✍️ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tasdiqlangan “Oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalariga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomida qabul imtihonlarini yuqori darajada va sifatli oʻtkazish maqsadida imtihon fanlari boʻyicha maslahatlar tashkil etilishi belgilangan.
📢 Oldinroq eʼlon qilganimizdek, ushbu Nizom talablariga muvofiq bugun qabul imtihonlari fanlari boʻyicha MASLAHAT MASHGʻULOTLARI oʻtkazildi!


👨🏫 Maslahat mashgʻulotlarida: Taʼlim muassasasi qabul hayʼati va Imtihon topshiriladigan fanlar boʻyicha tajribali mutaxassislar test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish, savollarga toʻgʻri yondashuv hamda eʼtibor qaratilishi zarur boʻlgan muhim masalalar yuzasidan oʻz tavsiyalarini berishdi.


🟢Mashgʻulotlar ananaviy va masofaviy shaklda oʻtkazildi. Masofadan kuzatayotgan abituriyentlarimiz uchun telegram rasmiy kanalimizda JONLI CHAT faoliyat yuritdi!

🎓 Barchangizga imtihonlarda muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz!






