SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Zulmatdan nurgacha (1-qism) Muqaddima va muborak nasablari
17.08.2026 / Bo‘limda Islom tarixi, Maqolalar

Zulmatdan nurgacha (1-qism) Muqaddima va muborak nasablari

بسم اللّه‏ الرحمن الرحيم

Barcha hamdlar olamlarning Robbisi Alloh taologa xosdir. Salovot va salomlarning eng afzali Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga, u zotning ahli baytlariga, sahobalariga va u zotga ergashgan moʼminlarga boʻlsin.
Alloh taolo butun insoniyatga hidoyat yoʻlini koʻrsatish uchun koʻplab paygʻambarlarni yuborgan. Ularning eng soʻngisi Muhammad ibn Abdulloh sollallohu alayhi vasallamdir. Rasululloh kelishlari bilan, paygʻambarlik silsilasi nihoyasiga yetdi va islom butun insoniyat uchun mukammal din sifatida qaror topdi.
Alloh taolo Anbiyo surasida:

وَمَآ أَرْسَلْنَـٰكَ إِلَّا رَحْمَةً لِّلْعَـٰلَمِينَ

“Biz Sizni olamlarga rahmat qilib yubordik” deb marhamat qiladi.
Xotamun Nabiy boʻlgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ning hayot yoʻllari oddiy tarix emas. Balki u zotning har bir soʻzlari, amallari, sabrlari, ibodatlari, oilaviy turmushlari, odamlar bilan muomala va munosabatlari va daʼvatlari moʼmin-musolmon uchun ibratdir.
Alloh taolo Ahzob surasida:

لَّقَدْ كَانَ لَكُمْ فِى رَسُولِ ٱللَّهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ

“Albatta sizlar uchun Allohning rosulida goʻzal oʻrnak bordir” deb marhamat qiladi.
Bir bu turkum maqolalarga Rosulimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sharafli hayot yoʻllarini aziz oʻquvchilarimizga muxtasar tarzda bayon qilishga Alloh taolodan kuch quvvaqt soʻragan holda kirishamiz.
Rasulullohning muborak nasablari:

مُحَمَّدٌ بْنُ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَبْدِ الْمُطَّلِبِ بْنِ هَاشِمٍ بْنِ عَبْدِ مَنَافٍ بْنِ قُصَيٍّ بْنِ كِلَابٍ بْنِ مُرَّةَ بْنِ كَعْبٍ بْنِ لُؤَيٍّ بْنِ غَالِبٍ بْنِ فِهْرٍ بْنِ مَالِكٍ بْنِ النَّضْرِ بْنِ كِنَانَةَ بْنِ خُزَيْمَةَ بْنِ مُدْرِكَةَ بْنِ إِلْيَاسَ بْنِ مُضَرَ بْنِ نِزَارَ بْنِ مَعَدٍّ بْنِ عَدْنَانَ.

Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulmuttalib ibn Hoshim ibn Abdumannof ibn Qusay ibn Kilob ibn Murra ibn Kaʼab ibn Luʼay ibn Gʻolib ibn Fihr ibn Molik ibn Nazr ibn Kinona ibn Xuzayma ibn Mudrika ibn Ilyos ibn Muzar ibn Nizor ibn Maʼad ibn Adnon.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qurayshning Banu Hoshim urugʻidan edilar.
U zot sollallohu alayhi vasallam oʻz nasablari haqida shunday deganalr:

إِنَّ اللَّهَ اصْطَفَى مِنْ وَلَدِ إِبْرَاهِيمَ إِسْمَاعِيلَ، وَاصْطَفَى مِنْ وَلَدِ إِسْمَاعِيلَ بَنِي كِنَانَةَ، وَاصْطَفَى مِنْ بَنِي كِنَانَةَ قُرَيْشًا،  وَاصْطَفَى مِنْ قُرَيْشٍ بَنِي هَاشِمٍ، وَاصْطَفَانِي مِنْ بَنِي هَاشِمٍ

“Albatta, Alloh Ibrohim avlodidan Ismoilni, Ismoil avlodidan Kinonani, Kinonadan Qurayshni, Qurayshdan Banu Hoshimni tanladi va Banu Hoshimdan meni tanladi” (Imom Muslim rivoyati).

✒️“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom muassasasi oʻqituvchisi Roʻzikulov Ikrom

Tagged under: maqola, mavlid, nabiy

What you can read next

Zahar
Kamar
“Саҳобаларнинг фазли борасида юз оят” туркумидан 24-оят
“Саҳобаларнинг фазли борасида юз оят” туркумидан 24-оят
Ота онага оқ бўлиш гуноҳи кабирадир
Ота онага оқ бўлиш гуноҳи кабирадир

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP