





Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi huzuridagi “Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining 74-davra tinglovchilari oʻqishni muvaffaqiyatli tamomladilar. Shu munosabat bilan taʼlim muassasasida bitiruv tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda taʼlim muassasasining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari A.Gʻaniyev, “Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursi boʻlimi boshligʻi Jahongir Ismatov, kurs xodimi Shamsiddinxoʻja Sulaymonov hamda kurs oʻqituvchisi Muzaffarxon Jalolxonov ishtirok etdilar.
Tadbirda maʼruza qilgan taʼlim muassasasi direktor oʻrinbosari A.Gʻaniyev tinglovchilarni kursni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan samimiy muborakbod etdi. U oʻz nutqida bugungi kunda muhtaram Yurtboshimiz rahnamoligida yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, ajdodlar boy ilmiy merosini chuqur oʻrganish va milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash borasida yaratib berilayotgan ulkan shart-sharoitlarni alohida eʼtirof etdi. Shuningdek, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi rahnamoligida fuqarolarning diniy taʼlimga boʻlgan ehtiyojini toʻgʻri, moʼtadil va sogʻlom asosda qondirishga qaratilayotgan yuksak eʼtibor jamiyatimiz maʼnaviyatini yuksaltirishda mustahkam poydevor boʻlayotganini taʼkidladi.
Tadbir yakunida oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga belgilangan namunadagi maxsus sertifikatlar hamda esdalik sovgʻasi sifatida Muqaddas Mushafi shariflar topshirildi.
Alloh taolo barchamizni Qurʼon ahllaridan qilsin, oʻrganilgan ilmlarni oʻzimizga, oilamizga va butun yurtimizga manfaatli aylasin! Qutlugʻ diyorimiz tinchligi, osoyishtaligi va maʼnaviy ravnaqini bardavom qilsin. Omin!
“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursi boʻlimi






