SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
01.11.2021 / Bo‘limda Maqolalar

Anas Ibn Molik Ansoriy

Anas Ibn Molikning onalari u zotga shahodat kalimalarini oʻrgatganlarida Anas Ibn Molikning umrlarining atirguli gul davri boshlangan. U zotning qalblari Nabiy Sollallohu Alayhi Vasallamning Muhammad Ibn Abdullohning muhabbati bilan anashunda toʻlgan.

Anas Ibn Molik Yasribga boradilar. Chunki Nabiy Sollallohu Alayhi Vasallam va u zotning sahobalari Yasrib yonida ekanliklarini xabari ularga yetadi. Anashunda Anas Roziyallohu Anhu Rasululloh Sollallohu Alayhi Vasallamni kutib turgan yosh bolalar bilan birga Rasulullohning iqbollariga chiqishadi. Bir quyoshli charogʻon kunda insonlar Muhammad Sollalohu Alayhi Vasallam va ularning doʻstlari Madinaga yaqin kelishibdi, deb xitob qilishadi va hamma ular keladigan yoʻlga koʻz tikib, ularga mushtoq boʻladi.

Yosh bolalar Rasulullohni kutib eng oldingi saflarda turishadi. Manashu oldingi saflarda Anas Ibn Molik Ansoriy ham boʻladilar. Rasululloh Sollallohu Alayhi Vasallam oʻzlarining sohiblari Siddiq Roziyallohu Anhu bilan kelishadi va koʻp bolalar va kishilar orasidan oʻtib borishadi. Rasululloh Sollallohu Alayhi Vasallam Madinaga kelganlariga koʻp boʻlmasdan, Gʻumayso yaʼni Anas Roziyallohu Anhuning onalari oʻzlarining kichik farzandlari Anasni olib keladilar va Rasulullohga salom berib aytadilarki: » Ey Allohning Rasuli biror bir kishi qolmadi yoki biror bir ayol qolmadiki hamma sizga tuxfa berdi. Men esa mana shu oʻgʻlimdan boshqa sizga tuxfa qiladigan narsa topa olmadim. Uni oling va u sizga siz istagan mudatgacha xizmat qilsin Anas oʻgʻlim» deydilar.

Rasululloh Sollallohu Alayhi Vasallam xursand boʻlib bolani qabul qiladilar. Uning boshini oʻzlarining sharafli qoʻllari bilan silaydilar va oʻz oilalariga Anas Ibn Molikni qabul qiladilar. Anas Ibn Molik Nabiy Sollallohu Alayhi Vasallamning xizmatlari bilan baxtga, quvonchga toʻlgan kunda 10 yoshda boʻladi va shu bilan Anas Roziyallohu Anhu Nabiy Sollallohu Alayhi Vasallam to Rafiq-ul Aʼloga rihlat qilgunlaricha u zotning bagʻirlarida, rioyalarida yashaydi. Rasululloh bilan Anas Roziyallohu Anhu toʻliq 10 yilni oʻtkazadilar. Unda Rasulullohning hidoyat chashmalaridan nafslarini poklaydigan darajada nasibaga ega boʻladilar. U zotning hadislari bilan qalblarini toʻldiradilar. U zotning ahvollarini, xabarlarini, sir-asrorlarini va shamoyillarini Anas Roziyallohu Anhuchalik hechkim bilmaydi. Anas Ibn Molik Rasululloh Sollallohu Alayhi Vasallamning oliyjanob muomalalariga guvoh boʻladilar.

U zotning oliyjanob xulqlaridan bahramand boʻladilar. Anas Roziyallohu Anhu oʻzlari aytadilarki Rasululloh Sollallohu Alayhi Vasallamdan koʻra xulqi goʻzalroq odam yoʻqdir. U zot insonlarning eng xulqi goʻzalidirlar. Eng bagʻrikengidirlar. Eng mehribonidirlar.

 Rasululloh bir kuni meni bir yumushga yubordilar. Men chiqdim. Keyin koʻchada oʻynab yurgan bolalarni koʻrib ular bilan oʻynab kettim. Rasululloh aytgan ishlarini esa qilmadim. Men bolalar bilan oʻynab yurgan paytimda bir inson ortimda turganini, kiyimimdan ushlaganini sezdim. Keyin oʻgirilib qaradim. Qarasam Rasululloh tabassum qilib turibdilar va aytadilarki: «Ey Anascha men senga buyurgan joyga bordingmi?» dedilar. » Ha men endi ketyapman ey Allohning Rasuli» dedim. Allohga qasamki u zotga 10 yil xizmat qildim. Menga biror qilgan ishim uchun «nimaga bunday qilding» qilmagan ishim uchun esa «nimaga bunday qilmading» deb urushmadilar.

Rasululloh Sollallohu Alayhi Vasallam Anas Roziyallohu Anhuni chaqirsalar ularga erkalab Unays deb yoki oʻgʻilcham der edilar. Rasululloh Sollallohu Alayhi Vasallam Anas Roziyallohu Anhuga koʻp nasihatlar qilganlar. Shulardan biri: «Ey oʻgʻilcham. Agar qalbingdan biror bir insonga gʻilla-gʻashlik boʻlmagan holda tong ottirishga, kech qilishga qodir boʻlsang shunday qilgin. Ey oʻgʻilcham. Albatta bu sunnatimdir. Kim sunnatimni tiriltirsa, batahqiq, meni yaxshi koʻribdi. Kim meni yaxshi koʻrsa men bilan jannatda birgadir. Ey oʻgʻilcham. Ahlingga kirsang salom bergin. Senga va ahlibaytinga baraka boʻladi» deganlar.

Anas Roziyallohu Anhu Rasulullohning vafotlaridan keyin ham 80 yildan koʻp umr koʻrdilar. Anas Ibn Molik Roziyallohu Anhu to oʻlgunlaricha Rasulullohni eslab, u zotni zikrlari, u zotni eslab hayotdan koʻz yumdilar.

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti

401 guruh talabasi Abdumavlonov Abdulloh

What you can read next

ҚОЗИЛАРНИНГ ҚОЗИСИ
Қозиларнинг қозиси
МУСИБАТГА САБР ҚИЛИШ МЎЪМИНЛИК БЕЛГИСИ
Мусибатга сабр қилиш мўъминлик белгиси (давоми)
ИФТОРЛИК ПАЙТИДА СУННАТ БЎЛГАН АМАЛЛАР
Ифторлик пайтида суннат бўлган амаллар

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP