SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Qurʼoni karim va tajvid kursining 73-davrasi yakunlandi
30.09.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

Qurʼoni karim va tajvid kursining 73-davrasi yakunlandi

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi huzuridagi “Qurʼoni karim va tajvid” kursining 73-davra tinglovchilari oʻqishni muvaffaqiyatli yakunladi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda taʼlim muassasasi direktori M.Erkayev hamda kurs oʻqituvchisi B.Bolbekov ishtirok etdi.

QURʼONI KARIM VA TAJVID KURSINING 73-DAVRASI YAKUNLANDI (1)
QURʼONI KARIM VA TAJVID KURSINING 73-DAVRASI YAKUNLANDI (2)

Tadbirda soʻzga chiqqan muassasa direktori M.Erkayev tinglovchilarni kursni tamomlaganlari bilan chin qalbdan muborakbod etdi. U Qurʼoni karimni oʻrganish va uni toʻgʻri tilovat qilish har bir moʼmin uchun ulugʻ saodat ekanini taʼkidlab, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamning muborak hadislarini eslatib oʻtdi:
“Sizlarning eng yaxshingiz Qurʼonni oʻrgangan va uni oʻrgatganingizdir”.
(Imom Buxoriy rivoyati)

Direktor soʻzida bugungi kunda muhtaram Yurtboshimiz tashabbuslari bilan diniy-maʼrifiy sohaga qaratilayotgan katta eʼtibor hamda Muftiy hazratlari rahnamoligida yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar tufayli yurtimizda Qurʼon ilmini oʻrganishni istagan har bir kishi uchun munosib sharoitlar mavjudligini alohida qayd etdi.

Shuningdek, u tinglovchilarni:
u neʼmatning qadriga yetishga;
oʻrgangan ilmlarini doimiy takrorlab borishga;
Qurʼon axloqini hayotlariga tatbiq etishga;
oila va farzandlariga ham ushbu ilmni yetkazishga;
yurtimiz tinchligi va farovonligi yoʻlida fidoyi boʻlishga chaqirdi.

QURʼONI KARIM VA TAJVID KURSINING 73-DAVRASI YAKUNLANDI (3)
QURʼONI KARIM VA TAJVID KURSINING 73-DAVRASI YAKUNLANDI (4)
QURʼONI KARIM VA TAJVID KURSINING 73-DAVRASI YAKUNLANDI (5)
QURʼONI KARIM VA TAJVID KURSINING 73-DAVRASI YAKUNLANDI (6)

Kurs oʻqituvchisi B.Bolbekov esa davra davomida amalga oshirilgan ishlar haqida soʻzlab, tinglovchilarning izlanishi va sabr-toqatini eʼtirof etdi. U tajvid qoidalarini mustahkamlash uchun kundalik tilovatni tark etmaslik zarurligini taʼkidlab, tinglovchilarga foydali nasihatlar berdi.

Alloh taolo barchamizni Qurʼon ahlidan qilsin, oʻrgangan ilmimizni oʻzimizga, oilamizga va yurtimizga manfaatli qilsin. Omin!

«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi
Matbuot xizmati

Tagged under: Yangiliklar

What you can read next

Таълим олувчининг одоби (1-қисм)
Илм ўрганиб ўргатганнинг фазли
Рамазон бу...
Рамазон бу…
Тошкентда “Декларациялар мулоқоти” халқаро анжумани бошланди
Тошкентда “Декларациялар мулоқоти” халқаро анжумани бошланди

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP