqatlarni kechib oʻtgan holda Alloh taoloning dinini oʻrganishga harakat qildilar. XX asrda tolibi ilm va ahli ilmlarga bu ilmlarni tarqatish yoʻlida ulkan va mashaqqatli xizmatni qildilar va ulkan ilmiy meros qoldirdilar. Bugungi kunda tolibi ilmlar ham ana shu merosga munosib ilm yoʻlidan yurishlari lozim boʻladi.

Bitiruvchi kurs talabasi Abdunazarov Abdulaziz

What you can read next

ЎЗГАРИШЛАР, ТАШАББУСЛАР МЕНИ ОНА ВАТАНИМГА ҚАЙТИШГА УНДАМОҚДА
Ўзгаришлар, ташаббуслар мени она ватанимга қайтишга ундамоқда
Zulmatdan nurgacha 2-qism Rasulullohning ota-onalari
Zulmatdan nurgacha 2-qism Rasulullohning ota-onalari
Шарафли ва масъулиятли сафар
Шарафли ва масъулиятли сафар

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP