SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Фақат саҳиҳ ҳадисга амал қилиш керакми?!
29.06.2022 / Bo‘limda Maqolalar

Hanafiy mazhabida hadisi sharifning ahamiyati

Islomdagi ahli sunnat va jamoat taʼlimotiga ergashuvchi amaldagi toʻrt mazhab – hanafiylik, molikiylik, shofeʼiylik va hanbaliylikning har birining asosini Qurʼoni karim va hadisi shariflar tashkil qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hadisi shariflari har bir mazhab fiqhiga asosiy manba boʻlib xizmat qiladi. Ulardan hech biri hadisi sharifdan tashqari chiqmaydi, hadisi sharif turganda, oʻz raʼylari va oʻz fikrlarini ilgari surishmaydi. Bu, ayniqsa, hanafiylik mazhabida yoqqol oʻz ifodasini topgan. Biroq, afsuski, Imomi Aʼzam Abu Hanifa rahimahulloh oʻzlarining shogirdlari bilan birga hanafiylik mazhabini taʼsis qila boshlagan davrdan buyon to hozirgi kunlarimizgacha ushbu mazhab ahliga “ahli raʼy” degan tamgʻa bosilib keladi. Bu, asosan, salbiy maʼnoda ishlatiladi. Yaʼni, din va mazhab dushmanlari: “Ushbu mazhab vakillari oʻz fikrlarini oyat va hadisdan ustun qoʻyadilar; ular hadis turganda, uni olmasdan, oʻz raʼy-fikrlariga ergashadilar; hadisni olmasdan Imomi Aʼzamning gapini oladilar”, deganga oʻxshash botil, puch, bekor, tuhmat va boʻhtonni aytib keladilar.

Hanafiylik mazhabida zaif hadis turganda qiyosga, raʼyga oʻrin yoʻq, zaif hadisga amal qilinadi. Bu hanafiy mazhabining boshqa mazhablardan koʻra ustunligini koʻrsatadi. Ular qanchalik hadisga amal qilishni daʼvo qilsalar ham, biror bir masalaga zaif hadisdan boshqa dalil boʻlmasa, unga amal qilmasdan oʻz raʼy-fikrlariga koʻra qiyos qilib hukm chiqaradilar. Hanafiylikda esa undoq emas. Biror bir masalaga zaif hadisdan boshqa dalil boʻlmagan taqdirda, zaif hadisga amal qilinadi, raʼy-fikrga suyanib qiyos qilinmaydi. Xullas, hanafiylikda zaif hadis barcha turlari bilan mujtahidning yoki biror bir faqihning gapidan ustun hisoblanadi. Hatto, hanafiylikda sahobaning gapi qiyos va raʼydan muqaddam tutiladi!

Haqiqat shuki, bizning hanafiy mazhabida boshqa mazhablarga nisbatan hadisga ergashish ortiqroqdir, hammadan koʻra bu mazhab sohiblari hadislar maʼnosini chuqurroq va mukammalroq tushunib yetadilar. Hanafiylikning asosiy manbasi Qurʼoni karimdir. Undan soʻng hadisi shariflar eng asosiy manba hisoblanadi.

Toʻrtta mazhabning hech bir taʼsischisi hadisi sharifdan tashqari chiqmagan, hadisi sharif turganda, oʻz raʼylari va oʻz fikrlarini ilgari surishmagan. Kim ularga hadisni qoʻyib, oʻz raʼy-fikriga ergashgan desa, ularga nisbatan juda katta tuhmat va boʻhton qilgan boʻladi. Xususan, Imomi Aʼzam Abu Hanifa rahimahullohning hanafiya mazhabida hadislarga juda katta eʼtibor qaratiladi. Ular har tomonlama puxta tekshiriladi, roviylar silsilalari, matn mazmuni qayta-qayta koʻrib chiqiladi. Boshqa hadislarning roviylari va matnlari bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Bir mavzudagi bitta hadisga amal qilib ketilavermaydi, balki shu mavzudagi barcha hadislar koʻrib chiqiladi, solishtiriladi, muvofiqlashtiriladi, oʻzaro qarama-qarshi koʻringan hadislar mazmuni tekshiriladi. Hadislarning mazmuni Qurʼoni karim oyatlarining mazmuni bilan ham solishtirib chiqiladi. Hadislar zaif yoki mursal boʻlgan taqdirda, agar ulardan boshqa dalil boʻlmasa, raʼy va qiyosga ham yoʻl qoʻyilmaydi, balki ushbu hadislarga amal qilinaveradi. Shu jihatdan, hanafiylik mazhabi boshqa mazhablardan ustunlik kasb qilib turadi. Uni bilmagan kishilar shofeʼiylik yoki hanbaliylikda hadislarga amal qilinadi-yu, hanafiylar hadislarni olmaydi, deb oʻylashadi. Agar masala chuqur koʻrib chiqilsa, ularning oʻy-fikrlari aksincha boʻlib chiqadi. Shuning uchun, hanafiylikka darhol taʼna qilmasdan ular nimaga shu masalada bu hadisni olmagan-u, u hadisni olgan, degan savolga javob izlash kerak boʻladi. Umuman olganda, hanafiylik hadisni oʻz raʼy-fikrlari va qiyoslaridan ustun sanaydigan mazhab ekanini unutmaslik darkor!

Кўкалдош ўрта махсус ислом таълим муассасаси битирувчи курс талабаси Хошимов Асилхон

What you can read next

Мазҳаб ҳақида билишимиз зарур бўлган масалалар
Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам билан тавассул қилиш ва ёмғир сўраш
Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам билан тавассул қилиш ва ёмғир сўраш
Салафийлик аслида нима?
Салафийлик аслида нима?

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP