Ushbu kitob “Badul amoliy” kitobining eng moʼtabar sharhlaridan biridir. Zovul maoliy kitobi birnecha nusxada birnecha bosmahonalar birnecha dovlatlarda chop etilgan va birnecha tillarga tarjima qilngan[1].“Zavʼul-maoliy sharh Badʼul-maʼoliy”. 1884-yilda Dehlida, 1295-yilda Bombeyda, 1293-1302-1304-yillarda Istanbulda, 1319-yilda esa,, Husniy Afandining turk tilidagi tarjimasi bilan, 1379-yilda Damashqda, 1349-yilda Qohirada bir necha martalab nashr qilingan[2]. sharh “Zovul maoliy” iboralarining yеngilligi va tiniqligi, hamda bu ilmni dars olishda yangi boshlovchilarning holatiga tushunchalariga munosib kеladigan va bu soha vakillarini qoniqtiradiganligi, dalilining kuchliligi bilan birga, oʻquvchining qalbiga bu sharhni olib kirishi bilan ajralib turadi[3].
Moturidiyya mazhabi deb nomlandilekin madrasasida deb tushunamiz. Chunki aqoidda “al-Ashʼariyya” va “ Moturidiyya” bu ikki madrasa Ahli sunna val jamoa mazhabidadur. Moturidiyya maktabida taʼlim olib, ijod qilib va bu borada Alloh taolo bergan ulkan zafarlarni qoʻlga kiritgan olimlar juda koʻpdir.
Moturidiyya maktabining asoschisi haqlarida tanishib chiqamiz.Yurtimiz shuhratini dunyoga taratgan tengsiz va zabardast allomalarimizdan biri, hidoyatga boshlovchilar Imomi, eʼtiqod-kalom ilmining asoschisi va peshvosi Hazrati Shayx Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Moturidiy as-Samarqandiydur.
U kishi Samarqand yaqinidagi Moturid qishlogʻida dunyoga kelgan. Moturid aslida manbalarda aytilishicha, arabcha «Mo turid» soʻzidan olingan. Maʼnosi, «Nima demoqchisan?»dir. Aytishlaricha, Shayx Abu Mansur al-Moturudiy kalom ilmiga ruju’ qoʻygan paytida shogirtlari koʻpayib ketgan va ular oʻzaro bahs qilganlarida, bir-birlariga arab tilida koʻpincha «Mo turid» deb murojaat qilganlar. Shu soʻz koʻpchilik qulogʻiga tez-tez chalinavergach, Shayx shogirtlarini moturidiylar, qishloq nomini esa Moturid deb atay boshlaganlar.
Islom olamida “Imamul huda” (Haq yoʻlida hidoyatga boshlovchi Imom), “Imomul mutakallimin” (kalom olimlarining Imomi), “Raisul ahlus sunna” (ahli sunna va jamoati raisi) va “al-mutakallim as-Samarqandiy” (Samarqandlik kalom ilmi Imomi) kabi sharafli nomlar ila sarafroz etilib, mashhuru manzur boʻlgan Imom Abu Mansur al-Moturidiy ilmda, islomda, shariatu ehyoda va sunnati soniyada nihoyatda beqiyos xizmatlari uchun ham katta shuhrat qozonganlar.
Oʻtgan tarixnavislar ul zotning naslu-nasablarini ansoriylardan biri, yaʼni Hazrati Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning Madina shahriga hijratlari vaqtida, ul zoti sharifni ilk mehmon qilgan Abu Ayub Xolid ibn Zayd ibn Kulayb al-Ansoriy avlodidan ekanliklarini yozishsa-da, ota-onalari va oilalari haqida hech bir maʼlumot berishmagan.
Shunday qilib, buyuk allomaning nomlari – Muhammad, kuniyalari – Abu Mansur va taxalluslari – Moturidiy (yaʼni, Moturid mavzeida tugʻilganliklari uchundir) boʻlgan.Imom Moturidiy hayotida, bizgacha etib kelgan juda oz maʼlumotlarga ishonadigan boʻlsak, uni samarqandlik zamondosh olimlardan ajratishga arzigulik bironta diqqatga sazovor voqea sodir boʻlmagan. Xech bir maʼlumot uning biron-bir ijtimoiy lavozim egasi boʻlgani yoki keng shuhrat topgani, koʻproq tarafdorlarga ega boʻlgani yoki boʻlmasa, Buxorodagi Somoniylar saroyi bilan qandaydir aloqasi boʻlganiga ishora qilmaydi. Boshqa ilohiyotchilarda, masalan, al-Ashʼariyda boʻlganidek, bir necha fojiyaviy shaklda kechgan holda tubdan oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin boʻlgan ichki ruhiy kechinmalar haqida ham biron-bir manbada maʼlumot uchramaydi. Aksincha, al-Moturudiy mashhur boʻlgandan soʻng, u haqda hikoya qilib bermoqchi boʻlgan shaxs har gal uning hayotidan biron bir tilga olishga arzigulik maʼlumot topa olmagani hamda favqulodda bir narsa aytib bera olmaganidan biroz sarosimaga tushib qolar edi.
Imomning tugʻilish sanalari va ustozlari borasida baʼzi chalkashliklar ham mavjuddir.
Aksariyat tarixchilar Moturidiyning 333 (mil. 944) yilda vafot etganliklari haqida yagona fikrga egadurlar. Shunga qaramay, baʼzi Ovrupo tarixnavislari Imomni 941 yilda vafot etgan deyishsa, mashhur turk olimi Tosh Koʻprizoda esa Moturidiyni 336 (947) yilda vafot etgan, deb fikr bildirgan. Shu bilan birga, baʼzan 935 yilda yoki 945 yilda vafot etgan, deyuvchilar ham uchraydi.
Shuni alohida eʼtirof etish joizkim, hozirgi davrimizga kelib buyuk Imomning vafot etgan sanalari 333 (944) ekanligini barcha ilm ahli eʼtirof etgandir.Keyingi davr manbalarida, jumladan “Islom” qomusida, Ovrupolik mashhur islomshunoslardan G.E. fon Gryunebaum asarida Moturidiy 870 yilda tugʻilgan va 944 yilda vafot etgan, degan fikrlarini yurtimiz tarixchilari haqiqatga yaqin deb hisoblaydilar. Chunki “Islom” qomusi hamda Ovrupo olimlari oʻzlarida mavjud va bizdan tashib ketilgan juda noyob qoʻlyozma kitoblardan foydalanganliklari maʼlumdir.Shuning uchun ham Imomning tugʻilishlariga 870 – yilni etalon sifatida belgilandi.
Imom Moturidiy hayotlariga oid barcha maʼlum manbalarning dalolat berishicha, ul zot Imom Aʼzam – Abu Hanifa mazhabi zanjiridagi eng yuqori turgan allomalardan tahsil va ijozat olgan. Uning fiqhshunoslik va ilmi kalomda muqim shakllanishida Samarqandda yashayotgan oʻsha zamonning zabardast faqihlaridan Muhammad ibn Fazl Balxiyning taʼsiri benihoya katta boʻlgan. U kishi Balx shahrida tavallud topgan. Baʼzi sabablarga koʻra, Balxdan ketishga majbur boʻlgan Muhammad ibn Fazl Balxiy Samarqandga kelib faoliyat koʻrsata boshlaydi. Uning eng mashhur shogirdlari sirasiga islom olamidagi Kalom ilmining asoschisi boʻlmish Imom Abu Mansur al-Moturidiy va ilmi hikmatning zabardast allomasi Imom Abul Qosim as-Samarqandiylar kiradi.
Zamon allomasi Muhammad ibn Fazl Balxiy 319 (931) yilda Samarqandda vafot etadi va Poyqoboq darvozasi yaqinida, Hazrati SHohizinda – Qusam ibn Abbosning yaqin yoronlaridan boʻlmish Muhammad Sangrasonning qabri yaqinida dafn etilgan. Tarixiy manbalar boʻyicha, ul zotning tariqiy (yaʼni tariqatdagi ustozlari) silsilasi quyidagicha: Balxiyning silsilasi Ahmad Xizroʻyga (vaf. 854) borib etadi; u esa Hotim Asamning (vaf. 852) shogirdi; u esa oʻz navbatida SHaqiqi Balxiyning; u esa Ibrohim Adhamning shogirdi edi.
Al-Kavofiy oʻzining “Kitabi aʼlom ul ahyor” asarida Imom al-Moturidiyning Abu Nasr al-Iyoziydan ijozat olganligini va Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniydan fiqh ilmini oʻqiganligini, u zot esa Abu Sulaymon al-Juzjoniydan, u esa Imom Muhammad ash-SHayboniydan, u esa buyuk allomalar ustozi va mazhab asoschisi Abu Hanifa – Imomi Aʼzam (rahmatullohi alayh)dan fiqh tahsili olganligini yozadi. SHunisi ibratomuzkim, Abu Nasr al-Iyoziy Imom al-Moturidiyning ustozi boʻlishiga qaramasdan, u bilan birgalikda Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniyning majlisiga qatnab hamsabaqlik qilgani kabi, keyinroq Imom Abul Qosim al-Hakim as-Samarqandiy ham Imom al-Moturidiyni ustoz bilgani holda u bilan birga Raboti Foziyon masjid-madrasasiga Balxiyning majlisiga qatnab hamsabaqlik qilar hamda xalqai tadrisida birgalikda ijozat olishgan ham edilar.
Hozirgi davrning koʻpchilik olimlari Imom al-Moturidiyning ona yurti Samarqanddan bir qadam ham oʻzga yurtlarga, xorijga chiqmagan va oʻz asarlarini faqat Samarqandda turibgina yozgan, deb daʼvo qilishmoqda. Yoʻq, bul zot ham boshqa ulugʻ allomalarkabi islom yurtlariga safar qilganlar; Haj va buyuk ustozlar ziyoratida boʻlganlar. CHunki, bir buyuk ilmni boshlashdan oldin Makkaga – hajga, Madinaga – Rasululloh ravzalarining ziyoratiga, SHomu Iroqdagi Imom Aʼzam hamda boshqa buyuk ustozlarning ziyoratlariga borib Allohdan madad va ulugʻ ustozlardan ruhoniyatli ijozat soʻraganliklari aniqdir. Zerokim, oʻzlarining huquqshunoslik, kalomshunoslik, tafsir va hadisshunosliklarga doir yozilgan ulugʻ asarlarida, masalan hajga doir masalalarni oʻzlari hajni ado etmasdan turib sharʼiy hukm chiqarishlarini tasavvur qilish qiyindir. Demak, Imom al-Moturidiy albatta hajga borganlar, shu bilan birga boshqa yurtlarga ham safar qilganlar. SHuning uchun ham yuqoridagi arkonlar haqida mukammal hukmlar chiqarishga haqlari boʻlgan.
Buyuk Imom Abu Mansur al-Moturidiy mashhur shogirdlarni etishtirganliklari bilan ham mashhurki, ularning barchasi Imomlik darajasiga musharraf boʻlishgandir:
1. 342 (953) yilda vafot etgan, ismi va ilmi ila dovrugʻ taratgan Ilmi hikmat asoschisi Imom Abul Qosim Ishoq bin Muhammad al-Hakim as-Samarqandiy;
2. 350 (961) yilda vafot etgan, ilmi fiqh va kalomning buyuk allomalaridan biri boʻlgan Imom Abul Hasan Ali ibn Saʼid ar-Rastugʻfoniy;
3. 390 (999) yilda vafot etgan Imom Abu Muhammad Abdulkarim ibn Muso ar-Pazdaviy;
4. 374 (985) yilda vafot etgan va Imom al-Moturidiydan keyin “Imamul -ilmul huda” (yaʼni, “hidoyatga boshlovchi olimlar Imomi”) sharafli unvonini olgan boshqa alloma Imom Abu Lays Nasr bin Muhammad as-Samarqandiy;
5. Abu Ismat ibn Abu Lays al-Buxoriy.
Hazrati Imom al-Moturidiyning ushbu shogirdlaridan tashqari yana oʻnlab salohiyatli izdoshlari ham boʻlishgan.
Iroqdagi Imom al-Ashʼariyning kalom ilmi maktabining mashhur boʻlishiga Imom al-Fazzoliy, Imom al-Boqiloniy, Imom ash-SHahristoniylar qanday ijobiy rol oʻynagan boʻlsalar, Samarqanddagi Imom al-Moturidiyning kalom ilmi maktablarini mashhuru manzur boʻlishiga Imom Abul Qosim as-Samarqandiy (vaf. 953), Imom Abu Muʼin an-Nasafiy (1027-1114), Abu Hafs an-Nasafiy (vaf. 1142), alloma Saʼduddin at-Taftazoniy (1322-1389)lar ham shunday ijobiy rol oʻynagandurlar.
Kitobat sohasida Imom al-Moturidiy aqidalarini bayoni va sharhi sifatida Abul Qosim al-Hakim as-Samarqandiyning “Al-Eʼtiqod”, Abu Muʼin an-Nasafiyning “Tabsirat ad-dilla” va “Bahrul kalom”, Abu Hafs Najmiddin Umar an-Nasafiyning “Aqoid an-Nasafiy”, alloma Saʼduddin at-Taftazoniyning “SHarhul aqoid an-Nasafiy” asarlari oltin silsila tariqasida birin-ketin yozilib, Moturidiya raviyalarini keng tarqalishiga, rivojlanishiga oʻzlarining buyuk hissalarini qoʻshadilar. Bular qatori “Zovʼul maoliy ” kitobi ham oʻz oʻrniga ega. Kitob o’;ziga hos shaklda yozilgan. Ushbu asar tasnif qilinishida alohida ihtimom bilan tasnif qilingan. Musannif rahimahulloh Fiqhul akbarning sharhi choʻzilib ketgani uchun ushbu sharhni loʻnda qilib yozganlar. Lekin maʼnolarni toʻgʻri fahmlashga yordam beruvchi manba’ hisoblanadi.
“KOʻKALDOSH” oʻrta maxsusislom bilim
muassasasi 402-guruh talabasi
Boyxonov Abdushukur
[1] 2-ilovaga qarang.
[2] Fusulul himma Ali Qori.. – Bayrut: Dorul-kutub al-islomiy, 1990. – B. 23.
[3] 3-ilovaga qarang.






