SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Zulmatdan nurgacha (4-qism) Panoh qanotlari ostida
21.08.2026 / Bo‘limda Islom tarixi, Maqolalar

Zulmatdan nurgacha (4-qism) Panoh qanotlari ostida

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning onalari Omina binti Vahb vafot etganlaridan soʻng, bobolari Abdulmuttalib u zotni oʻz qaramogʻiga oldilar.
Abdulmuttalib oʻz qabilasida katta obroʻ-eʼtiborga ega kishi edilar. U kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga alohida mehr koʻrsatdilar. U zot hali juda yosh boʻlganlari sababli bobolari doimo alohida eʼtibor bilan qarar edilar.
Ammo bu davr ham uzoq davom etmadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sakkiz yoshga yetganlarida bobolari Abdulmuttalib vafot etdilar.
Shundan keyin u zotning tarbiyasi amakilari Abu Tolib zimmasiga oʻtdi. Abu Tolib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning otalari Abdulloh bilan tugʻishgan aka-uka edilar. Shu bois Abdulmuttalib vafotidan soʻng jiyanlarini oʻz qaramogʻlariga oldilar.
Abu Tolib u zotni oʻz farzandlaridan alohida ajratib, mehr bilan qaradilar va himoya qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yoshlik davrlarini shu xonadonda oʻtkazdilar. Keyinchalik, Makkada daʼvatni boshlaganlarida ham Abu Tolib u zotni qurayshliklarning koʻplab tazyiqlaridan himoya qilib turdi. Bu esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun katta ahamiyatga ega edi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yoshlik chogʻlarida boshqa insonlar kabi hayot kechirdilar: mehnat qildilar, chorva boqdilar, keyinchalik esa tijorat bilan shugʻullandilar.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

مَا بَعَثَ اللهُ نَبِيًّا إِلَّا رَعَى الْغَنَمَ

“Alloh hech bir paygʻambarni yubormadiki, u qoʻy boqmagan boʻlsin”.
Sahobalar: “Siz ham-a, ey Allohning Rasuli?” – deb soʻrashganda, u zot:

نَعَمْ، كُنْتُ أَرْعَاهَا عَلَى قَرَارِيطَ لِأَهْلِ مَكَّةَ

“Ha, Makka ahlining qoʻylarini bir necha qirot evaziga boqqanman”, – deb javob berdilar (Imom Buxoriy rivoyati, 2262).
Demak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yoshliklarida mehnat qilganliklari sahih hadis bilan sobitdir.
Aziz oʻquvchi! Bu hadis shuni anglatadiki, mazkur davr u zotda sabr, masʼuliyat, insonlar bilan muomala va yetakchilik kabi fazilatlarning shakllanishida katta ahamiyatga ega boʻlgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʻn ikki yoshga yetganlarida amakilari Abu Tolib tijorat karvoni bilan Shom diyoriga safar qilmoqchi boʻldilar. Amakilaridan ajralish u zotga ogʻir botdi. Shunda Abu Tolibning rahmlari kelib, jiyanlarini oʻzlari bilan olib ketdilar. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Shom diyoriga qilgan ilk safarlari edi.
Busro yaqiniga yetganlarida karvon oldiga Bahiro laqabli bir rohib chiqdi. U oʻzlarining muqaddas kitoblarida oʻqigani – yaqin zamonda arablardan chiqadigan paygʻambar haqida soʻradi. Ular: “Hozircha bunday zot chiqqani yoʻq”, – deb javob berishdi.

فَلَمَّا جَاءَهُم مَّا عَرَفُوا كَفَرُوا بِهِ.

Oʻzlari bilib-tanib turgan zot – Muhammad sollallohu alayhi vasallam kelganlarida esa unga kufr keltirishdi (Baqara surasi, 89-oyat).

Ar Rohiqul Maxtum, Tarixul Islom va Nurul yaqin kitoblari asosida yozildi.

✒️“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi oʻqituvchisi Roʻzirulov Ikrom

Tagged under: maqola, mavlid, siyrat

What you can read next

Амир Темурнинг кўчма масжиди
Амир Темурнинг кўчма масжиди
Илм офатлари
Илм офатлари
Илм ва унинг аҳлига етаётган мусибатлардан бири
Илм ва унинг аҳлига етаётган мусибатлардан бири

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP