SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
07.09.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining navbatdagi 75-davra mashgʻulotlariga boshlandi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurtida aholining diniy-maʼrifiy savodxonligini oshirish hamda Moʼtabar Kalomullohni toʻgʻri, goʻzal va tajvid qoidalariga muvofiq oʻrganishlariga koʻmaklashish maqsadida faoliyat yuritib kelayotgan «Qurʼoni karim va tajvid» oʻquv kursining navbatdagi 75-davra mashgʻulotlari 2026-yil 7-sentabr sanasidan rasman boshlandi.
Mazkur oʻquv kursi — yurtimizda muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va ular uchun yaratilgan beqiyos imkoniyatlarning amaldagi samarasidir. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda diniy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, zamonaviy oʻquv sharoitlari yaratildi. 475 yillik tarixga ega «Koʻkaldosh» bilim yurtining yangi, zamonaviy binosida faoliyatini davom ettirayotgani ham ana shu ezgu islohotlarning yorqin ifodasidir.
Bilim yurti rahbariyati va tajribali ustozlarning fidokorona mehnati natijasida bugungi kunga qadar minglab tinglovchilar Alloh taoloning Kalomini tajvid qoidalariga muvofiq mukammal oʻqish baxtiga muyassar boʻlishdi.
Yangi davra mashgʻulotlarining boshlanishi munosabati bilan bilim yurtida tashkiliy va maʼrifiy yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda «Qurʼoni karim va tajvid» oʻquv kursi masʼul xodimi Sh. Sulaymonov hamda kurs oʻqituvchilari B. Bolbekov va Y. Xushvaqtovlar ishtirok etishdi.
Yigʻilishda kurs oʻqituvchisi B. Bolbekov nutq soʻzlab, yangi qabul qilingan tinglovchilarni samimiy muborakbod etdi va quyidagi ustuvor masalalarga alohida toʻxtaldi:

▪️ Bugungi kunda mamlakatimizda davlat va din munosabatlari yangi bosqichga koʻtarilib, diniy-maʼrifiy sohada tarixiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, ilm maskanlarida yaratilgan sharoitlar buyuk neʼmat ekani, bu imkoniyatlarning qadriga yetish har birimizning burchimiz ekani taʼkidlandi.

▪️ Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) «Sizlarning eng yaxshingiz Qurʼonni oʻrgangan va oʻrgatgan kishidir» degan hadislari (Imom Buxoriy rivoyati) keltirilib, Qurʼon taʼlimining ulugʻ fazilati haqida soʻz yuritildi.

▪️ Yurtimizda noqonuniy diniy taʼlim olish va berish qonunchilik bilan taqiqlangani, diniy bilimlarni faqat rasmiy, malakali va moʼtabar manbalarga tayanadigan muassasalarda olish naqadar muhimligi qayd etildi.

▪️ Tinglovchilarga bilim yurti ichki tartib-qoidalariga qatʼiy rioya etish, darslarga oʻz vaqtida kelish, mashgʻulotlarda muntazam va qunt bilan ishtirok etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida 75-davra tinglovchilariga Qurʼoni karimni toʻgʻri oʻqishda dastlabki poydevor va asosiy qoʻllanma hisoblangan «Muallimi soniy» kitoblari topshirildi.
Yigʻilish soʻngida ustozlar boshchiligida yangi davra tinglovchilarining kelgusi oʻqishlarida zafarlar, ziyo va baraka tilab, el-yurt tinchligi, yurtboshimiz sogʻligi hamda ilm rivoji haqqiga ezgu duoyi xayrlar qilindi.

«Koʻkaldosh» OʻMITM matbuot xizmati

What you can read next

Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам суҳбатдошлари билан
Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам суҳбатдошлари билан
Лангар Қуръони ҳақида қизиқарли ва ноёб маълумотлар
Лангар Қуръони ҳақида қизиқарли ва ноёб маълумотлар
Билим юрти талабаларига қишки таътилни мароқли ўтказиш бўйича тавсиялар берилди
Билим юрти талабаларига қишки таътилни мароқли ўтказиш бўйича тавсиялар берилди

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP