SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
13.11.2026 / Bo‘limda Maqolalar

Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

Muallim ham, ilm örganuvçi ham imkon qadar öziga zarur kitoblarni qölga kiritişga eʼtibor berişi kerak. Çunki kitob – ilmni egallaş vositasi va undan voz keçib bölmaydigan muhim omildir.

Kitoblar “dunyodagi eng yaxşi suhbatdoşlar” deb atalgan. Çunki kitob mutolaasi insonning ğam-taşvişlarini va xayolga keladigan turli fikrlarni yengillaştiradi.

Şu sababli olim ham, ilm örganuvçi ham kitoblarni asraşi va ularga odob bilan munosabatda bölişi lozim. Axir kim dur-u yoqut kabi qimmatbaho narsalarning yöqolib, zoye bölişiga rozi böladi? Kitoblar esa bunday qimmatbaho narsalardan ham azizroq va qadrliroqdir.

Bu kitob uning öz mulki böladimi, qarzga olinganmi yoki biror universitetdagi vaqf kitobimi – farqi yöq.

Imom Badr ibn Jamoa “Tazkirat as-somiʼ val-mutakallim” kitobida qisqaça şunday deydi:

Kitobni daftarlar yoki boşqa narsalarni saqlaydigan sandiq örnida işlatmaslik kerak. Şuningdek, uni yostiq, yelpiğiç, suyançiq yoki tirsak tiraydigan narsa qilib olmaslik lozim. Uni qandala va boşqa haşarotlarni öldiriş uçun ham işlatmaslik kerak. Ayniqsa, bunday işni kitob varaqlarida qilişdan saqlaniş zarur, çunki qoğoz bundan köproq zarar köradi.

Kitob varağining çetini buklamaslik kerak. Varaqqa quruq çöp yoki boşqa qattiq narsa bilan belgi qöymaslik, buning uçun qoğoz yoki şunga öxşaş yumşoq narsadan foydalaniş lozim.

Kitobdan köçirayotganda yoki uni mutolaa qilayotganda yerga yoyib qöymaslik, balki ikki kitob yoki ikki narsa orasiga yoxud kitob qöyiladigan maxsus kursiga qöyiş lozim. Bu kitobning tez yirtilib ketişining oldini oladi.

Kitoblarni taxlab qöyganda ularni kursi, taxta supa yoki yoğoç ustiga qöyiş kerak. Yaxşisi, kitob bilan yer örtasida böşliq bölsin. Kitoblarni töğridan-töğri yerga qöymaslik kerak, çunki ular namlanib yoki çirib, yaroqsiz holga kelişi mumkin.

Agar kitoblar yoğoç yoki şunga öxşaş narsa ustiga qöyilsa, muqovasi yoki terisi yoğoçga işqalanib yemirilmasligi uçun ostiga yoki ustiga himoya qiluvçi biror narsa qöyiş lozim.

Kitoblarni joylaştirişda ularning ilmiy mavzusi va mualliflarining uluğligini eʼtiborga oliş lozim. Eng şarafli kitob eng yuqoriga qöyiladi, söngra qolganlari darajasiga qarab tartib bilan joylaştiriladi.

Agar kitoblar orasida Qurʼoni Karim muşafi bölsa, u eng yuqoriga qöyiladi. Undan keyin sof hadis kitoblari, masalan, Imom Muslim rahimahullohning “Sahih Muslim” kitobi; söng Qurʼoni Karim tafsiri; undan keyin hadis şarhlari; söng aqida va din asoslari; undan keyin fiqh usuli; söng fiqh; undan keyin nahv (arab tili grammatikasi) va hokazo tartibda joylaştiriladi.

Agar kitob universitet kutubxonasiga tegişli bölsa, undan ehtiyotkorlik bilan nusxa köçirişning zarari yöq. Şuningdek, uni tuzatişga haqli va malakali kişi bölsa, kitobni taʼmirlaşi ham mumkin. Buning uçun kitobga masʼul[1] kişidan ruxsat söraş yaxşi.

Agar kitob egasining ruxsati bilan undan nusxa köçirilayotgan bölsa, yozayotganda qoğozni kitob içiga qöyib yoki yozuvining ustiga bosib yozmasin. Siyohdonni kitob ustiga qöymasin, siyohga botirilgan qalamni yozuv ustidan olib ötmasin.

Şuningdek, kitob egasining ruxsatisiz uni zamonaviy nusxa köçiriş qurilmalarida köpaytirmaslik lozim[2].

“Kökaldoş” örta maxsus islom taʼlim muassasasi
“Maʼnaviyat va maʼrifat” bölimi


[1]“Kutub noziri” – kitoblarni asraydigan, nazorat qiladigan va tartibga soladigan kişi.

[2]Salafi solihlarning kitoblarga munosabati şunday edi: ular kitoblar bilan hamroh bölib, ulardan taskin topar, odamlardan esa yiroqlaşar edilar. Kitob bilan ötiriş lazzatini heç narsaga tenglaştirmas edilar. Ular ilm va maʼrifatni ziyoda qilişni Alloh taolo, musulmonlar va din oldidagi burçlari, aql va qalb uçun zavq deb bilardilar. Şu sababli ular uçun kitoblaridan ayriliş katta musibat hisoblangan, hatto ularning köpçiligining kitoblari boşiga tuşgan kulfat sababli zehni özgarib qolgan.

Hofiz Ibn Hajar “Tahzibut-tahzib” kitobida Lays ibn Saʼd rahimahullohning tarjimai holida zikr qilişiça, Abdulloh ibn Lahiʼaning kitoblari yonib ketganida, misrlik imom Lays ibn Saʼd uning musibatini yengillatiş uçun unga ming dinor yuborgan.

Olimlarning kitobdan ayrilişi bilan boğliq katta musibatlardan biri Abu Muhammad Saʼid ibn Muborak ibn ad-Dahhon an-Nahviy al-Bağdodiy (vafoti hijriy 569-yil) boşiga tuşgan. Qozi Ibn Xallikon “Vafayot al-aʼyon” kitobida uning tarjimai holida şunday yozadi: “Keyin Abu Muhammad Bağdodni tark etib, Mosulga – “Al-Javod” nomi bilan maşhur vazir Jamoluddin al-Asfahoniyning huzuriga köçdi. Vazir uni yaxşi kutib oldi, unga yaxşilik qildi va u bir muddat uning panohida yaşadi. Kitoblari esa Bağdodda qolgan edi. Öşa yili şaharni suv toşqini bosdi. U kitoblarini, agar omon qolgan bölsa, olib keliş uçun odam yubordi. Ammo ular suvga ğarq bölgan ekan. Uyining orqasida teri oşlanadigan joy bölib, u ham suv ostida qolgan va u yerdagi suv uyiga oqib kirgan edi. Şu sababli kitoblar ğarq bölişdan taşqari boşqa zarar ham körgan edi. Holbuki, u ularni töplaşga umrini sarflagan edi. Kitoblar şu holatda keltirilgaç, unga ularni xuşböy tutatqi bilan tutatib, saqlab qoliş mumkin bölgan qismini tuzatişni maslahat berişdi. U kitoblarni ladan bilan tutatdi va bu işni öttiz ritldan ortiq ladan işlatgunça davom ettirdi. Tutun boşi va közlariga taʼsir qilib, közi kasallandi va oxiri kör bölib qoldi”.

“Ladan” haqida “Lisonul-arab”da: “U “uluk” turkumidandir”, – deyilgan. Yana: “Forsça nomli dori”, – deb ham aytilgan.

Hofiz Saxoviy rahimahulloh “Fathul-muğis bi şarhi Alfiyyatil-hadis” kitobida şunday deydi: “Abu Ayyub ibn Dovud aş-Şozakuniy (vafoti hijriy 234-yil) vafotidan keyin tuşda körildi. Undan: “Alloh taolo sen bilan nima qildi?” – deb söraşdi. U: “Meni mağfirat qildi”, – dedi. “Nima sababdan?” – deyişdi. U aytdi: “Isfahon yölida ketayotgan edim, yomğir tutib qoldi. Yonimda kitoblarim bor edi, ustimda esa na tom, na boşpana bor edi. Şunda tong otib, yomğir tinguniça kitoblarimni bağrimga bosib, ularning ustiga egilib yotdim. Alloh taolo şu işim sababli meni mağfirat qildi””.

Men aytaman: kitoblar olim qalbida şunday yuksak maqom va kuçli muhabbatga ega bölsa-da, baʼzi xotinlar uçun ular kundoşdan ham oğirroq, doimiy boş oğriğidan ham azobliroq bölişi mumkin. Xatib Bağdodiy “Tarixu Bağdod” kitobida Zubayr ibn Bakkor al-Quraşiy (vafoti hijriy 256-yil) tarjimai holida şunday rivoyat qiladi: Zubayr ibn Bakkor aytadi: “Jiyanim (singlimning qizi) ahlimga – yaʼni xotinimga: “Toğam oilasi uçun eng yaxşi odam: na kundoş oladi, na çöri sotib oladi”, – dedi. Şunda xotinim: “Allohga qasamki, mana şu kitoblar menga uçta kundoşdan ham oğirroq!” – dedi”.

What you can read next

Мушорака тушунчаси ва унинг моҳияти
Мушорака тушунчаси ва унинг моҳияти
“Роббим, умматим! Роббим, умматим!
“Роббим, умматим! Роббим, умматим!
Muallimning shogirdlari oldidagi odoblari
Muallimning şogirdlari oldidagi odoblari

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

  • Tengdoş ovozi – işonç ovozi: yoş diniy xodimlar amaliyoti Kökaldoş madrasasida davom etdi

    Tengdoş ovozi – işonç ovozi: yoş diniy xodimlar amaliyoti Kökaldoş madrasasida davom etdi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP