SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
NAZARIY BILIM VA AMALIY TAJRIBA UYGʻUNLIGI: “Koʻkaldosh” madrasasi bitiruvchilarining dual taʼlim amaliyoti yuqori saviyada davom etmoqda
22.10.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

Nazariy bilim va amaliy tajriba uygʻunligi: “Koʻkaldosh” madrasasi bitiruvchilarining dual taʼlim amaliyoti yuqori saviyada davom etmoqda

NAZARIY BILIM VA AMALIY TAJRIBA UYGʻUNLIGI: “Koʻkaldosh” madrasasi bitiruvchilarining dual taʼlim amaliyoti yuqori saviyada davom etmoqda (1)
NAZARIY BILIM VA AMALIY TAJRIBA UYGʻUNLIGI: “Koʻkaldosh” madrasasi bitiruvchilarining dual taʼlim amaliyoti yuqori saviyada davom etmoqda (2)
NAZARIY BILIM VA AMALIY TAJRIBA UYGʻUNLIGI: “Koʻkaldosh” madrasasi bitiruvchilarining dual taʼlim amaliyoti yuqori saviyada davom etmoqda (3)

Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2026-yil 18-sentabrdagi 05-03/3039-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida, «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasining bitiruvchi kurs talabalari «dual taʼlim» (4+2) tizimi asosidagi malakaviy amaliyotni tizimli ravishda davom ettirmoqdalar.

Ayni paytda bitiruvchi kurs talabalari oʻzlari biriktirilgan hududlarda faoliyat yuritayotgan koʻp yillik tajribaga ega, namuna boʻla oladigan imom-xatiblarga tinglovchi-kuzatuvchi sifatida biriktirilgan. Boʻlajak diniy soha xodimlari ustozlarining kundalik faoliyatini yaqindan oʻrganish barobarida, diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarning joylardagi ijrosi bilan bevosita tanishmoqdalar.

Amaliyot jarayonida quyidagi ustuvor vazifalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda:
– Mahallabay ishlash: ustoz imom-xatiblar hamrohligida mahallalardagi maʼnaviy-ijtimoiy muhitni oʻrganish va aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasidagi targʻibot tadbirlarida ishtirok etish;
– Muloqot madaniyati: maʼrifiy suhbatlarga tayyorgarlik koʻrish jarayonini kuzatish hamda xalq bilan samimiy muloqot oʻrnatish koʻnikmasini shakllantirish;
– Maʼnaviy profilaktika: adashgan toifalar bilan ishlashda «jaholatga qarshi maʼrifat» tamoyili asosida yondashish tajribasini oʻzlashtirish;
– Tahlil va hisobdorlik: olingan tajriba, kuzatuv va tahliliy xulosalarni maxsus amaliyot daftarchasida muntazam qayd etib borish.

Taʼlim muassasasi rahbariyati hamda masʼul murabbiylar tomonidan talabalarning amaliyot joylaridagi ishtiroki, intizomi va kundalik faoliyati doimiy monitoring qilib borilmoqda.

Mazkur «dual taʼlim» tizimi boʻlajak imom-xatiblarni bugungi zamon talablariga javob beradigan, jamiyatdagi ijtimoiy-maʼnaviy jarayonlarni teran tahlil qila oladigan hamda Vatan va xalq manfaatiga sadoqat bilan xizmat qiladigan yetuk kadrlar boʻlib yetishishida mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilmoqda.

Alloh taolo boʻlajak diniy soha xodimlarining ilmlarini ziyoda, yurtimiz tinchligi va xalqimiz maʼnaviy yuksalishi yoʻlidagi qadamlarini xayrli va barakali qilsin!

✍ Abdulvose domla Gʻaniyev
Taʼlim muassasasi maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari

Tagged under: Dual taʼlim, Yangiliklar

What you can read next

Oliy maʼhadning Angrendagi Qurʼon kursi bitiruvchilariga sertifikat topshirildi
Oliy maʼhadning Angrendagi Qurʼon kursi bitiruvchilariga sertifikat topshirildi
“Кўкалдош” ўрта махсус ислом билим юртида Семинар-тренинг ўтказилди
“Кўкалдош” ўрта махсус ислом билим юртида Семинар-тренинг ўтказилди
Вакилларимиз Қуръони карим мусобақасида қатнашдилар
Қуръон мусобақасини онлайн кўриш имконияти яратилади

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP