Alloh taologa hamdlar, paygʻambarlariga salomlar boʻlsin.
Hech shak shubha yoʻqki, arab tili dinimizning ajralmas qismidir. Shuning uchun olimlarimiz shariat ahli uchun bu tilni bilish zarur, deb hisoblashgan. Quyida ularning kitoblaridan gaplarini zikr qilamiz:
Imom Faxruddin ar-Roziy aytganlar: “Shariatimizni bilish manbasi Qurʼon va xabarlar (hadislar) boʻlib, ular arablarning tili, nahv va sarf qoidalariga koʻra kelgan, shuning uchun shariatimizni bilish ushbu ilmlarni bilishga bogʻliq. Mutloq vojib amalni tamom qiladigan amal mukallaf qudratida boʻlsa, vojibdir.”[1]
Shayx Ahmad al-Harroniy aytganlar: “Shuni bilish lozimki arab tiliga odatlanish aql, xulq va dinga kuchli ravshan taʼsir oʻtkazadi. Hamda sahoba va tobeinlardan iborat bu ummatning boshiga oʻxshashlikka ham taʼsir qiladi. Va ularga oʻxshashlik esa aql, din va xulqni ziyoda qiladi.
Shuningdek arab tilini oʻzi ham dindandir va uni bilish vojib farzdir, zero Kitob va Sunnatni tushunish farzdir, bularni tushunish esa faqatgina arab tilini bilish bilan boʻladi. Vojib amal faqatgina u bilan tamom boʻladigan narsa vojibdir. Bundan soʻng arab tilini oʻrganish farzi ayn va farzi kifoya qismlariga boʻlinadi.
Va bu narsa Abu Bakr ibn Abi Shayba rivoyat qilgan quyidagi hadisni maʼnosidir:
Bizga Isa ibn Yunus Savrdan, u kishi Umar ibn Zayddan rivoyat qildi, aytdi: Umar roziyallohu anhu Abu Musa Ashʼariy roziyallohu anhuga yozdi:
“Ammo baʼd, sunnatni oʻrganinglar, arab tilini oʻrganilar va Qurʼonni eʼrob qilinglar, chunki u arabiydir.”
Umar roziyallohu anhudan boshqa bir hadisda, shunday degan:
“Arab tilini oʻrganinglar, chunki u diningizdandir va faroizni oʻrganinglar, chunki u diningizdandir.”
Umar roziyallohu anhu arab tilini va shariatni oʻrganish borasidagi ushbu buyruqlari dinda barcha lozim boʻlgan narsalarni oʻz ichiga oladi. Chunki din soʻzlar va amallardan iborat. Arab tilini bilish uning soʻzlarini bilish yoʻlidir. Sunnatni bilish uning amallarini bilishdir.”[2]
“Qurʼon va Hadisning tafsiri uchun Alloh va Rosulinig murodiga dalolat qiluvchi lafzlarni va soʻzini qanday tushunishlikni bilish lozim. Biz xitob qilingan arab tilini bilish esa Alloh va Rosulining soʻzidan murod nima ekanligini bilishga yordam beradi. Lafzlarni maʼnolarga dalolatini bilish ham Xuddi shundaydir. Chunki bidʼat ahlining aksariyat adashishlari arab tilini bilmaslik sababidan boʻlgan. Chunonchi ular Alloh va Rosulining soʻzini oʻzlari iddao qilgan maʼnolarga nisbat berishdi, vaholanki bu maʼnolarga dalolat qilmas edi.”[3]
Imom Kisoiy aytganlar: “Kim nahvni chuqur oʻrgansa, barcha ilmlarga yoʻl topadi.”[4]
“Fiqhda biror masala borasida soʻralsam, unga nahv qoidalaridan javob beraman.”[5]
Alloma Ibn Jinniy aytganlar: “Shariat ahlidan haqdan adashgan hamda toʻgʻri yoʻldan ogʻishganlarning aksariyatini bu karamli, sharafli tilni bilishda zaifligi yoʻldan urdi va igʻvo qildi.”[6]
Imom Mujahid aytadi: “Alloh va oxiratga iymon keltirgan biror kishiga arablarning lugʻatlarini bilmasdan Allohning kitobi borasida gapirish halol boʻlmaydi.”[7]
Imom Ibn Hazm al-Andalusiy aytadi: “Faqih Alloh taoloning va Nabiy sollallohu alayhi va sallamning soʻzini tushunish uchun arab lugʻatini bilishi lozimdir. Hamda Qurʼon u bilan nozil boʻlgan arablarning jumlasining tartibi boʻlgan, harakatlarning oʻzgarishi va lafzlarning tuzilishi orqali ifodalanadigan jumla maʼnolarini bildiruvchi nahv ilmini ham bilishi shart. Kimki muayyan narsalarga dalolat qiluvchi lafzlar boʻlgan lugʻatni hamda maʼnolar oʻzgarishiga dalolat qiluvchi harakatlar oʻzgarishining ilmi boʻlgan nahvni bilmasa, Alloh taolo va Nabiyimiz alayhissalom bizga xitob qilgan tilni bilmaydi. Kim bu tilni bilmasa din borasida fatvo berish unga harom boʻladi, chunki u bilmagan narsasi borasida fatvo bergan boʻladi.”[8]
Imom Qurtubiy oʻzining tafsirining muqaddimasida shunday deganlar: “Eʼrob va gʻarib soʻzlarni bilish mufassirning kamolidandir. Chunki bu narsa qiroat qilayotgan narsasini bilishni oson qiladi va tilovat qilayotgan narsasida shakni ketkazadi. Abu Jaʼfar at-Tobariy shunday degan: Al-Jarmiyni: “Men oʻttiz yildan beri odamlarga Sibavayhning kitobidan fiqhda fatvo beraman”, – deganini eshitdim. Muhammad ibn Yazid aytadi: Buning sababi shundaki, Abu Umar al-Jarmiy hadis sohibi edi, qachonki Sibavayhning kitobini oʻqigach, hadisda faqih boʻldi, chunki Sibavayning kitobidan nazar (yaʼni fiqh) va tafsir ham oʻrganilar edi.”[9]
[1] Al-Mahsul fi Ilmi Usul il-Fiqh – Imom Faxr ud-Din ar-Roziy – Bayrut, Muassasat ur-Risalah 1/203
[2] Iqtizo us-Sirot il-Mustaqim – Shayx Ahmad ibn Abdul Halim al-Harroniy – Riyoz, Dar Ishbiliya, 1998-yil – 2-nashr 2/527 – 528
[3] Kitab ul-Iyman – Shayx Ahmad ibn Abdul Halim al-Harroniy – Bayrut, Al-Maktab ul-Islamiy, 1996-yil – 5-nashr 97
[4] Shazarot uz-Zahab fi Axbari Man Zahab – Ibn ul-Imad al-Hanbaliy – Bayrut, Dar Ibn Kasir, 1986-yil – 1-nashr 2/407
[5] Shazarot uz-Zahab fi Axbari Man Zahab – Ibn ul-Imad al-Hanbaliy – Bayrut, Dar Ibn Kasir, 1986-yil – 1-nashr 2/407
[6] Al-Xosois – Abul-Fath Usman ibn Jinniy – Misr, Al-Maktabat ul-Ilmiyyah, 1952-yil – 1-nashr 3/245
[7] Al-Burhan fi Ulum il-Qurʼan- Imom Badr ud-Din az-Zarkashiy – Qohira, Maktabatu Dar it-Turos, 1952-yil – 1-nashr 1/292
[8] Al-Ihkam fi Usul il-Ahkam – Imom Ibn Hazm al-Andalusiy – Bayrut, Dar ul-Afaq il-Jadidah, 1983-yil – 1-nashr 2/5
[9] Al-Jami’ li Ahkam il-Qurʼan – Imom Muhammad ibn Ahmad al-Qurtubiy – Bayrut, Muassasat ur-Risalah, 2006-yil – 1-nashr 1/39
4-курс талабаси Фозилов Юнусжон





