Yurtimizda ulkan islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Yurtboshimizning 2018 yil 16 apreldagi «Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5416-son Farmoni boʻyicha «Vaqf» xayriya jamoat fondi tashkil etilgan edi. Fond oʻz oldiga masjidlar va diniy taʼlim muassasalarining binolarini qurish, taʼmirlash, professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar va oʻquvchi-talabalarni qoʻllab-quvvatlash, masjid xodimlarini oylik maosh bilan taʼminlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash kabi bir qator ishlarni maqsad qilib qoʻygan. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun fond tomonida turli xil xayriya aksiyalari oʻtkazilib kelinmoqda.
2018 yil 13 oktabr kuni ushbu aksiyaning birinchi bosqichi natijalari boʻyicha taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda diniy taʼlim muassasalarining eng iqtidorli 39 nafar talabalarining kontrakt pullari toʻlab berildi. Biz “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtining iqtidorli talabalari ham ushbu imtiyozga ega boʻldik. Bu imtiyoz talaba yoshlarga ilm olishlikda va uni xalqimizga keng yoyib, din yoʻlida ulkan natijalarga erishishlariga yordam beradi. Biz bu imtiyozni oqlashga, ilm yoʻlida yanada gʻayrat qilishlikka intilaman. Ushbu jamgʻarmada faoliyat olib borayotgan uztozlarimizga hamda mutasaddi tashkilotlarga bu xayrli ishlarida ulkan natijalar tilab qolaman.
Hurmat bilan, “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti talabalari






