SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Yomonlikning oldini olish – islomiy burch (2-qism)
31.10.2026 / Bo‘limda Maqolalar

Yomonlikning oldini olish – islomiy burch (2-qism)

عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «مَنْ رَأَى مِنْكُمْ مُنْكَرًا فَلْيُغَيِّرْهُ بِيَدِهِ، فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِلِسَانِهِ، فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِقَلْبِهِ، وَذَلِكَ أَضْعَفُ الإِيْمَانِ». (رواه مسلم).

Abu Saʼid Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitdim: “Qay biringiz biror yomon ishni koʻrsa, uni qoʻli bilan oʻzgartirsin. Bunga kuchi yetmasa, tili bilan oʻzgartirsin. Bunga ham qodir boʻlmasa, qalbi bilan oʻzgartirsin. Bu esa iymonning eng zaif darajasidir” (Imom Muslim rivoyati, 49).

Hadisdan olinadigan saboqlar
6. Pand-nasihat qilish fitna qoʻzgʻash emas

Munkarni oʻzgartirish deganda qurol koʻtarib chiqish tushunilmaydi. Chunki qurolga qoʻl urish fitna chiqarishi va koʻplab nohaq qonlar toʻkilishiga sabab boʻlishi mumkin. Musulmonlar chiroyli pand-nasihat bilan bir-birini toʻgʻri yoʻlga soladilar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
– Din nasihatdir!
– Kim uchun, yo Rasululloh? – deb soʻrashdi sahobalar.
– Alloh uchun, Uning Kitobi, Paygʻambari, musulmonlarning rahbarlari va ommasi uchun! – dedilar Nabiy sollallohu alayhi va sallam (Imom Muslim rivoyati, 55).

Alloh Kitobi uchun nasihat – unga amal qilish, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uchun nasihat – sunnatni mahkam tutish, musulmonlarning rahbarlari va ommasi uchun nasihat esa ularning bir-birini yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarishidir! “Moʼmin va moʼminalar bir-birlariga doʻstdirlar. Ular yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar, namozni toʻkis ado etadilar, zakotni beradilar, Alloh va Uning Paygʻambariga itoat qiladilar. Ana oʻshalarga Alloh rahm qiladi! Albatta, Alloh qudratli va hikmatlidir” (Tavba surasi, 71-oyat).

7. Hikmat bilan pand-nasihat qilish
“Robbingizning yoʻliga hikmat va chiroyli vaʼz bilan daʼvat qiling!” (Nahl surasi, 125-oyat).

Buyurilayotgan yoki qaytarilayotgan ishning turiga, qaytarilayotgan kishining holatiga qarab yumshoq yoki qattiq tarzda pand-nasihat qilinadi. Yaʼni qaysi uslub koʻzlangan maqsadga tezroq va yaxshiroq yetkazsa, oʻsha yoʻl maʼqul topiladi. “(Ey Muso va Horun), Firʼavnning oldiga boringlar, chunki u haddidan oshdi. Unga yumshoq soʻz aytinglar. Shoyad, pand-nasihat olsa yoki (Mening qahrimdan) qoʻrqsa!” (Toha surasi, 43–44-oyatlar).

“Ey Paygʻambar, kofir va munofiqlarga qarshi kurashing va ularga qattiqqoʻl boʻling!” (Tavba surasi, 73-oyat).

Shu bois amri maʼruf va nahiy munkar qiluvchi kishi muloyimlik, halimlik, adolat va ilm kabi sifatlarga ega boʻlishi shart.

Sufyon Savriy aytadilar: “Quyidagi uch sifatga ega boʻlmagan kimsa pand-nasihat qilmasin: buyurayotgan va qaytarayotgan ishida muloyim boʻlish; buyurayotgan va qaytarayotgan ishida adolatli boʻlish; buyurayotgan va qaytarayotgan narsasini yaxshi bilish” (Ibn Rajab Hanbaliy, “Jomeʼul ulum val hikam”).

Imom Ahmad aytadilar: “Odamlar murosa-madoraga, muloyimlikka muhtojdirlar. Amri maʼruf hech qachon qoʻpollik bilan qilinmaydi. Faqat fisq-fasodni oshkora qiluvchiga qattiq munosabatda boʻlinadi, chunki u hurmatga loyiq emas”. Imom Ahmad yana shunday deganlar: “Daʼvatchi muloyimlik va xokisorlik bilan buyuradi. Odamlar unga yoqimsiz soʻz aytsalar, achchiqlanmaydi. Aks holda, oʻzi uchun oʻch olgan boʻlib qoladi” (Ibn Rajab Hanbaliy, “Jomeʼul ulum val hikam”).

Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhuning shogirdlari biror qavm yonidan oʻtayotib, ularda koʻngilsiz ishlarni koʻrsalar, “Sekinroq, Alloh sizlarga rahm qilsin, sekinroq!” der edilar (Ibn Rajab Hanbaliy, “Jomeʼul ulum val hikam”).

8. Pand-nasihat qiluvchining odoblari
Pand-nasihati boshqalarga taʼsir qilishi uchun, avvalo, kishining oʻzi aytayotgan soʻzlariga amal qilishi lozim. Ana shunda Alloh taolo bandasining amalini dargohida qabul etadi va uning soʻzlari Qiyomatda oʻziga qarshi hujjat boʻlmaydi. Beamal nasihatgoʻylarning vaʼzlari esa Qiyomat kunida oʻzlariga qarshi hujjat boʻlib, ularni jahannam qaʼriga boshlaydi. “Ey iymon keltirganlar, nega oʻzingiz qilmaydigan narsani gapirasizlar?! Oʻzingiz qilmaydigan ishni gapirishingiz Alloh nazdida gʻoyat manfur ishdir” (Saf surasi, 2–3-oyatlar).

Usoma ibn Zayd roziyallohu anhu aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitganman: “Qiyomat kunida bir kimsa olib kelinib, doʻzaxga tashlanadi. Shunda qornidan ichak-chavogʻi chiqib ketadi. U doʻzax oʻtida xuddi tegirmon toshini aylantirayotgan eshakdek aylanadi. Doʻzaxiylar uning yoniga kelib soʻraydilar:
– Ey falonchi, senga nima boʻldi? Axir sen odamlarni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarar eding-ku?!
– Toʻgʻri, – deb javob beradi u. – Biroq men boshqalarni yaxshilikka buyurardim-u, oʻzim uni qilmasdim. Boshqalarni munkardan qaytarardim-u, oʻzim uni qilardim” (Imom Buxoriy, 3267, va Imom Muslim, 2989, rivoyati).

9. Niyatning pokligi
Pand-nasihat qiluvchi shaxs shuhrat yoki obroʻ-eʼtibor topish kabi dunyoviy gʻarazlarni koʻzlamasdan, xolis Alloh taolo roziligi uchun yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarsin. Moʼmin kishi harom ishni koʻrganida Allohning amri bajarilmayotgani uchun gʻazablanib, munkardan qaytaradi. Birodarlari Robbining gʻazabini keltiradigan ishlarni qilib, alamli azobga giriftor boʻlmasliklari uchun amri maʼruf qiladi, ularni havoi nafsga boʻysunib, haq yoʻldan toyilib ketmaslikka chaqiradi. Haqiqiy moʼmin oʻz zimmasidagi amri maʼruf va nahiy munkar masʼuliyatini chuqur his qiladi. Robbining gʻazabiga yoʻliqmaslik uchun faqat Uning huzuridagi ajr-mukofotni umid qilib, bu vazifani ado etadi.

Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhu aytadilar: “Men namozni toʻkis ado etishga, zakot berishga va barcha musulmonlarga nasihat qilishga soʻz berib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bayʼat qildim” (Imom Buxoriy, 57, va Imom Muslim, 56, rivoyati).

10. Nasihatni yolgʻiz va muloyim qilish
Imom Navaviy bunday deydilar: “Pand-nasihat qiluvchi kishi koʻzlagan maqsadiga erishishi uchun muloyim boʻlishi lozim. Imom Shofeiy rahimahulloh aytadilar: “Kim birodariga yolgʻizda vaʼz qilsa, unga nasihat qilibdi va uni bezabdi. Kim uni oshkora vaʼz qilsa, uni sharmanda qilibdi va obroʻsini toʻkibdi”. Bu borada koʻpchilik quyidagi masalaga beparvo qaraydi: masalan, kimdir aybli molni sotayotganini koʻrib, indamaydi, xaridorni ham uning aybidan ogoh qilmaydi. Bu ochiq-oydin xatodir. Olimlar taʼkidlashicha, buni bilib turgan kishi sotuvchini bu ishdan qaytarishi va xaridorni moldagi aybdan ogoh etishi vojib. Allohning Oʻzi biluvchiroqdir!” (“Sharhu Sahihi Muslim”).

Asadulloh domla Xolmurodov
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi oʻqituvchisi

Tagged under: maqola

What you can read next

“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам қиёматда менга шафоатчи ва гувоҳ бўлсинлар, десангиз...” туркумидан
“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам қиёматда менга шафоатчи ва гувоҳ бўлсинлар, десангиз…” туркумидан 5- ҳадис “Ёмонлик ва бидъатларни рад этиш”
Адашган тоифа жиҳод атамасини қандай талқин қилади
Адашган тоифа жиҳод атамасини қандай талқин қилади
“Ал-мабсут” – фиқҳ қомуси
“Ал-мабсут” – фиқҳ қомуси

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP