SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
2025-2026 oʻquv yili yakuni boʻyicha mudarrislar kengashi boʻlib oʻtdi
30.06.2026 / Bo‘limda Maqolalar

2025-2026 oʻquv yili yakuni boʻyicha mudarrislar kengashi boʻlib oʻtdi

Bugun, 30 iyun kuni, Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent Erkayev Mamurjon domla boshchiligida joriy oʻquv yili yakunlari boʻyicha 6-sonli Mudarrislar Kengashi boʻlib oʻtdi.

2025-2026 OʻQUV YILI YAKUNI BOʻYICHA MUDARRISLAR KENGASHI BOʻLIB OʻTDI (1)
2025-2026 OʻQUV YILI YAKUNI BOʻYICHA MUDARRISLAR KENGASHI BOʻLIB OʻTDI (2)
2025-2026 OʻQUV YILI YAKUNI BOʻYICHA MUDARRISLAR KENGASHI BOʻLIB OʻTDI (3)

Unda Erkayev Mamurjon domla kirish soʻzi bilan kengashni ochib berdi va majlisga yigʻilganlarga Mudarrislar Kengashining kun tartibi bilan tanishtirdi.
Soʻng Mudarrislar kengashining kun tartibidan oʻrin olgan birinchi masala “Ikkinchi yarim yillik yakuniy nazorat monitoringini tashkil etish va tahlil qilish” boʻlib, uni tahlili va tafsilotlarini Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari Nodir domla Djalolov kengashga yigʻilgan mudarrislarga yetkazdi. Yakuniy nazorat natijalariga koʻra 2025-2026 oʻquv yilining ikkinchi yarim yillik natijalariga koʻra oʻzlashtirish darajasi 95% ni tashkil qildi. Talabalarning toʻplagan ballari asosida oʻzlashtirishi boʻyicha umumiy reyting ishlab chiqildi. Natijada, taʼlim muassasasining barcha – 182 nafar talabalari shuningdek, kurslar va guruhlar kesimida natijalar eʼlon qilindi.

Kun tartibidan joy olgan navbatdagi masala maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha yillik hisobot eshitildi. Bu haqida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha mudir oʻrinbosari Abdulvose domla Gʻaniyev oʻquv yili mobaynida maʼnaviy-maʼrifiy sohada qilingan ishlar borasida batafsil maʼlumotlar berdi. Navbatdagi masala boʻyicha N.Djalolov bitiruvchilarning 4 yillik oʻquv natijalari va yakuniy attestatsiya natijalari boʻyicha nutq qilib, jami 53 nafar bitiruvchidan 52 nafari barcha imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtganini bildirdi. Bir nafar talaba esa davomat va oʻzlashtirishdagi kamchiliklari tufayli kursdan qoldirish masalasini muhokamaga qoʻydi. Kengash aʼzolari tomonidan mazkur masalani atroflicha muhokamasidan soʻng talabani kursda qoldirishga kelishildi. Shuningdek, N.Djalolov bitiruvchi talabalarining masjidlarga taqsimot loyihasi ishlab chiqilgani, zarur hujjatlarni tayyorlanayotgani haqida maʼlumot berdi.

2025-2026 OʻQUV YILI YAKUNI BOʻYICHA MUDARRISLAR KENGASHI BOʻLIB OʻTDI (4)
2025-2026 OʻQUV YILI YAKUNI BOʻYICHA MUDARRISLAR KENGASHI BOʻLIB OʻTDI (5)

Keyingi masala taʼlim sifatini taʼminlash sektori bosh mutaxassisi Saidakramov Saidazimxon tomonidan oʻquv yili taʼlim sifatining fanlar boʻyicha tahliliy monitoringi oʻqib eshittirildi.

Yil mobaynida erishilgan yutuq va kamchiliklar mulohaza qilindi hamda keyingi oʻquv yilida yanada samarali faoliyat olib borish lozimligi barcha boʻlim va ustozlarga tavsiya berildi.

Yigʻilish yakunida bilim yurti mudarrisi Jaloliddin domla Xolmoʻminov majlisda qatnashgan barcha jamoa ahliga gʻoyatda masʼuliyatli, ammo sharafli vazifalarini toʻlaqonli amalga oshirishlarida Yaratgandan kuch-quvvat, salomatlik tiladi va xayrli duolar qildi.

2025-2026 OʻQUV YILI YAKUNI BOʻYICHA MUDARRISLAR KENGASHI BOʻLIB OʻTDI (6)
2025-2026 OʻQUV YILI YAKUNI BOʻYICHA MUDARRISLAR KENGASHI BOʻLIB OʻTDI (7)

«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻquv-uslubiy boʻlimi

What you can read next

Миссионерлик ҳақида
Миссионерлик ҳақида
Жаннатда қадам товушлари эшитилган саҳоба
Жаннатда қадам товушлари эшитилган саҳоба
Расулуллоҳнинг издошлари: Абу Бакр Сиддиқ (р.а.)
Уммати Муҳаммадийядан жаннатга биринчи бўлиб кирадиган инсон

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP