Yakuniy attestatsiya davomida bitiruvchilarning toʻrt yil mobaynida umumkasbiy fanlardan egallagan nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalari belgilangan mezonlar asosida baholandi.Imtihon jarayonida bilim yurti mudiri M. Erkayev, oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari N. Djalolov, oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi F. Asatullayev, Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi S. Saidakramov hamda bilim yurti oʻqituvchisi B. Qurbonov ishtirok etdi. Imtihonni oʻtkazish va baholash tartibi oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari N. Djalolov tomonidan ishtirokchilarga tushuntirildi.



Monitoring jarayonida yakuniy attestatsiya imtihonlari tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlar va belgilangan tartib-talablar asosida tashkil etilgani, baholash mezonlariga toʻliq amal qilingani hamda bitiruvchilarning bilim va koʻnikmalari xolis va shaffof tarzda baholangani kuzatildi. Imtihon jarayonining ochiqligi, tashkiliy jihatdan puxta yoʻlga qoʻyilgani va belgilangan talablar asosida olib borilgani monitoring davomida eʼtirof etildi.





Eslatib oʻtamiz, yakuniy attestatsiya hayʼati raisi — Islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti Ilmiy ishlar va fan boʻyicha maslahatchisi Soatmurod Primov attestatsiya boshlanishidan avval bitiruvchilarga oʻz tavsiyalarini bildirib, ularga muvaffaqiyat tilagan edi.
Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi S. Saidakramov






