SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
07.09.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida 2026-2027 oʻquv yili boshlandi

2026-yil 7-sentabr kuni «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida 2026–2027 oʻquv yilining boshlanish tadbiri oʻtqazildi.
Besh asrdan ziyod tarixga ega boʻlgan «Koʻkaldosh» bilim yurti uchun bugungi kun alohida sana boʻldi. Zamonaviy talablar asosida barpo etilgan yangi taʼlim maskani eshiklarini ilk bor talabalar oldida ochdi. Tadbirda muassasa professor-oʻqituvchilari, talabalari, nufuzli mehmonlar va sohaning masʼul rahbarlari ishtirok etdi.
Marosimni «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi mudiri Maʼmurjon domla Erkayev ochib berdi. U yangi oʻquv yili bilan tabriklar ekan, mustaqillik yillarida diniy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, Prezidentimiz tomonidan ushbu sohaga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va yaratib berilayotgan sharoitlar haqida soʻz yuritdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Davron Maqsudov oʻz nutqida yurtimizda diniy soha rivojiga qaratilayotgan davlat siyosati, taʼlim muassasalari uchun yaratilayotgan zamonaviy imkoniyatlar toʻgʻrisida toʻxtalib, jamoani yangi bino bilan qutladi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining yoshlar ishlari boʻyicha oʻrinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov talabalarga murojaat qilib, bugungi yaratilgan sharoitlar — ulkan neʼmat ekanini, bu neʼmatning shukri esa astoydil ilm olish, dinimizga, yurtimizga va xalqimizga halol xizmat qilish bilan ado etilishini alohida taʼkidladi.
Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov ham talabalarni yangi oʻquv yili va yangi bino bilan tabriklab, ilm olish yoʻlidagi masʼuliyat, ustozlarga hurmat va odob-axloq masalalarida qimmatli nasihatlar qildi.
Tadbir doirasida «Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlangani, shuningdek, bilim yurtidagi koʻp yillik samarali mehnati, taʼlim-tarbiya va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar rivojiga qoʻshgan munosib hissasi uchun quyidagilar Tashakkurnoma bilan taqdirlandi:

— Shokirjon Madaminov Abdulmitalibovich — oʻqituvchi;
— Axror Abdullayev Muhamedovich — oʻqituvchi;
— Jaloliddin Ahmedov Iskandarovich — oʻqituvchi;
— Abdulvosi Gʻaniyev Abdumalikovich — maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari.

Shuningdek, 2025–2026-oʻquv yilini barcha fanlardan aʼlo baholarga yakunlagani, taʼlim olishdagi yuqori natijalari, namunali xulqi, odob-axloqi va intizomi bilan boshqa talabalarga oʻrnak boʻlgani uchun bir guruh talabalar Maqtov yorligʻi bilan taqdirlandi: Humoyun Xolmoʻminov, Muhammaddiyor Xabibullayev, Abdulhakim Shayxuddinov, Mahmud Abduxakimov, Samandar Turgʻunov, Abbosxon Akbarov, Valijon Muzaffarov.
«Shuhrat» medali bilan taqdirlangan bilim yurti talabasi Qahramon Turaqulov Izzatullayevich ham Maqtov yorligʻi bilan eʼzozlandi.

Tadbir soʻngida taʼlim muassasasi talabasi tomonidan Qurʼoni Karim tilovat qilindi. Marosim Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusovning duosi bilan yakunlandi.

«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi
Matbuot xizmati

What you can read next

 Эҳсон хақида фикрингиз қандай?
 Эҳсон хақида фикрингиз қандай?
«Кўкалдош” ўрта махсус билим юртида китоб тақдимоти бўлиб ўтди
Karabük universiteti mehmonlari Kökaldoş madrasasida
Karabük universiteti mehmonlari Kökaldoş madrasasida

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP