1. Yaşirin va oşkora holatda doimo Alloh azza va jallani muroqaba qiliş, har bir işda Uluğ va Oliy Zotdan qörqiş va taqvo qiliş.
“Al-Hikam” asari sohibi şunday degan: “Agar ilmga Allohdan qörqiş hamroh bölsa, u sening foydangga. Aks holda, u sening zararinggadir”[1].
Ilm meros qilib qoldirilgan Zot – Rasululloh sollallohu alayhi vasallam insonlarning eng taqvodori va Alloh taolodan eng köp qörquvçisi edilar[2].
Ulamolar barça musulmonlar uçun örnak va namunadirlar. Hukmlarda ularga murojaat qilinadi, ular oddiy xalq uçun Alloh taoloning hujjatidirlar. Agar ulamolarning özlarida taqvo va parhezkorlik bölmasa hamda ular öz ilmlaridan naf olmasalar, boşqalarning ulardan naf olişi yanada uzoqroqdir.
Şuning uçun olimning xatosi katta sanaladi. Çunki odamlar unga ergaşgani sababli uning xatosidan köplab fasod va zararlar kelib çiqişi mumkin.
Şunday deyilgan: “Johilning xatosini johilligi yaşiradi, olimning xatosiga esa noğora çalib jar solinadi”.
2. Buyruqlarni imkon qadar mukammal va çiroyli tarzda bajariş.
3. Taqiqlangan narsalardan butunlay tiyiliş.
4. Din şiorlari va Islomning zohiriy belgilarini saqlaş. Masalan, namozlarni masjidda ado etiş, xos va avom orasida salomni yoyiş, janozalarga ergaşiş va şunga öxşaş amallar.
5. Alloh taoloning ğazabini keltiradigan, ilmni kuydiradigan, amallarni behuda qiladigan, muruvvat va insoniylikni susaytiradigan hamda musulmonlarni bezdiradigan janjal va munozaralardan uzoq böliş.
Qadr keçasi – ming oydan yaxşiroq keçaning aniq qaysi keça ekani bildirilmay qolişiga ikki kişining özaro tortişuvi sabab bölgan. Buni sayyidul-mursalin sollallohu alayhi vasallamning özlari xabar berganlar[3].
6. Şariatda kelgan gözal axloqlar, maqtalgan fazilatlar va u tavsiya qilgan yaxşi xislatlar bilan bezaniş. Jumladan: hayo, saxovat, muloyimlik, sabr, taom beriş, ğazabni yutiş, odamlarga ozor bermaslik va ularning ozorlariga sabr qiliş, boşqalarni özidan ustun qöyiş, yaxşi gumonda böliş, barça musulmonlarga nasihat qiliş va boşqa gözal axloqlar.
7. Yomon xulqlar va pastkaş işlardan uzoq böliş. Jumladan: hasad, zulm, Alloh taolo uçun bölmagan ğazab, kibr, aldov, riyo, özidan mamnun böliş, özini köz-köz qiliş, baxillik, tamaʼ, faxrlaniş, dunyo işlarida raqobatlaşiş, odamlar uçun bezaniş, qilmagan işi uçun maqtov istaş, öz nafsining ayblarini körmay, boşqalarning ayblari bilan maşğul böliş, ğiybat, çaqimçilik, tuhmat, yolğon hamda odamlarni – hatto ular martaba yoki fazilatda özidan past bölsalar ham – mensimaslik.
Şuningdek, past sanaladigan kasb-korlardan, masalan, hijoma qiliş, teri oşlaş, töquvçilik va şunga öxşaş işlardan saqlaniş.
8. Odamlar orasida şubha uyğotadigan joy va holatlardan, şuningdek, muruvvat va obröga putur yetkazadigan yoki taşqi tomondan nomaqbul körinadigan işlardan saqlaniş. Garçi bunday işning özi aslida joiz bölsa ham, u bilan şuğullaniş insonni tuhmat va gumonga duçor qilişi, obrösini esa yomon gap-sözlarga nişon qilişi mumkin.
Hadisi şarifda keladiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sofiya roziyallohu anho bilan gaplaşib turganlarida, u zotni körgan ikki kişiga: “Şoşilmanglar, bu Sofiya binti Huyaydir”, – dedilar. Söng: “Şayton inson tanasida qon yurgan joylarda yuradi. Men qalblaringizga biror şubha solib qöyişidan qörqdim”, – dedilar[4].
9. Dunyoga berilmaslik va imkon qadar undan kam foydalaniş. Çunki olim – xuddi ilm talab qiluvçi kabi – dunyoning qadrsizligi, fitnasi, tez ötkinçiligi va maşaqqatlarining köpligini eng yaxşi biladigan kişidir. Şuning uçun u dunyo taşvişlari bilan ortiqça maşğul bölmaslikka va tor hayotga sabr qilişga eng haqli kişidir.
Imom Abu Hanifa roziyallohu anhu şunday degan: “Fiqhni egallaşga barça ğam-taşvişni bir joyga jamlaş orqali yordam olinadi. Ortiqça boğliqliklarni kamaytirişga esa ehtiyoj miqdoridagi oz narsa bilan kifoyalaniş orqali yordam olinadi…”[5]
Imom Şofeʼiy roziyallohu anhu esa şunday degan: “Heç kim bu ilmni boylik va nafs ğururi bilan talab qilib, najot topmagan. Balki kim uni nafsini fido qilib, tor hayotga sabr qilib va ulamolarga xizmat qilib talab qilsa, najot topadi”[6].
10. Mazhabiy taassubdan saqlaniş. Çunki u odamlarni dindan bezdiriş, ularni ajratiş va turli guruhlarga bölib yuborişning eng katta sabablaridan biridir. Şuningdek, u axloqiy tartibsizlikning yoyilişiga va ilm ahliga nisbatan odobsizlikning kuçayişiga olib keladi. Köpinça bunday bahs va tortişuvlar mazhab tarafdorlari örtasida fitna, nizo va adovatlarga sabab bölgan. Alloh bizni taassub illatlaridan asrasin!
Taassub naqadar xunuk illat! Şunday ekan, diningiz va dunyo işlaringizni isloh qiling, bir-biringizga haqni va sabrni tavsiya qiling. Biroq bu nizo va adovatga olib bormasin.
Bu holat közguga öxşaydi: u sizga özingizdagi aybni körsatadi, keyin esa uni unutadi; sizni u bilan malomat qilmaydi, boşqalarga ham aytmaydi.
Allohning neʼmati bilan bir-biringizni yaxşi körib, birodar bölib yaşasangiz, nima bölardi? Şunda siz asalari kabi bölardingiz: u pok narsani yeydi, pok narsa çiqaradi, biror şoxga qönsa, uni sindirmaydi.
Qalblaringiz mömin birodarlaringizga nisbatan aldov, hasad, xiyonat va boşqa illatlardan xoli bölsa, qanday yaxşi bölardi!
Buning heç bölmaganda qalbga orom berişi bor, bu esa özi kifoya. Nega öz qölingiz bilan dunyo va oxiratingizni özingizga zaharga aylantirasiz?
Ogoh böling! Sizning duşmaningiz – şayton. Nega uni duşman deb bilmaysiz?
11. Dinda va hayotning barça sohalarida mötadil böliş. Mötadillik – haddan oşiş va sustkaşlik örtasidagi örta yöldir.
12. Vaqtni asraş. Vaqt insonning sarmoyasi bölib, u hamma narsadan qimmatlidir. Heç bir narsa qadr-qimmati va bahosi jihatidan vaqtga teng kelmaydi. Aqlli inson uni behuda sarflamaydi. Ilm ahli esa bu odobga rioya qilişga eng haqli kişilardir, çunki ular vaqtning asl qadrini hammadan yaxşiroq biladilar.
Salaflar va ularga ergaşgan keyingi avlod ulamolari vaqtni ğanimat biliş va uni yaxşilik bilan töldirişga eng köp eʼtibor bergan kişilar edi. Bu borada olim ham, obid ham bir xil harakat qilgan.
Mana, imomimiz Abu Yusuf roziyallohu anhu vafot etayotgan paytida ham ilm bilan maşğul bölgan. Umrining sönggi lahzasi ham ilm örganiş, örgatiş va undan foydalanişdan xoli qolmasligi uçun ilmiy masala muhokama qilgan.
Uning şogirdi qozi Ibrohim ibn al-Jarroh al-Kufiy[7] aytadi:
“Abu Yusuf rahimahulloh vafot etgan kasalligida uning huzuriga kirdim. U közlarini oçib, hajdagi ramy, yaʼni toş otiş masalasi haqida söradi:
– Ot minib otiş yaxşimi yoki piyoda turib otişmi?
Men:
– Piyoda turib otiş, – dedim.
U:
– Xato qildingiz, – dedi.
Men:
– Unda ot minib otiş, – dedim.
U yana:
– Xato qildingiz, – dedi. Söng:
– Qaysi otişdan keyin töxtaş bölsa, unda piyoda turib otiş afzal. Qaysi otişdan keyin töxtaş bölmasa, unda ot minib otiş afzal, – dedi.
Men uning huzuridan çiqdim. Hovli eşigigaça yetmasimdan, uning vafot etganini bildiruvçi yiği ovozlarini eşitdim. Uning şunday holatda ham ilmga bölgan iştiyoqidan hayron qoldim”[8].
Dovud at-Toiy[9] rahimahulloh haqida rivoyat qilinişiça, u maydalangan nonni quruq holda yutar edi[10] va: “Maydalangan nonni oğizga solib yutiş bilan nonni çaynab yeyiş orasidagi vaqtda ellik oyat öqiş mumkin”, – der edi.
Usmon al-Boqilloniy[11] esa Alloh taoloni doimo zikr qiluvçi kişi edi. U: “Iftor paytida ovqat bilan maşğul bölib zikrdan çalğiganimda, göyo ruhim çiqib ketayotgandek böladi”, – degan[12].
Umar al-Foruq roziyallohu anhu şunday deganlar: “Sizlardan birortangizni na dunyo, na oxirat işi bilan band bölmay, bekorçi holda körişni yomon köraman”[13].
Şunday ekan, vaqtni ğanimat bil va uni yaxşiliklar bilan töldirişga astoydil harakat qil. Işlaring va vaqtingni tartibga sol. Ilm örganuvçi, ilm örgatuvçi, kitob yozuvçi, mutolaa qiluvçi, tinglovçi, Qurʼon yoki boşqa foydali narsalarni öquvçi yoxud ibodat qiluvçi böl.
Buning uçun har bir narsadagi ortiqça va behuda maşğulotlarni tark et. Mazmunsiz va foydasiz majlislardan uzoq böl. Mehnatkaş, ziyrak va aqlli, vaqt qadriga yetadigan, daqiqa va lahzalarni ğanimat biladigan kişilar bilan hamroh böl.
Şuningdek, vaqtini, soat va lahzalarini asrab-avaylagan, ilmiga amal qilgan olimlarning hayoti va xabarlarini öqi. Çunki bularning barçasi senga vaqt qadrini anglatadi, uni asraşga va behuda sovurmaslikka yordam beradi.
Bu borada salaflardan rivoyat qilingan asarlar köp. Biz keltirganlar ibrat oliş va gunohdan tiyiliş uçun kifoya. Zero, marjonning böyinni öragan qismi ham kifoya qiladi[14].
13. Kam gapiriş va köp sukut saqlaş.
Bizga umuman kam gapiriş buyurilgan. Olim va ilm örganuvçi esa bunga yanada köproq rioya qilişi lozim. Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bölsa, yaxşi gapirsin yoki jim tursin”[15].
Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam Muoz roziyallohu anhu bilan bölgan uzun hadislaridan birida şunday dedilar: “Buning barçasini öz içiga olgan narsani senga aytib beraymi?”
Muoz roziyallohu anhu aytadilar: “Ha, ey Allohning Rasuli”, – dedim. Şunda u zot tillarini uşlab: “Mana buni tiyib yur”, – dedilar.
Men: “Ey Allohning Rasuli! Biz gapirgan sözlarimiz uçun ham javobgar bölamizmi?” – dedim.
U zot: “Onang seni yöqotgur, ey Muoz! Odamlarni yuzlari bilan dözaxga uloqtiradigan narsa tillarining hosilidan boşqa nima?” – dedilar[16].
Muallif aytadi: Otam, Şayx – Alloh uni Öz himoyasida asrasin va meni uning yölidan yurgizsin – “Mişkotul-masobih” darsida uşbu hadisni şarhlar ekanlar, şunday izoh bergan edilar:
““Tillarining hosili” degani – tillari bilan hosil qilgan narsalaridir: kufr, tuhmat, sökiş, ğiybat, çaqimçilik va böhton. Öroq höl-u quruqni, yaxşi-yomonni ajratmay, hammasini qanday örib taşlasa, odamlarning tillari ham xuddi şunday”.
Söng Imom Şofeʼiyning quyidagi ikki baytini misol keltirdilar:
Ey inson, tilingni asra,
u seni ilondek çaqib olmasin.
Qabristonlarda tili sabab halok bölganlar qança,
ilgari ularga röbarö kelişdan bahodirlar ham qörqar edi[17][18].
Baʼzi donişmandlar şunday degan: “Söz kişi uni aytmaguniça uning asiridir. Aytib yuborgaç esa, kişining özi öşa sözning asiriga aylanadi”.
Yana şunday deyilgan: “Sukutda salomatlikning öndan töqqiz qismi bor”.
Yana: “Sukut – hukmdorsiz haybatdir”.
Şuningdek: “Kim köp gapirsa, umrini öğirlaydi va vaqtini zoye qiladi”.
Bu mavzuga oid hadislar, sahobalar va salaflarning sözlari, qissalar, xabarlar hamda şeʼrlar juda köp bölib, ularning barçasini sanab çiqişning imkoni yöq. Biz keltirganlarimiz esa aql egalari uçun kifoyadir.
14. Taşqi körinişga eʼtibor beriş.
Olim yoki ustoz umumiy taşqi körinişiga eʼtibor berişi lozim. Çunki çiroyli va munosib köriniş unga odamlar nazarida haybat va martaba beradi, ularning közida ustozning qadrini oşiradi. Bu, şuningdek, ilmning uluğligini eʼzozlaşga ham dalolat qiladi.
Ustoz ilm örganuvçi uçun örnakdir, şogird esa köp narsada unga ergaşadi. Şu sababli ustoz doimo yaxşi va munosib körinişda bölişi kerak. Biroq bunda haddan oşiş yoki isrofga yöl qöymaslik lozim.
Çunki odamlarning nigohi unga qaratilgan böladi, şogirdlarining köngli esa unga taqlid qiliş va uni özlariga namuna qilib olişga moyil böladi.
Taşqi körinişga eʼtibor bir neça narsa orqali amalga oşadi. Abu Saʼd Abdulkarim ibn Muhammad ibn Mansur as-Samʼoniy “Adabul-imlo val-istimlo” kitobining “Imlo qiluvçining odobi” bobida şunday degan: “Imlo qiluvçi kişi dars berayotganida eng mukammal holatda va eng yaxşi ziynatda bölişi mustahabdir. Şuningdek, bundan oldin özini tayyorlab, hozir bölganlar – unga hamfikrlar ham, muxoliflar ham – oldida uni çiroyli körsatadigan işlarini tartibga keltirib olişi lozim…”. Ular quyidagilardan iborat:
a) Avvalo misvok işlatsin.
b) Tirnoqlari uzun bölsa, ularni olsin.
d) Möylovini qisqartirsin.
e) Soçining tarqoq va parişon joylarini tartibga keltirsin.
f) Imkon qadar oq kiyim kiysin.
g) Sallasini çiroyli qilib örasin.
h) Soqolini tarab, tartibga keltirsin.
i) Yonida xuşböy atir bölsa, undan foydalansin.
j) Oynaga qarasin.
k) Majlisga borayotganda yurişida vazminlik va meʼyorni saqlasin.
Muallif aytadi: Şayx otam – Allohning hidoyati soyasida u zotdan hamon bahramand bölib kelmoqdamiz – Imom Muslim ibn Hajjoj al-Quşayriyning “Sahih Muslim” kitobidan dars berayotib, “Ummus-sunna” hadisini şarhlar ekanlar, şunday degan edilar: “Ilm ahli uçun oq kiyim kiyiş mustahabdir. Çunki Jabroil alayhissalom zohiran ilm örganuvçi, botinan esa taʼlim beruvçi holida kelganlarida, kiyimlari nihoyatda oq edi”.
Zaif banda aytadi: fariştalar Allohning bandalariga eng samimiy va xolis nasihatgöy maxluqlardir. Şaytonlar esa Alloh taoloning maxluqlariga nisbatan eng makkor va eng köp aldovçi maxluqlardir.
15. Ustoz va şogird dars vazifasini tark etmasligi.
Muallim ham, ilm örganuvçi ham yengil kasallik yoki şunga öxşaş, ilm bilan şuğullanişga imkon beradigan holatlar sababli ilmiy vazifasini tark etmasligi kerak. Aksinça, ilm orqali şifo va taskin izlasin.
Şuningdek, darsni tark etişga sabab böladigan boşqa maşğulotlar – masalan, uzoqdan kelgan kişini kutib oliş yoki ziyorat qiliş, aqiqa kabi quvonçli marosimlar, tabriklaş, bemor köriş kabi işlar dars vaqtiga töğri kelmasligi kerak. Bunday işlarning barçasini dars va taʼlim vaqtidan taşqari paytda bajarsin.
Kamoliddin domla Mirzayev
«Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi
[1]“Al-Hikam al-Atoiyya”, 228-hikmat.
[2]Imom Buxoriy rahimahulloh Oişa roziyallohu anhodan 20-raqamli hadisni rivoyat qilgan. Unda Oişa roziyallohu anho aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam şunday dedilar: “Albatta, orangizdagi eng taqvodoringiz va Allohni eng yaxşi biluvçingiz – menman”.
[3]“Sahih Muslim”da Abu Saʼid al-Xudriy roziyallohu anhudan keltirilgan uzun hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam şunday deganlar: “Ey insonlar! Qadr keçasining qaysi keça ekani menga bildirildi. Men sizlarga uni xabar beriş uçun çiqqan edim. Şunda ikki kişi kelib, özaro tortişib qoldi. Ular bilan birga şayton ham bor edi. Natijada men uni (Qadr keçasini) unutdim…”
[4]Imom Buxoriy rivoyati, 2035; Imom Muslim rivoyati, 2175.
[5]Xatib Bağdodiy. “Al-Faqih val-mutafaqqih”, 827-raqam.
[6]Imom Bayhaqiy. “Manoqibuş-Şofeʼiy”.
[7]U – Ibrohim ibn al-Jarroh at-Tamimiy al-Moziniy al-Kufiy, Misrda istiqomat qilgan. Abu Yusufdan fiqh örgangan va undan “Amoliy”larni rivoyat qilgan. Abu Yusufdan rivoyat qilganlarning eng sönggisi bölgan. Vafoti: hijriy 217-yil. Qarang: “Al-Javohirul-muziyya”.
[8]Imom Saraxsiy. “Al-Mabsut”, “Manosik” kitobi, “Hajning sifati” bobi.
[9]U – Abu Sulaymon Dovud ibn Nusayr at-Toiy, Kufaning obid va zohidlaridan. Abu Hanifa rahimahullohga şogird tuşgan. Vafoti: hijriy 165 yoki 166-yil. Qarang: “Tarixul-islom”, 3695-tarjima; Ibn Saʼdning “At-Tabaqot” asari.
[10]“Yastaffu al-fatit” – maydalangan nonni quruq holda, şörva yoki şunga öxşaş narsaga ivitmasdan yeyişni anglatadi. “Al-fatit” – maydalanib, uvalanib qöyilgan narsa bölib, non yoki boşqa yegulik bölişi mumkin.
[11]U – Abu Umar Usmon ibn Iso al-Boqilloniy, Bağdod ahlidan. Zohid, ibodatga berilgan va uzlatni yaxşi köruvçi kişi edi. U: “Menga eng sevimli odam – menga salom bermagan kişidir. Çunki uning salomi meni zikrdan çalğitadi”, – der edi. Vafoti: hijriy 402-yil. Qarang: Ibn al-Asirning “Al-Muxtor” asari.
[12]Dovud at-Toiy va Usmon al-Boqilloniy haqidagi ikkala rivoyat ham “Saydul-xotir” asarining “Vaqt qiliç kabidir” faslida keltirilgan.
[13]Uşbu söz “An-Nihoya fi ğaribil-hadis”, Zamaxşariyning “Al-Foiq” va Ibn Manzurning “Lisonul-arab” asarlarida keltirilgan. Men uning bundan boşqa manbasini topa olmadim.
Vazir Yahyo ibn Hubayra al-Hanbaliy şunday degan:
“Vaqt – asraşga eʼtibor bergan narsalarim içida eng qimmatlisi,
ammo uni sen uçun eng oson yöqotiladigan narsa deb köraman”.
[14]Alloh uçun ixlos qilinglar, Alloh uçun ixlos qilinglar! Ey birodarlarim va opa-singillarim! Bitta narsani yaxşilab yodda tutinglar: qançalik maşaqqatlarga bardoş bermanglar, tunlari bedor bölib qança mehnat qilmanglar, umringizni ilm örganiş, ilm örgatiş va boşqa ibodatlarga sarflamanglar, agar şu holatda ölim sizlarga yetib kelsa, qilgan amallaringizdan faqat Alloh taolo uçun ixlos bilan bajarganlaringiz va niyatini gözal qilganlaringizgina sizlarga manfaat beradi.
Çunki kişi nimani niyat qilgan bölsa, natijada şuni oladi. Allohning fazliga esa faqat Uni közlagan yoki Alloh taolo Öz fazli bilan tanlab, Öziga xos qilgan kişi erişadi. Saʼy-harakati qabul qilinib, unga savob berilgan inson bilan harakati zoye ketgan inson örtasida juda katta farq bor.
Şunday ekan, niyatlaringizni gözal qilinglar va amallaringizni Alloh taolo uçun ixlos bilan bajaringlar. Kiçik-katta barça amallaringizni Alloh huzuridagi savob umidida qilinglar. Zero, Alloh taolo bandasi U haqda qanday gumonda bölsa, unga şunga muvofiq muomala qiladi.
Bu vovullovçi itni – yaʼni past va arzimas dunyoni – özingizdan nari qilinglar. Unga talaşib yopişmanglar. Balki undan ehtiyot bölib, özingizga kerakli narsani olinglar. Çunki bir kun kelib Robbingiz – Uluğ va Oliy Zot bilan uçraşasizlar.
Şunday qilinglarki, saʼy-harakatlaringiz, çekkan maşaqqatlaringiz, uyqusiz tunlaringiz va yozgan-qoralagan sahifalaringiz öşa kuni özingiz uçun hasratga aylanib qolmasin. Öşa paytda: “Voy, afsus!”, “Voy holimga!” deyişning foydasi bölmaydi.
Bizning zimmamizda esa faqat yetkaziş bor.
[15]Imom Buxoriy rivoyati, 6018; Imom Muslim rivoyati, 47 va 75.
[16]Imom Termiziy rivoyati, 2616; Ibn Moja rivoyati, 3973; Imom Ahmad. “Musnad”, 22366.
[17]“Devoni Şofeʼiy”, “nun” qofiyali şeʼr. “Aqron” – bahodirlar, jasur pahlavonlar degan maʼnoni anglatadi.
[18]Bu çözinçoq aʼzo – til – inson uçun eng köp fasod keltiruvçi narsalardan biridir. Holbuki, u ikki qulf – tişlar va lablar bilan berkitilgan. Şuningdek, u suyaksiz, oddiy göşt bölişiga qaramay, qiliçdan ham köproq jarohat yetkazadi.






