
Taʼlim muassasasi oʻqituvchilari Oʻzbekiston musulmonlari idorasida tashkil etilgan, Shayx Ayman Rushdiy Suvayd hazratlari olib borgan «At-Tajvid al-Musavvar» kitobi boʻyicha tajvid kursini muvaffaqiyatli tamomladilar. Ikki hafta davom etgan nazariy va amaliy mashgʻulotlarda ustozlar tajvid ilmini bevosita kitob muallifining oʻzlaridan talaqqiy qildilar.
Kurs yakuniga bagʻishlangan tantanali marosimda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Shayx Ayman Suvayd hazratlari hamda Shayx Ali Fayzulloh Maxdum ishtirok etdilar.
Muftiy hazratlari yurtimiz tarixida ilk bor tashkil etilgan ushbu darslar uchun Shayx Ayman Suvaydga tashakkur bildirib, ustozlar olgan bilimlarini kelgusida minglab shogirdlariga yetkazishlariga umid bildirdi. Shayx Ayman Suvayd esa tadbirlarning yuksak darajada tashkil etilganini alohida taʼkidladi.
Marosim soʻngida tinglovchilarga, jumladan, taʼlim muassasasi ustozlariga shahodatnomalar topshirildi.
Taʼlim muassasasi jamoasi ustozlarni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etadi. Alloh taolo olgan ilmlarini manfaatli qilib, shogirdlariga yetkazishni nasib etsin!
«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi
Matbuot xizmati





