SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Taʼlim oluvchining ustoziga nisbatan odoblari
10.11.2026 / Bo‘limda Maqolalar

Taʼlim oluvçining ustoziga nisbatan odoblari

1. Ilm talab qiluvçi bu dinni kimdan örganişi, gözal axloq va odobni kimdan olişi haqida avval yaxşilab öylab körişi va Alloh taolodan istixora qilişi lozim.

Ustozini imkon qadar ilmga töla layoqatli, muruvvati namoyon, diyonati va iffati bilan tanilgan, taʼlim berişda mohir, tuşuntirişda mahoratli hamda şariat ilmlarini öz davridagi işonçli şayxlardan kengroq biladigan kişilar orasidan tanlasin.

Faqat kitob va varaqlardan öqib, mohir ustozlar suhbatida bölmagan kişidan ilm olmasin. Çunki bunday kişilar özlari adaşib, köplab avlodlarni ham adaştirganlar[1].

Şuningdek, faqat maşhur kişilarga boğlanib qolib, nomi çiqmagan ilmli ustozlardan ilm olişni tark etişdan ehtiyot bölsin. Ğazzoliy va boşqa olimlar buni ilmga nisbatan kibr deb hisoblaganlar va ayni nodonlik deb ataganlar. Çunki “hikmat möminning yöqotgan narsasidir: uni qayerda topsa, öşa yerdan oladi”.

2. Talaba barça işlarida ustoziga itoat qilişi, uning fikri va tadbiridan çetga çiqmasligi lozim. Balki u ustozi oldida mohir tabib oldidagi bemor kabi bölişi kerak.

Közlagan işlarida ustozi bilan maslahatlaşsin, safarga çiqiş va şunga öxşaş işlarda undan izn sörasin. Ustozining roziligini izlasin, uni nihoyatda hurmat qilsin va Alloh taologa yaqinlaşiş niyatida unga xizmat qilsin.

Ustozi huzuridagi kamtarligidan faxrlansin, unga tavozeʼ qilişni şaraf deb bilsin. Zero, ilm talab qiliş yölidagi xorlik, şubhasiz, izzatga olib keladi[2].

Alloh taolo Muso va Xizr alayhimassalom qissasida bunga eʼtibor qaratgan. Xizr alayhissalom Muso alayhissalomga: “Albatta, sen men bilan birga sabr qila olmaysan”, – deganlar (Kahf surasi, 67-oyat).

Bu söz Muso alayhissalomning payğambarlik va ilmda yuksak martabaga ega bölişlariga qaramay aytilgan.

Şuning uçun Xizr alayhissalom u zotdan sukut saqlaşni şart qilib: “Men senga uning haqida özim gapirib bermagunimça, mendan biror narsa haqida sörama”, – deganlar (Kahf surasi, 70-oyat).

Şu maʼnoda quyidagi bayt aytilgan:

Muallim ham, tabib ham –

hurmat qilinmasalar, nasihat bera olmaydilar[3].

3. Ustozini nihoyatda uluğlasin, uni kamolot darajasiga yetgan va tengdoşlari orasida ustun deb eʼtiqod qilsin. Çunki bu holat uning ustozidan köproq manfaat olişiga sabab böladi.

Imom Navaviy aytadi: “Avvalgi olimlardan baʼzilari ustozining huzuriga boradigan bölsa, biror narsani sadaqa qilar va: “Ey Allohim, ustozimning aybini mendan yaşirgin va uning ilmi barakasini mendan ketkazmagin”, – deb duo qilar edi”[4].

Zaif banda – Alloh unga lutf qilsin – aytadi: ustozining huzuriga borişdan oldin sadaqa qilib, duo qilgan bu kişi aslida Imom Navaviyning özi bölgan. Şaʼroniy “Lavoqihul-anvor al-qudsiyya”[5] asarida buni zikr qilib: “U – yaʼni Imom Navaviy roziyallohu anhu – darsga çiqadigan bölsa…” deb, Navaviyning sözlariga öxşaş tarzda davom ettiradi. Imom Navaviy özini oçiq tilga olmay, özidan hayratlaniş va nafsga berilişdan ehtiyot bölib, kinoya bilan bayon qilgan.

Imom Şofeʼiy roziyallohu anhu aytgan: “Men Imom Molikning huzurida uning haybatidan qoğozni juda ehtiyotkorlik bilan varaqlar edim, toki quloğiga qoğozning şitirlaşi eşitilmasin”[6].

Şofeʼiyning şogirdi Robiʼ esa: “Allohga qasamki, Şofeʼiy menga qarab turganida haybatidan suv içişga ham jurʼat qila olmas edim”, – degan.

4. Dars majlisiga erta kelsin. Çunki ustoz odatda talabalarning keçikib kelişidan norozi böladi. Şuning uçun taʼlim oluvçi ustozidan oldin darsxonada hozir bölişi kerak.

Zero, ötkazib yuborilgan darsning örnini töldirib bölmaydi. Ustozni kutib, eşikni taqillatib, uni taşqariga çiqişga majbur qilmasin.

Darsga muntazam keçikişning yomon oqibatlaridan biri – ustozni ötilgan mavzuni qayta tuşuntirişga majbur qiliş va boşqa talabalarga xalaqit berişdir. Agar ustoz qayta tuşuntirmasa, keçikkan talaba darsdan foydalaniş imkonidan mahrum böladi.

Ibn Qutayba aytadi: Buzurjmehr[7] şunday degan: “Men erişgan ilmga qarğadek erta turiş, eşakdek sabr qiliş va çöçqadek hirs bilan erişdim”[8].

Jaʼfar ibn Durustavayh[9] aytgan: “Biz Ali ibn al-Madiniyning majlisida ertangi dars uçun joyni bugun asr paytidayoq egallab qöyardik va tun böyi ötirardik, çunki ertasi kuni darsni eşitadigan joy topolmay qolişdan qörqardik”[10].

5. Ustozga alohida salom bersin. Unga uzoqdan yoki orqasidan salom bermasin, balki yaqinlaşib, oldiga ötib, söng salom bersin.

6. Ustoz huzurida taşahhudda ötirgandek ötirsin. Ruhul-quds alayhissalom sayyidul-mursalin sollallohu alayhi vasallam huzurlarida qanday ötirgan bölsalar, şunday ötirişga intilsin. Ruhul Aminning bu holati taʼlim oluvçilar uçun naqadar gözal namuna!

Yoki qöllarini tizzalari ostidan ötkazib, ihtibo holatida ötirişi mumkin.

Ustozning joynamozi yoki yostiğiga ötirmasin. Ustoz huzurida devor yoki yostiqqa suyanib ötirmasin. Ustozga orqasini yoki yonini ögirmasin.

Bilaklarini, oyoqlarini yoki boşqa aʼzolarini oçib ötirmasin. Qölini soqoliga yoki oğziga qöymasin, burni bilan öynamasin, undan biror narsa çiqarmasin.

Oğzini oçib ötirmasin, qöllarini bir-biriga çaliştirmasin va kiyimining tugmalari bilan öynamasin.

Biror şovqin eşitsa, bezovta bölib, unga ögirilib qaramasin. Nigohini ustozidan boşqa tomonga köp burmasin.

Zaruratsiz köp tomoq qirmasin. Imkon qadar tupurmasin va tomoğidagi balğamni ovoz çiqarib tozalamasin. Agar balğam kelsa, uni oğzidan taşlamay, römolça yoki mato bilan olsin.

Aksa urganda imkon qadar ovozini pasaytirsin. Esnaşni ham imkon qadar qaytarsin, buning uddasidan çiqolmasa, oğzini qöli bilan yopsin.

Ajablanarli bölmagan narsaga kulmasin. Ustoz kulmagan narsaga özi ajablanib yoki kulib yubormasin. Agar beixtiyor kulgisi kelsa, yengil tabassum bilan kifoyalansin.

Zaruratsiz ovozini balandlatmasin.

Ali roziyallohu anhu ilm talab qiluvçiga bergan nasihatlarida ustozga nisbatan zarur odoblarni juda mukammal jamlaganlar. U zot şunday deganlar:

“Olimning sening zimmangdagi haqlaridan biri – barçaga salom berib, unga alohida salom berişingdir. Uning qarşisida ötirişing, huzurida qöllaring bilan imo-işora qilmasliging, közlaring bilan boşqa kişiga işora qilmasliging lozim.

“Falonçi sizning sözingizga zid ravişda bunday degan”, – deb aytma. Uning huzurida heç kimni ğiybat qilma va uning xatosini poylama. Agar u xato qilsa, uzrini qabul qil.

Alloh taolo uçun uni uluğla. Agar biror ehtiyoji bölsa, boşqalardan oldin unga xizmat qilişga şoşil. Majlisida piçirlaşib gaplaşma. Kiyimidan tortma. U çarçaganini sezsang, qayta-qayta murojaat qilib, turib olma.

U bilan uzoq suhbatlaşişdan töyib qolma. Çunki u xurmo daraxtiga öxşaydi: undan qaçon senga biror narsa tuşişini kutib turasan”[11].

7. Ustoz biror masalani tuşuntirişidan yoki berilgan savolga javob berişidan oldin uning örniga javob berişga şoşilmasin. Ustozning gapini bölmasin, gapiga qöşilib ketmasin va bu narsani özi ham bilişini körsatişga urinmasin.

Imom Molik rahimahulloh aytgan: “Olim bilan birga ötirganingda gapirişga iştiyoqingdan köra tinglaşga iştiyoqing kuçliroq bölsin”[12].

8. Öziga tuşunarsiz bölgan narsani söraşdan uyalmasin. Şunday deyilgan: “Savol berişdan yuzi qizarib uyalgan kişining kamçiligi odamlar yiğilgan majlisda oşkor böladi”.

Hayo har bir narsada maqtalgan gözal sifatdir. Hatto hadislarda u iymonning şoxlaridan biri ekani bayon qilingan. Ammo ilm olişda hayo qiliş qoralanadi.

Ummul-möminin, faqiha olima Oişa roziyallohu anho aytganlar: “Ansor ayollari naqadar yaxşi ayollar! Hayo ularni dinni çuqur örganişdan tösmagan”[13].

9. Ustozga faqat masalani yaxşiroq tuşuniş maqsadida savol bersin. Ğaroyib, noodatiy savollar yoki odamni qiynaş uçun beriladigan çigal savollarni bermasin[14].

Alloh taolo köp savol berişdan qaytargan. U Zot aytadi: “Ey, imon keltirganlar! Sizlarga (javobi) ayon qilinsa, sizlarga xuş kelmaydigan narsalar haqida (savol) söramangizlar!” (Moida surasi, 101-oyat).

Yana Alloh taolo marhamat qiladi: “Yoki sizlar ham ilgari Musodan söralganidek, Payğambaringizdan söramoqçimisizlar?” (Baqara surasi, 108-oyat)[15].

Hadisda esa: “Men sizlarni tark etgan narsada meni tinç qöyinglar. Sizlardan avvalgilarning halokatiga ularning köp savol berişlari sabab bölgan”, – deyilgan[16].

10. Ustoz bilan çiroyli tarzda gaplaşsin. Unga oddiy “sen” maʼnosidagi xitob (murojaat) şakllari bilan murojaat qilmasin. Baʼzi kişilar öz suhbatlarida odat qilgan, ammo ustozga nisbatan munosib bölmagan iboralardan saqlansin. Masalan: “Nega?”, “Buni qabul qilmaymiz”, “Sizga nima böldi?”, “Tuşundingizmi?”, “Bilasizmi?” kabi iboralarni işlatmasin.

Salaflardan baʼzilari: “Kim ustoziga “Nega?” deb murojaat qilsa, heç qaçon najot topmaydi”, – deganlar.

Najm al-Ğazziy öz bobosining “Alfiyya” asaridan quyidagi baytlarni naql qilgan:

Kim tarbiya beruvçi ustozining hurmatini uluğlamasa,

Alloh uni odobga yetişişdan mahrum qiladi[17].

Kim ustoziga “Nega?” deb murojaat qilsa,

undan örgangan ilmidan manfaat körmaydi.

Ustoziga uzoqdan baqirib murojaat qilmasin. Unga “Ey sayyidim”, “Ey ustozim”, “Falon masala haqida nima deysiz?”, “Falon masalada fikringiz qanday?” kabi hurmat ifodalovçi sözlar bilan murojaat qilsin.

Ustozini u yöqligida ham faqat uni uluğlaş va hurmat qilişni bildiradigan sözlar bilan tilga olsin.

11. Ustozni yaxşi tinglasin. Agar ustoz talaba ilgari yod olgan yoki eşitgan narsani aytsa ham, uni göyo heç qaçon eşitmagandek diqqat bilan tinglasin va bundan xursand bölsin.

Ato ibn Abu Raboh[18] aytgan: “Biror yoş yigit menga hadis aytsa, men uni göyo ilgari eşitmagandek tinglayman. Holbuki, bu hadisni u tuğilişidan oldin eşitganman”.

12. Ustozining hayotligida uning haqqiga duo qilib yursin, vafotidan keyin esa farzandlari, qarindoşlari va döstlariga ğamxörlik qilsin. Ustoziga istiğfor aytsin, uning nomidan sadaqa qilsin, odoblarini özida mujassam etsin va hayotining turli işlarida unga ergaşsin.

13. Ustozdan sodir böladigan qöpollik yoki noxuş munosabatga sabr qilsin. Bunday holat uni ustozidan ajralib ketişiga yoki unga bölgan yaxşi eʼtiqodini özgartirişiga sabab bölmasin.

Ustozining zohiran notöğri körinadigan söz va xatti-harakatlarini imkon qadar eng yaxşi maʼnoga yöyişga harakat qilsin[19].

Agar biror noxuş holat yuz bersa, avval özi uzr söraşga va tavba qilişga şoşilsin, sababni özidan körsin va malomatni öz zimmasiga olsin. Çunki bu ustoz bilan bölgan mehr-muhabbatni saqlaşga köproq sabab böladi hamda taʼlim oluvçi uçun dunyo va oxiratda foydaliroqdir. Şayx Ibn Jamoa rahimahulloh aynan şunday bayon qilgan.

“Buluğ aqsol-marom” asarining muallifi Tohir al-Fosiy orqali Şayx Zarruqdan quyidagilarni naql qilgan:

“Kim ustozini mensimasa, Alloh taolo uni uç jazoga duçor qiladi:

Birinçisi – ustozidan yod olgan narsalarini unutadi.

Ikkinçisi – jon beriş paytida tili kalimaga kelmay qoladi.

Uçinçisi – dunyodan iymonsiz ketadi”[20].

Alloh barçamizni bunday holatlardan asrasin.

Şaʼroniy aytadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bizga umumiy ahd olingan: olimlarni hurmat qilişimiz, ularni uluğlaşimiz va eʼzozlaşimiz kerak. Agar ularga qölimizdagi barça narsani bersak yoki butun umrimiz davomida ularga xizmat qilsak ham, haqlarini töliq ado etdik, deb öylamasligimiz lozim.

Ammo hozirgi kunda ilm talab qiluvçilarning va tasavvuf yölidagi muridlarning aksariyati bu ahdga amal qilmay qöygan. Ular orasida ustozining haqqini lozim darajada ado etadigan kişini deyarli körmaymiz.

Bu din uçun juda katta illatdir. U ilmni mensimaslikka va bizga olimlarni uluğlaşni buyurgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amrini yengil sanaşga olib keladi.

Natijada ulardan biri öz şayxini masxara qiladigan darajaga yetadi. Hatto şayxi undan qutuliş uçun unga xuşomad va muloyim muomala qilib, uning jim bölişini kutişga majbur böladi.

Bas, Alloh taolodan boşqa kuç ham, quvvat ham yöq!”[21]

Kamoliddin domla Mirzayev

«Kökaldoş» örta maxsus islom taʼlim muassasasi öqituvçisi


[1]Salaflardan birining quyidagi sözi ham keltiriladi: “Albatta, bu ilm – dindir. Şuning uçun diningizni kimdan olayotganingizga qarang”. Bu sözni Imom Muslim “Sahih”ining muqaddimasida zikr qilgan.

[2]Ibn Abbos roziyallohu anhumoning qavm kitoblarida keng tarqalgan uşbu sözi kifoya: “Talab qiluvçi bölganimda xor böldim, talab qilinadigan bölganimda aziz böldim”.

[3]Uşbu bayt Roğib Isfahoniyning “Muhozarotul-udabo” (“Adiblar suhbatlari”) asarida, 1-jild, 76-betda keltirilgan. Undan oldingi bayt:

Agar tabibingdan yuz ögirgan bölsang,

darding uçun sabr qil.

Agar muallimingdan yuz ögirgan bölsang,

jaholatga ham sabr qil.

[4]Imom Navaviy. “At-Tibyon fi odobi hamalatil-Qurʼon”, “Muallimning layoqati” bobi.

[5]Kitobning birinçi qismi: “Olimlarni uluğlaş”.

[6]“Al-Majmuʼ şarhul-Muhazzab”, muqaddima.

[7]Buzurjmehr ibn al-Baxtakan – fors donişmandi. U haqidagi maʼlumotlar nasihat va odobga oid köplab kitoblarda uçraydi. Adolatli podşoh Anuşervon ibn Qubodning vaziri bölgan. Manba: Ibn Nadimning “Al-Fihrist” kitobi.

[8]Ibn Qutayba. “Uyunul-axbor”, “Ilm va bayon” kitobi.

[9]U – Jaʼfar ibn Durustavayh al-Fasaviy, Imom Ali ibn al-Madiniyning şogirdi. Uning vafot sanasini aniqlay olmadim. “Durustavayh” ismi ikki xil zabt qilinadi (öqiladi): ulardan eng töğrisi – dol va ro harflarini damma bilan öqiş; boşqa bir talaffuzda ikkalasi ham fatha bilan öqiladi. “Ta” harfini muhaddislar damma bilan, tilşunoslar esa fatha bilan talaffuz qiladilar. Bu ismning maʼnosi: “töliq, mukammal”. Manba: al-Jaburiy, “Ibn Durustavayh Abdulloh ibn Jaʼfar”.

[10]Samʼoniy. “Adabul-imlo val-istimlo”, “Hadis majlislariga erta boriş” bobi. Şuningdek, Ibn Muflih. “Al-Odob aş-şarʼiyya val-minah al-marʼiyya”, “Hadis hofizlarining martabasi va minglab kişilarning ularning majlislariga intilişi” bobi.

[11]Ibn Qutayba. “Uyunul-axbor”, “Ilm va bayon” kitobi; Ibn Abd Rabbih. “Al-Iqdul-farid”, “Ilm va adabdagi yoqut” kitobi, “Olimlarni uluğlaş” bobi.

[12]“Jomeʼu bayonil-ilm”.

[13]Imom Muslim rivoyati, 750.

[14]“Ağlutot” (الأغلوطات) – “ağlutota” sözining köplik şakli bölib, “odamni xatoga tuşiradigan masalalar” degan maʼnoni anglatadi. “As-Sihoh” luğatida şunday izoh berilgan. Avzöiy aytgan: “Ular – kam uçraydigan, noodatiy masalalardir”. “Al-Iqdul-farid”ning “Ilm va adab” kitobida quyidagiça keltiriladi: “Ibn Sirindan çalğituvçi, çigal bir masala haqida söralsa, savol beruvçiga: “Uni hozirça qöyib tur. Men bu haqda birodaring Iblisdan sörab olay”, – der edi”.

[15]Jonim Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sahobalariga fido bölsin! Ular Alloh taolo va Uning Rasuli sollallohu alayhi vasallamning amrlarini naqadar tezlik bilan ado etar, Allohga va Uning Rasuliga naqadar qattiq itoat qilar edilar!

Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning atrofida xuddi boşlariga quş qöngandek mutlaqo sokin ötirar edilar. Hatto aqlli bir badaviy kelib savol berişini va şu orqali özlarini savol berişdan xalos qilişini istar edilar.

Agar ular Bani Isroil Muso alayhissalomdan söraganlari kabi har bir narsani sörayverganlarida edi, kiçik-katta har bir narsa batafsil bayon qilib yozib qöyilgan bölardi va dinimizda mana şunday kenglik va yengillik bölmas edi. Alloh ulardan rozi bölsin va ularni rozi qilsin!

[16]Imom Buxoriy rivoyati, 7288; Imom Muslim rivoyati, 3257.

[17]Najm al-Ğazziy. “Husnut-tanabbuh limo varada fit-taşabbuh”, birinçi qism, sarlavhasiz bob.

[18]Uning tarjimai holi, inşaalloh, Imom Abu Hanifaning ustozlari haqidagi bahsda keladi.

[19]Ustoz haqida u yöqligida ham faqat undan eşitgan yoki körgan eng yaxşi narsalarni gapirsin. Imom Ahmad Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bir hadis rivoyat qilgan. Bu hadis menga juda maʼqul va taʼsirli böldi. Unda şunday deyiladi:

“Biror kişi bir majlisda ötirib, hikmatni eşitsa-yu, keyin sohibidan eşitganlarining faqat eng yomonini gapirib yursa, uning misoli bir çöponning oldiga kelib: “Ey çöpon, qöylaringdan menga bir qöy söyib ber”, – degan kişiga öxşaydi. Çöpon unga: “Bor, eng yaxşisining quloğidan uşla”, – deydi. U esa borib, qöylarning içidan itning quloğidan uşlaydi” (Imom Ahmad rivoyati, 8677).

[20]“Buluğ aqsol-marom”, “Taʼlim oluvçilarning odoblari” haqidagi beşinçi bob.

[21]Şaʼroniy. “Lavoqihul-anvor al-qudsiyya fi bayonil-uhud al-Muhammadiyya”, birinçi qism, “Olimlarni hurmat qiliş” bobi.

Muallifning izohi: Imom Şaʼroniy hijriy X asrning örtalarida yaşagan. Allohga qasamki, agar u bizning zamonamizda yaşaganida va – Alloh rahm qilgan ozçilikni istisno qilganda – ilm talab qiluvçilarning odobsiz holatlarini körganida, ehtimol gapirişga ham tili bormay, hayrat va taajjubda qolgan bölardi.

Qanday katta musibat! Alloh taolo barçamizni hidoyat qilsin.

Şaʼroniy rahimahulloh “Latöiful-minan” asarida şunday degan:

“Alloh taoloning menga bergan neʼmatlaridan biri – molikiy mazhabidagi ilm talab qiluvçilarga boşqa talabalardan köra köproq odob bilan muomala qilişimdir.

Buning sababi şuki, Imom Molik rahimahulloh mening imomimning ustozlaridan biridir. Imomimiz öz ustoziga va uning şogirdlari – Aşhab, Ibn Qosim kabi zotlarga qanday odob bilan munosabatda bölgan bölsa, uning mazhabiga ergaşuvçilar ham Imom Molikning şogirdlari va izdoşlariga şunday odob bilan munosabatda bölişlari lozim.

Şayx Muhyiddin Navaviy roziyallohu anhuning baʼzi molikiylar bilan bahslaşgani va öşa molikiy kişining unga qattiq gapirgani rivoyat qilingan. Bu haqda Navaviyga aytilganida, u: “Çunki uning imomi mening imomimning ustozidir. Şuning uçun unga bölgan odob mening imomimga bölgan odob kabidir”, – deb javob bergan”.

Bu – oltinçi bob, “Bir qator gözal axloqlar”dan.

Toşköprizoda “Miftohus-saodat” asarida bu masalaga oid sözlarni zikr qilgaç, şunday deydi:

“Ey birodarim, özingga nisbatan insofli böl! Ilm va olimlarni uluğlaşdan aslida biror narsa qolganmi?

Agar sen: “Hozirgi zamonda öşa buyuk olimlarga öxşagan zotlar qolmagan, şuning uçun ularni uluğlaş şart emas”, – deb eʼtiroz bildirsang, aytamizki: “Hozirgi davrda bunday buyuk zotlar qolmagani” haqidagi gapingizni qabul qilamiz.

Ammo “ularni uluğlaşga hojat yöq” degan gapingizga kelsak, bu töğri emas. Çunki hurmat ilm sababli qilinadi. Agar ilmni yaxşi körsangiz, ilmga nisbat berilgan kişilarning haqqiga rioya qilişda kamçilikka yöl qöymang.

Ularning avvalgi buyuk olimlar kabi bölmagani sizning zimmangizdagi narsa emas, bunda javobgarlik ularning öz zimmasidadir.

Umuman olganda, ilmga bölgan muhabbat ilmga mansub kişilarni hurmat qilişni taqozo etadi. Aks holda, sen ilmni sevuvçilardan emassan”.

Bu – “Miftohus-saodat” asarining “Taʼlim oluvçining şartlari va vazifalari” haqidagi ikkinçi muqaddimasidan.

What you can read next

“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам тановул қилган таомлар”
“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам тановул қилган таомлар”
Лоқайдлик - тараққиётга тўсиқ
Лоқайдлик – тараққиётга тўсиқ
Абул Муъин ан-Насафий роҳматуллоҳи алайҳнинг ҳаёти ва ижоди
Абул Муъин ан-Насафий роҳматуллоҳи алайҳнинг ҳаёти ва ижоди

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP