SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Yangi oʻquv yilining ustuvor vazifalari belgilandi
22.09.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

Yangi oʻquv yilining ustuvor vazifalari belgilandi

Yangi oʻquv yilining ustuvor vazifalari belgilandi (1)
Yangi oʻquv yilining ustuvor vazifalari belgilandi (2)
Yangi oʻquv yilining ustuvor vazifalari belgilandi (3)

🔺 “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida 2026–2027 oʻquv yilining 01-sonli mudarrislar kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bilim yurtining yangi binosida oʻtkazilgan ilk kengash Qurʼoni karim tilovati bilan boshlandi.
🔺 Kengashni bilim yurti direktori M. Erkayev ochib berdi. Direktor yangi oʻquv yilida jamoa oldida turgan vazifalarga toʻxtalib, ijro intizomi va faoliyatning barcha yoʻnalishlarida belgilangan tartib-qoidalarga qatʼiy amal qilish zarurligini alohida taʼkidladi.

Yangi oʻquv yilining ustuvor vazifalari belgilandi (4)
Yangi oʻquv yilining ustuvor vazifalari belgilandi (5)
Yangi oʻquv yilining ustuvor vazifalari belgilandi (6)
Yangi oʻquv yilining ustuvor vazifalari belgilandi (7)
Yangi oʻquv yilining ustuvor vazifalari belgilandi (8)
Yangi oʻquv yilining ustuvor vazifalari belgilandi (9)

Direktor, ayniqsa, talabalarni baholashda adolat mezonlariga toʻliq rioya etish, har bir talabaning darslarda muntazam qatnashishi va oʻquv materiallarini toʻla oʻzlashtirishini doimiy nazoratda ushlash muhimligini qayd etdi.
🔹Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari A. Gʻaniyev oʻz yoʻnalishiga oid masalalar yuzasidan soʻzga chiqib, yangi oʻquv yili davomida alohida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlarni sanab oʻtdi hamda amaliy takliflarini bildirdi. Taʼkidlanishicha, guruh rahbarlari talabalar ustidan muntazam nazoratni yoʻlga qoʻyishi, ularning moddiy va maʼnaviy ahvolidan doimo xabardor boʻlib borishi zarur. Shuningdek, mudarrislar bilim yurtining amaldagi nizomlari bilan tanishtirildi.
🔹Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari N. Jalolov oʻquv jarayoniga doir maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashib, tavsiya va takliflarini ilgari surdi. U talabalar salohiyatini yanada yuksaltirishda toʻgaraklar faoliyatining oʻrni katta ekanini qayd etgan holda, asosiy darslar har doim birinchi oʻrinda turishi lozimligini uqtirdi.
🔹Yigʻilishda Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi S. Saidakramov ham ishtirok etib, oʻz sohasiga tegishli masalalar yuzasidan fikr bildirdi.

📋 Kengash kun tartibiga jami toʻqqiz masala kiritildi. Jumladan:

▫️ kengash kotibini saylash, kengash aʼzolari va ish rejasini tasdiqlash;
▫️ bilim yurtining 2026–2027 oʻquv yiliga moʻljallangan ish rejasini tasdiqlash;
▫️ dars soatlari taqsimoti va taqvim ish rejalarini tuzish;
▫️ mudarrislar oylik maoshini hisoblash va tarif roʻyxati hujjatlarini koʻrib chiqish uchun ishchi guruh tuzish;
▫️ guruh rahbarlarini saylash, talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida maxsus fan va kasb toʻgaraklarini yoʻlga qoʻyish;
▫️ yangi oʻquv yiliga talabalarni qabul qilish, guruhlarni shakllantirish va ularni yotoqxona bilan taʼminlash;
▫️ taftish komissiyasi tarkibini shakllantirish;
▫️ ichki mehnat tartibi qoidalari, ichki nazorat komissiyasi, taftish hayʼati va talabalar turar joyi nizomlari hamda boshqa ichki hujjatlarni tasdiqlash.

📌 “Turli masalalar” doirasida “Yagona olimpiada-2027” va “Yil oʻqituvchisi-2027” tanlovlariga nomzodlarni tayyorlash, akademik qarzdorlikka ega talabalar masalasi, bitiruvchilar murojaatlari koʻrib chiqildi. Bundan tashqari, hududdagi oilaviy poliklinika bilan shartnoma tuzish kabi talabalar salomatligi va farovonligiga bevosita daxldor masalalar ham muhokama qilindi.

Yangi binoda boshlangan yangi oʻquv yili 475 yillik ilmiy anʼanaga ega Koʻkaldosh tarixida yangi sahifa boʻlib, belgilangan vazifalar taʼlim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi
Matbuot xizmati

Tagged under: Yangiliklar

What you can read next

“Умра-2018” Рамазон мавсуми бошланди
“Умра-2018” Рамазон мавсуми бошланди
Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васалламга илоҳий эҳтиром намуналари (Шамоилул Мустафо)
Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васалламга илоҳий эҳтиром намуналари (Шамоилул Мустафо)
“Кўкалдош” ўрта махсус ислом билим юртида Семинар-тренинг ўтказилди
“Кўкалдош” ўрта махсус ислом билим юртида Семинар-тренинг ўтказилди

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP